Vaqt mashinasi
10 april 2025

10 aprel – Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kun

Zamonaviy o‘zbek romanchiligi va satira janri asoschisi Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 10 aprelda Toshkentda tug‘ildi.

«Har holda bemavridroq bo‘lsa kerak, kambag‘al, bog‘bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada … tug‘ilg‘onman», deya yozadi Qodiriy o‘z tarjimai holida.

Dastlabki ta'limni musulmon maktabida olgan. 1908 yili rus-tuzem maktabida, 1916 yili Abulqosim madrasasida, 1925 yili Moskva Oliy adabiyot kursida o‘qigan.

1923 yili «Mushtum» satirik jurnali asoschilaridan biri va tahrir hay'ati a'zosi bo‘lgan. Adibning ilk asarlari 1914 yildan boshlab yozgan «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she'rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz», «Uloqda» hikoyalaridir.

Shuningdek, u satira yo‘nalishidagi «Kalvak Maxsum xotiralari», «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» kabi turkum hikoyalar muallifi bo‘lgan.

«O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» kabi mashhur asarlari bilan esa Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligiga asos solgan.

Abdulla Qodiriy, shuningdek, «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o‘g‘ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish orzusida bo‘lgani ham ma'lum. Ammo Stalin qatag‘oni uning bu orzulari ushalishiga imkon bermadi. Abdulla Qodiriy 1937 yilning 31 dekabrida qamoqqa olindi.

Nabijon Boqiyning tarixiy hujjatlarga asoslangan «Qatlnoma» asarida keltirilishicha, Qodiriyning qamalishiga yozuvchi G‘afur G‘ulom bergan chaquv asos bo‘lgan.

Jumladan, G‘afur G‘ulom o‘z chaquvida bularni aytgan: «A.Qodiriy chinakam aksilinqilobchi, millatchi. U doim aksilinqilobiy, millatchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lardi. Masalan, o‘zining «Kalvak maxcum», «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» singari asarlarida aksilinqilobiy, millatchilik g‘oyalarini tarannum etadi, hozirgi zamon o‘zbek xalqiga tuhmat qiladi, o‘rislarning ustidan kuladi. Shuningdek, jamoa xo‘jaligi qurilishiga qarshi chiqadi, ayni choqda yakkaxo‘jalik turmushini ulug‘laydi».

Ayni chaquvga asosan, Abdulla Qodiriy rus va sovet siyosatiga qarshi aksilinqilobiy tashkilot a'zosi sifatida ayblangan.

«Menga qo‘yilgan ayblarni boshdan-oyoq rad etaman. Haqiqat yo‘lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo‘rqmayman. Agar otmoqchi bo‘lsalar, ko‘kragimni kerib turaman…», deya bildiradi u bolsheviklarning sudidagi nutqida.

Abdulla Qodiriy 1938 yil 4 oktyabrda NKVDning Toshkentdagi maxsus poligonida otildi va o‘sha yerdagi xandaqlarning birida maxfiy dafn etildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 march 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
24 april 2025
Nega Belgiya prezidenti qizining  musodara qilingan pulining yarmisini O‘zbekistonga qaytarib yarmisini o‘zi olib qoldi? Bol tutgan Belgiya barmog‘ini yaladimi? ...
9 august 2025
Yevropa Kengashi assambleyasi yig‘ilishida nutq so‘zlagan Ukraina xalq deputati Oleksiy Goncharenkoni to‘xtatishga urunishdi. Biroq u o‘zining achchiq so‘zlarini aytib ...
17 june 2020
Menga berilgan qamoq jazosining tugashiga sanoqli kunlar qolganida, ya'ni yanvar oyi o‘rtalarida yonimga Antonenkoning chopari keldi va SPP Antonenko ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...