Video
10 april 2018

Ulug‘bek Ashur o‘qituvchi qullar haqida qo‘shiq aytdi

Kanadada yashovchi Ulug‘bek Ashur shu bugungi kunda turli qora ishlarga majburlanayotgan o‘qituvchilarga atab yangi qo‘shiq kuyladi. «Eltuz» nashri studiyasi qo‘shiq asosida klip yaratdi. Qo‘shiqda shu kecha-kunduzda bo‘layotgan real voqealar kuyga solinadi.

Samarqand hokimi talabi bilan prezident kelishi oldidan yo‘lni tozalashga olib chiqilgan samarqandlik 23 yoshli Diana 14 mart kuni «KamAZ» mashinasi tagida qolib halok bo‘lgani haqida «Eltuz» yozgan edi.

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev esa o‘tgan mavsumda yetarli miqdorda paxta termagan o‘qituvchilarni «shoqollar» deya so‘kkan.

2017 yilning sentyabrida Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiev mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib chiqmagan o‘nlab maktab direktorini do‘pposlagani videosi tarqalgandi.

Prezident Mirziyoev o‘tgan yilgi yig‘ilishlardan birida «Hokim prezident vakili, hokimni muhokama qilishga hech kimning haqi yo‘q!» degan edi.

«O‘qituvchi qulga aylandi» Ulug‘bek Ashurning siyosiy mavzudagi ikkinchi qo‘shig‘idir. «Shavkat aka» deb nomlangan oldingi qo‘shig‘ida u prezident Mirziyoevni achchiq hajv qilgan edi.

«Eltuz» nashri studiyasi ushbu qo‘shiq va saytning karikaturachi rassomlari asarlari asosida tayyorlagan navbatdagi klipni e'tiboringizga taqdim etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 april 2016
Kun karikaturasida bugun Eltuz.com, rassom Elsevar qalamiga mansub, avtobus chiptachisi tomonidan qulog‘i cho‘zilayotgan bolakay suratini taqdim etadi. Dunyoning turli ...
19 november 2020
16 noyabr kuni Chirchiq tumanlararo fuqarolik ishlari sudi Xalq ta'limi vazirligining sobiq deputat Qobil Do‘sovga nisbatan da'vosini qanoatlantirish to‘g‘risida ...
6 april 2020
Rassom Tuz
31 august 2020
Respublikaning bugungi rahbarlari qonunni, dehqonlarning huquqini umuman mensimayapti, 50 foiz fermerlarning yerlari tortib olib qo‘yilayapti, deydi Navoiy viloyatining Konimex ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...