Asosiy mavzular
17 august 2025

Mendelsonni qanday «ichkariga apkirib» qo‘yishdi…

Bankir Avram Mendelsonning buyuk kompozitor bo‘lib yetishgan Feliks Mendelson degan o‘g‘li bastalagan «Ëz kechasidagi chaqmoq» degan kompozitsiyasi bor. Mendelson ijodini yaxshi bilganlar bu badihani eshitishgan. Sokin va mayin musiqa birdan dahshatli momoqaldiroq ko‘rinishini oladi.

Bugungi maqolamiz 100 yil oldingi musiqa haqida emas, balki zamondosh musiqachi Natan Mendelsonning tujjor o‘g‘li Yulian o‘zbekistondagi pogonli va pogonsiz banditlar bilan qanday ashir nashir ekanini tasvirlaydi. Dunëdagi barcha Mendelsonlar bir biriga qarindosh ekanligini hisobga olsak, mavzu fokusidan toymaganimiz yuzaga chiqadi.

RYeSPUBLIKA NOMIDAN HUKM

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi joriy yilning 17 iyunida Isroil va Rossiya vatandoshi bo‘lgan va Germaniyada istiqomat qiladigan 52 yashar biznesmen Yulian Mendelsonni o‘zbek jazo qonuninining 168 moddasida belgilangan firibgarlik jinoyatida aybli deb topib 8 yil ozodlikdan mahrum qilish qarorini chiqardi.

Rassom Tuz tanishib chiqqan, sudya Sodiqov imzolagan 13 betlik hukmga ko‘ra, ayblanuvchi Yulian Mendelson jabrlanuvchi Umarov Furqatga Germaniyadan noëb yashil rangli Rolls Roys avtomobilini sotib olib beraman deb pulini olgan, ammo va'dasini bajarmagan.

Sud ajrimiga ko‘ra, mahkum Mendelson jabrlanuvchi Umarov Furqatga 283 ming 300 yevroni so‘m kursida qaytarishi kerak. Sudda Mendelson aybini tan olmadi va Furqat Umarovga bundan oldin 34 ta hashamatli mashinani naqd pulga GFRdan keltirib berganini aytdi. Mendelson Umarovni otkat olish va sherigini tuhmat bilan qamatishda ayblab qator isbotu-misollar keltirdi. Ammo o‘zbek sudi buni inobatga olmadi.

Butun Toshkent «Ko‘k jiguli» haqida kuylaëtgan paytda Mirobod mahkamasida tomonlar «Yashil Rolls Roys» ustida tortishishdi. Bu yashil rangda so‘nggi 75 yilda ilk bora yaratilgan maxsus zangori hamda yashma toshiga mengzar noëblik hususiyati borligi aytildi. Tarixdan bilamizki, SSSRning ilk rahbari Lenin ham Rolls Roys mingan.

Gapning ko‘toxi, Mendelson qamag‘da. Ya'ni toshturmada. Maxkum advokatlari hukm ustidan appelyatsiya shikoyati ëzishdi. Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘z vatandoshining o‘zbek qamag‘iga «apkirib qo‘yilishidan» havotir bildirib, Yulian Mendelson bilan uchrashtirishni organlardan talab qildi. Lekin 13 avgustgacha bo‘lgan muddatda diplomatlar Mendelson bilan uchrasha olmadi. Rossiya diplomatlari bu borada nimadir qilgani yoki qilmagani haqida bilgi yo‘q.

«Ha endi, yahudiy bo‘lsa aybi bordir» deya hozirgi antisemitizm bilan to‘yingan havodan turib fikr bildirishga shoshilmang. O‘tgan safar prokuror Baxodir Sheranov O‘zbekistonda qanday qilib tijoriy-huquqiy gibrid sxema tuzganini yozgandim. Bu gibrid sxema huquqni muhofaza qilish savdo-sanoat palatasi filiali yoki paxta va neft sotadigan do‘kon emas.

Bu do‘konda inson taqdiri sotuvga qo‘yilgan edi. Ayni va ko‘chma ma'noda inson taqdiri hanuz o‘zbek mahkamalarida asosiy tovar bo‘lib qolmoqda. Bugungi maqolam — yangi keys. Bu safar O‘zbekistondagi tujjorlarning ofshor jannati, o‘zbek havo yo‘llarida pul hammollari tashiydigan, million-million naqd yevrolar, davlat korporatsiyalari va ochiqdan-ochiq banditcha «hamrohlik» bilan bog‘liq jinoiy sxemalar haqida gap boradi.


SKRIPKADAN — SKRIPTLARGA

Maqola boshidayoq musiqa haqida gapirdik. Skripka – bu musiqa ijro qiladigan instrument. Yaxshi skripka Rolls Roysdan ham qimmat turadi.

Bir necha yil avval gazetalar skripka chaladigan sozanda, Germaniyada ijod qiladigan asl toshkentlik Natan Mendelson haqida madhiyalar yozdi. Dunyoning yuqori darajali musiqachilarini yetishtirgan skripka ustozi. Pedagog va virtuoz.

Bu yil esa xronika qahramoni uning o‘g‘li Yulian bo‘ldi — lekin u haqdagi xabarlar «jinoiy xronika» ruknidan o‘rin oldi. Tekshiruvsiz, faktlarni aniqlashsiz.

«Mana aprs yahudiy, ko‘rib qo‘ying» deyildi. Chunki ularga shunisi qulay.


Furqat Umarov va «Orient Invest Group» sxemasi bo‘yicha hammasi oddiy:

  • Mijozlardan tushgan pul (shu jumladan naqd pul) Umarov qo‘liga o‘tadi.
  • Ofshorlar orqali pul «Orient Invest Group» firmasiga o‘tkaziladi.
  • Avtomobil yetkazib berish bo‘yicha soxta shartnomalar rasmiylashtiriladi.
  • Mashinalar yoki «parallel olam»ga g‘oyib bo‘ladi, yoki «o‘xshash» matoh bilan almashtiriladi.

Bir tujjorning baxti tugal bo‘lishi uchun kerak bo‘lgan hamma narsa mavjud: Pul yuvish, soliqdan qochish, Ukraina urushi bois joriy qilingan sanktsiyalarni aylanib o‘tib «ping-pong» o‘ynash.

Sud materiallarini o‘qiganda bu jinoiy sxemalarni jabrlanuvchi Umarov ko‘rsatmalarda tan olganligini ko‘ramiz. Lekin tergov uchun bu qiziq emas — ularga faqat Mendelsonni ayblash qiziq.

O‘ZBYeKChA TYeRGOV

Normal mamlakatda bunday iqrorlar (naqd pulni jinoiy yo‘l bilan bojxona nazoridan holi tarzda chet elga chiqarish, soliqni aylanib o‘tish, sanktsiyalarga chap berish va hatto o‘marilgan mashinalar importi) butun zanjirga qarshi jinoiy ish boshlashga sabab bo‘lar edi.

Lekin O‘zbekistonda emas. Mirobod tumani IIB tergovchisi Kulieva T. bunga bozorda anjir olayotgandek munosabatda bo‘ldi: — «Ofshorlar? Rekvizitlar? To‘lovlar? Nega muhim bu? Bu bilgi bizga kerakmi?!»

Banklarga so‘rov yuborilgani yo‘q, to‘lov transferlari hijjalanmadi, «Orient Invest Group» vakillari chaqirilmadi, buxgalteriya arboblari so‘roq qilinmadi. Ammo butun diqqat Yulianga qaratildi.

Ko‘k jiguli yashil rangli Rolls Roysdan qanchalik yiroq bo‘lsa, o‘zbek sud-tergov tizimi adolatdan shuncha uzoq.


«TYeRGOV USULI» SIFATIDA ODAM O‘G‘IRLASh

2024 yil 24 yanvarda Yulianni shtatskiy kiyimidagi odamlar ushlab, GUVDga olib borishdi va Umarov ishtirokida undan 228 000 yevro olganman degan tilxatni imzolatib, zimmasiga yozma majburiyat qo‘yishdi.

Pasport esa «huquqiy estetika» uchun aynan Umarovga «garov» sifatida berildi.

Natija qanday bo‘ldi? Sxema tashkilotchilari — erkinlikda. Pul — oldin qaerda bo‘lsa, yana o‘sha joyda.

Temir panjara ortida esa ofshorlar, to‘lovlar yoki zanjirlarni boshqarmagan odam — ola-bula kiyimda o‘tiribdi.

Panjara ortida — Toshkentda tug‘ilib o‘sgan, Rossiya va Isroil pasportiga ega bo‘lib, Germaniyada yashaydigan yahudiy skripkachining tujjor o‘g‘li Yulian.

Qonun faqat jinoiy tusdagi biznes manfaatlari uchun dekoratsiya bo‘lgan reallikka xush kelibsiz, janoblar.

Bu o‘sha eski O‘zbekistonga o‘xshash Yangi O‘zbekiston.


Ag‘i — yana qiziqroq.

Miltiq ko‘targan soqoltoy chechenlar va sanktsiyalarni katta yo‘lga tirtilgan arqon deya ustidan sakrab o‘tmoqchi bo‘lgan o‘ris dallollar ishida turli ofshor kompaniyalari rekvizitlaridan iborat «zoopark» ham bor.

Qatnashchilar orasida «O‘zmetallsavdo» AJ, «Orient Invest Group» MChJ, rossiyalik xaridorlar va hatto chechen jinoiy doirasi vakillari ham bor.

Lekin bu haqda — keyingi qismda yozaman.

Muz joyidan jildi. Lyod tronulsya, gospoda prisyajnыe zasedateli.

Keyingi qism «12 kursi» asaridan ko‘ra qiziqarli bo‘lishiga kafolat beraman.


SPOYLYeR: Bu serial stsenariysi emas, balki to‘laqonli jinoiy epos solnoma sifatida sizga taqdim etiladi.

TRYeYLYeR: «Ofshorlar, metall va kriminal — sxema ortida kim turibdi?»

Men hali bu muammolarning qatqaloq tuprog‘ida chuqur qaziy boshlamadim, lekin belkuraklar tayyor.

Qaerni kavlashni ham bilaman.

Allaqachon ravshan ko‘z bilan ko‘rib turibmanki, bu hikoya faqat Yulian Mendelson yoki bitta «so‘roq qilinayotgan yahudiy» haqida emas.

Fosh qilishni rejalaganim ko‘lam katta va keng qamrovli. Bu ofshor yurisdiktsiyalari, davlat korporatsiyalari, rossiyalik biznes hamkorlar va boshqa davlatlarda allaqachon sanktsiya ro‘yxatlariga kiritilgan jinoiy figuralar bilan liq to‘la va to‘laqonli xalqaro jinoyat zanjiri haqida.


Qatnashchilar ro‘yxatida«O‘zmetallsavdo» AJ, «Orient Invest Group» MChJ, «Palma o‘sadigan issiq o‘lkalardagi» soliq jannatlaridagi ofshorlar, shuningdek, Rossiyadan real xaridorlar va chechen jinoiy olami vakillari.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar esa bu komediya klubida nima qilyapti?

Ular ushbu zanjirni haqiqiy tergovdan himoya qilayotgan «qo‘riqchi»ga aylanyapti.


KYeYINGI MATYeRIALDA AYNAN SIZ UChUN:

  • Ofshorlar qanday qilib millionlarni o‘tkazish *»kassasi»*ga aylangani;
  • Nega millionlik bitimlar «o‘zaro do‘stona yozma kelishuv» sifatida rasmiylashtirilgani;
  • Hujjatlarda qanday jinoiy olam nomlari uchragani;
  • Va eng muhimi — nega tergov bunga ko‘z yumgani haqida maksimum batafsil hikoya qilaman.

Kutgil! Ammo kutgil bo‘lib intizor.


SPOYLYeR: Bu endi maqola emas, balki davlat kafolati bilan pul yuvish bo‘yicha qo‘llanma bo‘ladi.

Bayt budir:

«G‘aroyibiki, daryoda bo‘lg‘ay nihon,

Anga zohir o‘ldi jahon dar jahon.»

Ma'nosi: Iskandar suv tagini maxsus shisha uskuna bilan ko‘rib, boshqalar uchun yashirin bo‘lgan manzarani o‘zi uchun kashf qiladi.

Men ham O‘zbekistondagi sarmoya dunësi degan naxrning tubini sizga ko‘rsatishni istayman.

Bilsa baliq bilar, bilmasa holiq.

(davomi bor)

Tag‘in o‘qing
7 january 2022
Azizlar mana yana siz bilan yuzma yuzman. Hazrati Zahiriddin Bobur lutf qilishicha qozoq bu turkning botirlik hislati ekan. Shu ...
19 april 2023
Hammasi 2022 yil yanvarida Camarqandning Pastdarg‘omida 33 yoshli kam ta'minlangan erkak 31 yoshli ayol uyiga dori olib borgan kundan ...
17 february 2016
Bundan ilgari Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna) o‘zining Porsche Cayenne mashinasining oynasi sindirilgani, qimmatbaho 12000 dollarlik Vertu mobil telefoni o‘g‘irlanganidan ...
14 january 2022
Bormisiz zukko, aqlli va samimiy do‘stim! O‘tgan hafta men ham siz kabi butun e'tiborimni O‘zekiston qo‘shnisi – Qozog‘istonga qaratdim. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...