Video
5 april 2015

O‘ymoq o‘yini

Bizning huquq himoyachilarimiz, muxolifatchilar va oddiy fuqarolar ham odatda hokimiyatdan adolat va himoya izdashadi, – ular shunchaki hokimiyat yo‘q joylardan – prokuratura, sud, militsiya, senat, prezident mahkamasidan qidirishadi. Bari behuda.

Agar bunga qattiqroq jahd qilishsa, hatto ularni Jinoyat kodeksining 159-moddasi – O‘zbekiston respublikasi konstitutsion tuzumiga tajovuz qilishda ayblashlari ham mumkin, bu ham tez tez uchrab turadi.

Men ularni koyimoqchimasman, shunchaki bir haqiqatni tushuntirmoqchiman, O‘zbekistonda barcha hokimiyat shohobchalari xalqdan ajratilgan, biroq bir biridan emas.

Men bugun buning bari aslida qanday tuzilganini ko‘rsatmoqchiman. Albatta, bu mening fikrim, kimdir bunga e'tiroz bildirishi mumkin, biroq O‘zbekistondagi hokimiyatning siyrati o‘ymoq o‘yiniga juda o‘xshash.

Mana mening oldimda uchta bo‘sh stakan, O‘zbekistondagi uchta hokimiyat shohobchasi – qonunchilik, ijro va sud hokimiyati. E'tibor bering, barcha stakanlar bo‘sh – u yerda shunchaki hokimiyat yo‘q.

Mening qo‘limda esa sharcha, boshqa mayda firibgarlarniki kabi porolondan emas albatta, temirdan.

Uni bo‘sh stakanlardan biri ostiga qo‘yib stakanlarni aralashtiramiz. Aralashtiramiz, aralashtiramiz… Endi, sharni qaerdaligini toping?

«U qo‘lda!» – juda aqlli javob qildi «Shut me» jamiyati a'zolaridan biri.

Men bunga qo‘shimcha qilib, stakanlar ham – hokimiyatning barcha uchta shoxi ham bitta odamning qo‘lida ekanini aytmoqchiman.

Ular hech kim bilan bo‘lashilmagan. Hokimiyatni anglatuvchi shar, uning hoxishi bilan bir biridan o‘tib vaqtincha har qanday stakan ostida paydo bo‘lishi mumkin, va biz ko‘rishni istagan joyda hech qachon bo‘lmasligi mumkin.

Boshqa tomoni, agar e'tibor bergan bo‘lsangiz, sharimiz temirdan – raxbarlarimiz maqtanganidek, bizda kuchli hokimiyat bor, garchi aslida jamiyat kuchli bo‘lishi kerak, afsuski bizning istagimizga zid tarzda u ancha zaif.

Aksa holda har qanday sodda odam ham hokimiyatdagi bu firibgarlarning o‘yinlarini fosh qilgan bo‘lardi.

Qudrat Bobojonov

Tag‘in o‘qing
17 march 2020
2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekistonga 1983 yildan 1988 yilgacha rahbar bo‘lgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 87 yoshida vafot etdi. ...
31 august 2020
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishida Buxoro amirligining roli katta bo‘lganini hech kim inkor qila olmasa kerak. Uchta xonlikdan ...
8 september 2015
O‘zbekiston hukumati, XMT, Umumjaxon banki, Xalqaro Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, BMT, Yunisef, Yevropa Ittifoqi shuningdek, AQSh, ...
7 october 2015
Qudrat Bobojon www.eltuz.com Kecha tushimga Shukrullo domla kiribdi. U kishi bilan hayotda faqat bir marta muloqot qilganman. U ham ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...