ART-DURBIN
26 june 2017

Afsonaviy kinochi Rustam Hamdamovning “Tubsiz qop” filmi Moskvada taqdim qilindi

39 inchi Xalqaro Moskva kinofestivali tanlovida Rossiyani tamsil qilgan uch asosiy kinodan birini Toshkentda tug‘ilgan rassom va rejisser Rustam Hamdamov taqdim qildi.

Kinochining “Tubsiz qop” filmi munaqqidlar tahminicha, konkurs g‘olibi bo‘lishi mumkin.

Kinofestivalning asosiy voqeasi sifatida ko‘rilgan “Tubsiz qop” filmi 74 yashar Rustam Hamdamovning so‘nggi besh yillik mehnat samarasidir.

Taniqli aktrisa Svetlana Nemolyaeva ishtirokidagi bu film XIII asrda rus shahzodasining sirli o‘limi tergovi haqida.

Kino personaji roviy xonim knyaz huzurida shahzodaning o‘limi haqidagi ertakni aytib beradi.

Qotillik versiyalari huddi tagi teshik qopdan to‘kilgandek yo‘q bo‘ladi. Chunki guvohlar doimgidek ëlg‘on so‘zlaydilar.

Antonioniga xos majoz

Bundan oldin Italiyada o‘tayotgan 67 xalqaro Venetsiya kinofestivalida Moskvada ijod qiladigan taniqli o‘zbek kinochisi Rustam Hamdamov o‘zining «Javohirlar» nomli filmi bilan ishtirok etgan edi.

O‘zbek rejissyori suratga olgan film o‘tgan asrning 20 yillarida yashagan balet ustalari haqidagi ertak, deya taqdim qilingan.

Filmdagi asosiy ikkita rol – oq aël va qora aël rolini Diana Vishneva va Renata Litvinovalar ijro qilishgan.

Vishneva ijrosidagi balerina ikki holatda aks ettiriladi. Bir holatda magazindan javohir o‘g‘irlaydi, ikkinchi holatda sahnada Lyudvig Minkusning “Bayaderki” asari uchinchi aktida raqsga tushadi.

Rustam Hamdamovning bu asari mavhumlik va reallikning oltin o‘rtasidagi ertak sifatida taqdim qilindi.

Munaqqidlar nazarida Hamdamov filmi Mikelandjelo Antonioni suratga olgan “Qizil shar” Alena Renening “O‘tgan ëz Marienbadda” filmlaridagi ishorat va majozni eslatadi.

Bundan 15 yil oldin Rustam Hamdamov bosh rolda Renata Litvinova suratga tushgan “Vokal parallellar” filmini Venetsiya festivalida namoyish qilgan edi.

Rassom va kinochi

Favqulloda iste'dod sohibi Rustam Hamdamov 1944 yili Toshkentda tug‘ildi.

VGIKga o‘qishga kirib taniqli kinochi Georgiy Chuxray qo‘lida taxsil oldi.

Rustam Hamdamovning rassom sifatida yaratgan asarlari Ermitaj muzeyiga sotib olingan.

Ermitaj o‘z qoidalariga istisno o‘laroq, ilk marta 2003 yilda rassom Rustam Hamdamov asarlarini hali u tirikligidaëq sotib oldi.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 may 2016
Eltuz.com bugun O‘zbekistonda bankning o‘marilishi mavzusiga bag‘ishlangan rassom Elsevarning yangi karikaturasini taqdim etadi. Ozodlik muxbiriga ko‘ra, butun boshli bankga ...
9 september 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi «Omina» jome masjidi imom-xatibi Fazliddin Pardaev ishdan olindi. O‘zbekiston musulmonlar idorasining «Eltuz»da mavjud bo‘lgan 675-buyrug‘iga ...
13 june 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasida e'lon qilingan «Mustaqil yurt odamlari bugunidan rozi, ertasidan ko‘ngli to‘q» sarlavhali maqolada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ...
23 april 2016
Kun karikaturasida bugun Eltuz.com, rassom Elsevar qalamiga mansub, avtobus chiptachisi tomonidan qulog‘i cho‘zilayotgan bolakay suratini taqdim etadi. Dunyoning turli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...