Vaqt mashinasi
22 december 2025

22 dekabr – archa bezaklari,  rentgen va kommunistik diktaturaning qulashi

1882 yil 22 dekabr — Tomas Edison birinchi marta elektr yoritqichlari bilan bezalgan Yangi yil archasini ommaga namoyish qildi. 

13 yildan so‘ng ayni shu sanada nemis fizigi Vilgelm Rentgen o‘zining X-nurlari bo‘yicha tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka taqdim etdi. Bu yangilik tibbiy diagnostikada inqilob yasab Rentgen uskunasi yaratilishidan nishona edi. 

1917 yil 22 dekabrda yosh Sovet Rossiyasi va Germaniya o‘rtasida Brest-Litovsk sulhi bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Bu Rossiyaning Birinchi jahon urushidan chiqishiga olib keldi.

1947 yil 22 dekabr kuni esa Italiya Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakat rasman demokratik respublika sifatida e'tirof etildi. 

Sovet Ittifoqi so‘ngi nafaslarini olayotgan 1989 yilning 22 dekabrida Rumыniyada diktator Nikolay Chaushesku hokimiyati ag‘darildi. Kommunistik diktatura tugadi.

Keyingi yil22 dekabrida esa Sloveniyada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Aholining katta qismi mustaqillikni qo‘llab-quvvatladi.

1996 yil 22 dekabr kuni dunyoda ilk bor elektron kitoblar (e-book) ommaviy kitobxonlar e'tiboriga taqdim etildi.

Tag‘in o‘qing
1 february 2016
Samarqand viloyatida chaqaloqlar nogironligi ko‘payib borayotganiga oid surishtiruvimizga bir necha ayollarning bu haqdagi shikoyatlari sabab bo‘ldi. Oqdaryo tuman Ravot ...
16 june 2022
Telefon qo‘ng‘iroqlari, tuhmat kampaniyalari va shaxsiy tashriflar: Davlat xavfsizlik xizmati o‘zbekistonlik jurnalistlarni qanday qo‘rqitmoqda? Bu O‘zbekiston jurnalistlariga nisbatan DXX ...
23 january 2019
O‘zbekistonda majburiy obunaning taqiqlanishi ko‘plab mahalliy gazeta va jurnallarning yopilishiga olib kelishi mumkin. 11 yanvar kuni «Normativ-huquqiy hujjatlar» portalida ...
7 january 2026
Mana yangi yildan beri o‘tkan 7 kun davomida ko‘chadagi xotinlardi emchagini mijigan ashincha rijol besh sutkaga qamaldi. Biri kiradi¸ ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...