ART-DURBIN
7 january 2020

Ulug‘bek rasadxonasini topgan arxeologning 120 yilligi Toshkentda nishonlanmadi

Markaziy Osië arxeologiyasi va me'moriy restavratsiyasi asoschisi Mixail Masson tug‘ilganiga 2017 yilning dekabrida 120 yil to‘ldi. Biroq Arxeolog izlanishlar olib borgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasida bu sana o‘tgan yil ham bu yil ham nishonlanmadi.

Ayni paytda uning Toshkentdagi qabri qarovsiz ëtibdi. Sharqshunos olim va arxeolog Mixail Yevgenevich Masson Markaziy Osiëda arxeologiya ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan ilmiy arbob sifatida dunë sharqshunoslari tarafidan qadrlanadi.

Masson o‘z hamkasblari bilan birga navbatdagi arxeologik safarda

U 1908—1909 yillarda arxeolog V.L.Vyatkin rahbarligida Ulug‘bek observatoriyasini qazib topish ishlarida qatnashgan. 1912 yilning 1 iyunidan Vyatkin Massonni ushbu qazishma maydoniga rahbar etib tayinlagan.

Massonning arxeologik qazishmalar sohasida erishgan yutuqlari mintaqaning barcha mamlakatlarini qamraydi.

U Kushon davlati, qadimiy Termiz, bugungi Qozog‘iston hududidagi Turkiston shahri qoldiqlarini o‘rgangan.

Arxeolog Turkmanistonda qadimiy Parfiyaga oid Niso va Marv antik shaharlarida qazishmalar olib borgan.

U, shuningdek, O‘rta Osiyo arxeologiya maktabini yaratdi va kelgusida Markaziy Osiëning yetakchi arxeologlari bo‘lib yetishgan  mutaxassislarga ta'lim berdi.

Massonning otasi, yakobinchilar terrori payti Rossiyaga kelib qolgan frantsuz aristokrati Yevgeniy Lyudvigovich Masson keyinchalik oilasi bilan Samarqandga ko‘chib kelgan edi.

Mixail Yevgenevich Masson Toshkentda 1986 yili Do‘mbiroboddagi qabristonga dafn etilgan.

Akmal Rizaev
Toshkentlik bloger
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 january 2023
Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz internet-nashri direktori Xurshid Daliev va anonim telegramdagi «Kompromatuzb» kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ...
17 october 2025
Farg‘ona viloyati, Rishton tumani. Ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida berilgan 14 sotix yer hozirda ular uchun ...
2 may 2015
Bu baxslar NKVD- KGB propagandasi yaratgan zaharli zaminda o‘sgan mutant daraxtlar mevasi kabi tuyuldi menga. Mamlakatda na Chor mustamlakachilariga ...
6 january 2026
Muhammad Solih TOShKYeNTGA VIDO Men qamoqdan chiqarkan, fuqoralik Ichki Ishlar Vazirligi pasportimni olib qo‘ygandi. Ammo ular menga deputatligimda berilgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...