Asosiy mavzular
8 july 2024

Tsenzura boltasiga aylangan AOKA talabini Tvitter rad qildi

AQShning  San-Frantsiskodagi X Corp. (Tvitter) shirkati twitter.comda nashr qilingan to‘rtta tanqidiy kontentni olib tashlash bo‘yicha o‘zbek idorasi talabini rad qildi.  

Joriy yil  ëzida O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini tartibga soluvchi davlat organi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) AQShning  San-Frantsiskodagi X Corp. (Tvitter) shirkatiga maktub ëzib  to‘rtta kontentni olib tashlashni talab qilgan. 

Gap  Germaniyadagi inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston forumining tvitter sahifasida ëyinlangan kontent haqida. 

twitter.com/UzbekForum sahifasi O‘zbekistonda faoliyat yuritaëtgan gazeta.uz va boshqa nashrlarda chop qilingan maqolar qisqa matnini ingliz tilida baën qilib berganida. 

Bu maqolalar maxalliy OAVda e'lon qilinib, O‘zbek forumi ularni shunchaki inglizchaga tarjima qilib yoyinlaganidan umuman behabar AOKA gumashtalari bir bochka siëhni xarj qilib erinmay Kaliforniyadagi Tvittter qarorgoxiga “zayava” ëzib “zudlik bilan bu maqolani olib tashlash” deya dag‘dag‘a qilgani ortidan kulgiga qolishdi. 

O‘zbekiston ichidagi nashrlar  ëyinlagan maqolalarning tvitt shaklidagi inglizcha qisqa baëni AOKA donishmandlari nazarida “o‘zbek qonunchiliginining qo‘pol shaklida buzilishi” ekan. 

Oldin bunaqa kulgili xolatlar Turkmanistonda bo‘lardi. Mana endi o‘zbek gumashtalari komik situatsiyalarga tushish bo‘yicha Markaziy Osiyoda bosh bayroqni ko‘tarib yurishibdi “hech kimga bermay”. 

AOKA agentligi ëshullisi va boshqa  bekorchilariga kuyidagi tvittlar ëkmabddi:  

1.27-iyun #O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Prezident Mirziyoev ularni muhim ishlari bilan tabriklaydi va shu bilan birga #Ozodligiga qarshi shafqatsiz siyosat olib bormoqda. 

2. O‘zbekiston prezidentini tanqid qilgan o‘nlab kishilar qamaldi.  

3. Mana bu AOKAga ëqmagan tvitt Gazeta.uz va boshqa nashrlarda chop qilingan voqea hakida :  

“Yana davlat o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilib, odamlarni ruhiy kasal bo‘lmasa ham, psixiatrik hibsda ushlab turadi. Bu holatda erkak 3 kundan keyin qo‘yib yuborilgan va shifokorga tanbeh berilgan, Valijon Kalonovdan farqli o‘laroq…. 

4 . AOKA ëshullisi didiga o‘tirmagan yana bir  tvitt, kun.uzda chiqqan makolaga asosida  ëzilgan: Namanganda hukumat fermerlarni bir necha yillardan beri yetishtirgan mahsuloti, jumladan #paxta uchun ham to‘lamagan Art Soft klasteriga bug‘doy yetkazib berishga majburlamoqda. Boshqa hududlarda ham sodir bo‘ladi. 

Bu yerda kuladigan joyi shuki¸ ushbu xabarlarni Germaniyadagi o‘zbek forum ijod qilib yaratmadi.

Bular o‘zbek OAVlarida berilgan kontent xolos. Chamamda AOKA ingliz tilidagi media fazoda bu maqolalarning ëyilishdan qo‘rqmoqda.  

Qo‘shiqchi Javohir Zokirov tili  bilan aytganda “I Chcho?” Xozir har qanday o‘zbek tilidagi matnni robotlar hech kimdan so‘ramay ingliz tiliga tarjima qilib keng ommaga ëki bunga qiziqqan segmentga taqdim qila oladi. 

Oyni etak bilan to‘smoqchi bo‘lgan AOKA mulozimlari tushgan tragikomik xolat davomini eshiting. 

AOKA dagi Eltuz manbasiga ko‘ra “bu maqolalarni oldirib tashlash amri” AOKA tomi tepasidagi idoradan kelgan. (Aynan qaysi idora ekanligini aytmadi).

“Tepa amri vojib” deb bilgan AOKA ëshullisi  “shessekunda” ulug‘ Shekspir tilida maktub ëzib Kaliforniyadagi tvitter ëshullilariga jo‘natdi. 

Tvitterchilar AOKAning arz-dodini o‘qib tizzalarini shappatlab kulishdi. So‘ng bu sho‘rtumshuq xatni Eltuzga «pereslat» qilishdi. Tvitterchilar Shimoliy Koreya trendidagi bu tsenzura talabini bajarmasligini ta'kidlab «O‘zbek forumga» bildirish jo‘natishdi. Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimasligini biologiya o‘qimagan OAKAdagi qorakalar qaerdanam bilsin.(Kulgi smaylik) 

Xullas mana tvitterning xati: 

Salom @UzbekForum 

@UzbekForum 

https://twitter.com/UzbekForum/status/1806247760137449677
https://twitter.com/UzbekForum/status/1805860210931609879
https://twitter.com/UzbekForum/status/1805176966871494725

Bu kontetnlar ustidan shikoyat tushdi.

Bu so‘rov ortidan  biz hozircha nashr qilingan kontentlar bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmadik. 

X  (Tvitterning nomi) foydalanuvchilari  ovozini himoya qilish va hurmat qilishga qat'iy ishonganligi sababli, agar biz vakolatli tashkilotdan (masalan, huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat idoralaridan) ularning hisobidan kontentni olib tashlash bo‘yicha qonuniy so‘rov olsak, foydalanuvchilarimizni xabardor qilish bizning siyosatimizdir.  

Biz foydalanuvchi so‘rov kelib tushgan mamlakatda yashaydimi yoki yo‘qligini bildiramiz. Ushbu sahifada qo‘shimcha ma'lumotlar mavjud: 

Biz bunday turdagi xabarnomalarni olish noqulay tajriba bo‘lishi mumkinligini tushunamiz.

X yuridik maslahat bera olishi  [yoki biriktirilgan yuridik jarayonni tarjima qilish] mumkin emas, biz sizdan so‘rovni baholash va, agar xohlasangiz, manfaatlaringizni himoya qilish uchun tegishli choralarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishingizni istaymiz. Bunga advokatga murojaat qilish va so‘rovni sudda e'tirozlash, tegishli fuqarolik jamiyati tashkilotlariga murojaat qilish, kontentni ixtiyoriy ravishda o‘chirish (agar mavjud bo‘lsa) yoki boshqa qaror topish kiradi. X butun dunyo bo‘ylab hukumatlardan oladigan huquqiy so‘rovlar haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Yordam markazimizdagi ushbu maqolaga va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan shaffoflik hisobotiga qarang: 

Shu. 

Ya'ni Tvitter onlayn kontentni, ayniqsa hukumat uchun o‘z nazarida  zararli deb topilgan kontentni tartibga solish uchun mas'ul idora bo‘lgan O‘zbekistondagi AOKA tashkilotiga “Toshingni ter¸ bir anëqda o‘yna” dedi. 

O‘zbekiston dunë uchun ëpiq va xalqaro indekslarda “ëmonlarning ëmoni” bo‘lib kelgan naftalin davrda Intellektual mulk agentligi, Milliy kutubxona, prezident matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan va 4 yil oldin Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlangan Asadjon Xodjaev tom ma'noda eski davr kadri. 

Shaffoflik¸ so‘z erkinligi ëki O‘zbekiston konstitutsiyasida o‘qlog‘iday ëzib qo‘yilgan “tsenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” degan so‘z ma'nosini anglashga inttelektual zakosi yetmaydigan “demode” rahbar. 

Umuman AOKAga Allamjonov rahbar bo‘lgan davrdagi “jurnalistlarga qayishish” tendentsiyasi bu rahbar davrida butkul yo‘qqa chiqib tashkilot “tsenzuraning boltasiga” aylantirildi. 

Bolta ko‘targan “matbuot dushmanlari” O‘zbekistonning yangi tarixida ko‘p. 

Demak matbuotni boltalash traditsiyasi davom etmoqda. 

Faqat bitta “No” 

Bolta eramizdan 35 ming yil oldin paleolit davrida yasalgan xujum quroli. 

Bugun axborot texnologiyalari zamonida bolta ko‘tarib yurish AOKA degan tashkilotni neandertallar bilan bir chiziqqa qo‘yadi.

Rassom TUZ

Tag‘in o‘qing
22 may 2023
O‘zbekistonning o‘risqul hukumati yana bir sanktsiyaga tushgan Ukrainaga qarshi urush aybdorini Toshkentga chaqirib siyladi. Ukrainadagi ësh go‘daklar va xotin ...
14 february 2019
O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi O‘zbekistondagi davlat xizmatchilarining majburiy mehnati haqidagi navbatdagi hisobotini e'lon qildi. “Biz, byudjet xodimlari qilmagan ish ...
23 june 2016
Farg‘ona viloyatining aksariyat banklarida jo‘natma pullarini berish juma kunigacha to‘xtatildi. Bank xodimlari buning sababini valyutaning tugab qolgani bilan izohlamoqda. ...
15 march 2018
Prezident Mirziyoev tanqidi ortidan 15 mart kuni «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...