Asosiy mavzular
14 may 2017

Jamalaning g‘alabasidan keyin «Yevronigoh» Ukrainada o‘tdi

Ukrainalik qo‘shiqchi Jamala o‘tgan yili «Yevronigoh» qo‘shiq tanlovida g‘olib chiqishi ortidan 2017 yilgi qo‘shiq tanlovi Ukrainada o‘tdi.

13 may kuni Kievda yakunlangan tanlov finalida, bu safar Portugaliyalik Salvador Sobral g‘olib bo‘ldi, ikkinchi o‘rin Bolgariyani tamsil qilgan rossiyalik Kristian Kostovga nasib etdi.

O‘tgan 2016 yil mayida musiqa tanlovi o‘tgan Stokholm ko‘chalarida mashinalariga ukraina bayroqlarini ilib, Jamalaning qrimtatarlarini o‘z yurtlaridan deportatsiya qilinishi haqidagi «Men bu yerda yashay olmadim» qo‘shig‘ini barala qo‘yib kezayotgan, raqs tushayotgan ko‘plab shved yoshlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan edi.

Qrim tatarining xalqaro qo‘shiq tanlovidagi g‘alabasi ayni paytda ijtimoiy tarmoqdagi rossiyaparast qatlamning nafrati va o‘zga millatlar yutug‘iga toqatsizliklari bilan qarshilanayotganini ham kuzatish mumkin.

Masalan bu yil Ukrainada o‘tgan qo‘shiq tanlovi ham syurprizlarsiz bo‘lmadi. Final chiqishida Jamala qo‘shiq kuylayotganida rus prankeri va provakator jurnalist Vitaliy Sedyuk sahnaga chiqib publikaga ketini ochib ko‘rsatdi va shu zahoti u politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Ukraina prezidenti 13 may kuni Donetsk viloyatidagi otishmada to‘rt nafar tinch fuqaroning qurbon bo‘lgani bois «Yevronigoh» final tanloviga tashrifini bekor qildi.

Ukrainada o‘tgan «Yevronigoh» qo‘shiq tanloviga 30 million yevro sarflangani aytiladi.  Biroq mablag‘ miqdori masalan Bokuda o‘tgan tanlovga nisbatan deyarli ikki baravar kamdir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 february 2019
Bir yil oldin ishga tayinlangan 53 yashar Ixtiyor Abdullaev joriy yilning 8 fevralida DXX rahbari lavozimidan bo‘shatildi. Abdullaev ustidan ...
2 august 2018
Yevropada yashay boshlaganim qochqinlikning o‘ninchi yili yakunlanarkan, bugun ilk bor yarim asrlik umrim ortiga qaramoqchi bo‘ldim. Jo‘n ma'noda esa ...
26 march 2025
O‘zbekistonda din va e'tiqod bilan bog‘liq eng katta muammolardan biri – Umra safarlarining tijoratlashib ketishi va uning tor doiradagi ...
24 march 2023
Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi.   MS: Odom odom bilan uchrashadi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...