Asosiy mavzular
17 april 2018

Mirziyoevga suiqasdda ayblangan shaxsning otasi uni aybsiz dedi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevning Qirg‘izistonga tashrifi paytida unga suiqasd qilishda ayblanib, 15 yilga qamalgan 30 yashar Dostonbekning otasi Xursandbek Sarimsoqov “o‘g‘lim aybsiz”, deya bildirdi.

«AKI press» agentligiga ko‘ra, 17 aprel kuni Bishkekda matbuot anjumani o‘tkazgan Sarimsoqov o‘z o‘g‘lining O‘zbekiston prezidentini o‘ldirish rejasi bo‘lmaganini aytgan.

O‘sh shahri sudi Dostonbekni “O‘zbekiston prezidentiga suiqasd uyushtirishga urinish»da aybli deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

19 aprel kuni Sarimsoqovning shikoyat arizasiga binoan O‘sh viloyati apellyatsiya sudi ishni qayta ko‘rib chiqadi.

Sarimsoqovning matbuot anjumani paytida «AKI press»ga aytishicha, o‘g‘li tuhmat qurboni bo‘lgan.

«O‘g‘limni 2017 yilning 2 sentyabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari qo‘liga kishan solib olib ketishdi. Unga O‘zbekiston prezidentini Bishkek shahriga kelganda o‘ldirish rejasini tuzdi, degan ayb yuklashdi. Uyni tintuv qilganda bitta ham hujjat topishmadi. It bilan tekshirishganda qora paketdagi narsani topishdi. Portlovchi modda deb rasmiylashtirdilar. O‘g‘limni urishdi, qo‘lini qayirishdi va qiynoq qo‘llab aybini bo‘yniga oldirishdi. O‘g‘limga rus tilida ëzilgan iqroqnomaga qo‘l qo‘ydirishdi. U rus tilini bilmaydi-ku. Kim ishonadi o‘g‘limning bitta o‘zi prezidentni o‘ldira oladi deb. Agar bu haqiqat bo‘lganda men bu yerda bu gaplarni aytib o‘tirmasdim», – deydi Sarimsoqov.

Qirg‘izistondagi Turmush nashriga ko‘ra, 15 yilga qamalgan Dostonbek 2017 yilning avgust oyida “Jamoat tavhid va jihod” tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevni Bishkekka tashrifi paytida otib o‘ldirishni rejalagan.

Ayni nashrga ko‘ra, Dostonbekning uyidan suiqasd uchun rejalangan portlatuvchi shnur, plastit va detonator kabi portlovchi moddalar topilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev 2017 yilning 5 sentyabrida Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka davlat tashrifi bilan kelgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 june 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman.  MS: Toshkent o‘risni mallakina oylondimi og‘a? ...
24 june 2019
O‘zbek futboli tarixidagi “nomi qoralar” ro‘yxatida birinchilar qatorida turadigan Samvel Babayan mamlakatning beli eng baquvvat futbol klublaridan biri – ...
9 july 2018
Kattaqo‘rg‘onda militsiya kapitanining ayol kishini qip yalong‘och qilgan holda tahqirlagani o‘zbek jamiyatida juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Karimberdi To‘ramurod ...
28 september 2018
Andijon viloyati shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati shifokori A.ning «Eltuz»ga bildirishicha, bundan 5-6 kun oldin viloyat hokimligi vakili (A. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...