Asosiy mavzular
1 june 2018

Mirziyoevga ishonib qaytmoqchi bo‘lgan qochqin vatanga kiritilmadi

Shvetsiyadan yurtiga qaytmoqchi bo‘lgan 58 yoshli o‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov 23 may kuni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinib, Toshkent aeroportidan qaytarildi. Stokgolmga qaytib kelgan Qurbonov voqea tafsilotlari yuzasidan «Eltuz» muxbiriga intervyu berdi.

«Mening qaytishimga asosiy sabab prezident Mirziyoevning chaqirig‘i bo‘ldi. «Qo‘li qonga botmagan bo‘lsa kelsin, ota-enasini oldiga kelib yashayversin», degan gaplari menga turki bo‘ldi», deydi Qurbonov.

Biroq Toshkent aeroportida bor-yo‘g‘i ikki soat bo‘lgan huquq faoli Stokgolmga vatandoshligi yo‘q shaxsga aylanib qaytdi.

«Shamsiddinov degan leytenant bitta pechat bilan meni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qildi», deydi u.

Qurbonovga prezident farmoniga ko‘ra, besh yil ichida O‘zbekistonda bo‘lmaganligi bois vatandoshlikni yo‘qotganligini ma'lum qilishgan.

«O‘sha kelgan samolyotimga o‘tqazib qaytarib Shvetsiyaga jo‘natishdi», deydi huquq faoli.

Qurbonov 2006 yili Shvetsiyadan boshpana so‘ragan, biroq shu paytgacha vatanga qaytish umidida shved vatandoshligini olmasdan kelayotgan edi.

Shu yilning 4 dekabrida Stokgolmda uchrashuv o‘tkazib, o‘zbek qochqinlarini vatanga qaytishga da'vat etgan O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimboy Ozodovning tavsiyasi bilan u vatanga qaytishga ahd qiladi.

Biroq Muhiddin Qurbonovning Toshkent aeroportida vatandoshlikdan mahrum qilinib Shvetsiyaga qaytib kelishi O‘zbekistondagi «kirdi-chiqdi» muammosi eskicha qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 november 2021
Shvetsiya bosh vaziri o‘z mamlakatida xizmat mashinasiga ega yagona siësatchi. Qolgan mulozimlar ishga o‘z mashinasi, velosipedi ëki tramvayda boradi. ...
20 november 2017
Bu yil o‘zbek futboli uchun navbatdagi og‘ir yil bo‘ldi. Shuncha ko‘tar-ko‘tarlar bilan terma jamoa yana jahon chempionatiga chiqa olmadi. ...
29 june 2016
Turkiya prezidentining so‘zchisi Erdo‘g‘on Ibrohim Qalin vaziyatga oydinlik kiritdi: “Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgan ...
18 july 2025
17 iyul kuni, soat 13:00 da Prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat G‘aniev onlayn majlis o‘tkazdi.  Majlis mavzusi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...