Asosiy mavzular
3 september 2018

Chemadonga yashirinib Turkiyaga o‘tishga uringan o‘zbek ayoli ushlandi

Gruziyadan chemodon ichida yashirinib Turkiyaga o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 27 yashar F.T. ismli ayol ushlandi.

Turk nashrlarining 1 sentyabr kuni xabar qilishicha, ayolni Gruziyaning Turkiyaga chegaradosh Sarp hududidan 24 yashar gruziyalik G.P. ismli erkak olib o‘tmoqchi bo‘lgan.


Oyoq olishi shubhali ko‘ringan erkakni chegarada turk politsiyasi to‘xtatib, undan chemadonini ochishni talab qilganida, undan o‘zbek ayoli chiqib kelgan.

Shuningdek, bu ayol mamlakatga besh yilgacha kirish huquqidan mahrum qilingan shaxs bo‘lgani aytiladi.

SSSR davrida chegaradan chemadonda, aniqrog‘i kontrabas g‘ilofi ichida odam o‘tkazish sahnasi mashhur «Assa» filmida aks etgan.

Shunga o‘xshash tarzda chegaradan o‘tish manzaralari, 60-yillarda GDR chegarasida kuzatilgan. Bu hujjatlar bugun Berlin devori muzeyidan o‘rin olgan.

Turkiyaning ayni chegara hududdan 2017 yilning mayida chemodonga yashirinib o‘tmoqchi bo‘lgan bir rossiyalik ayol, o‘sha yilning dekabrida esa gruziyalik bir yosh ayol ham ushlangan edi.

O‘zbekiston mustaqilligining 27-yilida ular safini o‘zbek ayoli to‘ldirdi. F.T.ga va uni chemadonda o‘tkazmoqchi bo‘lgan gruzin erkagi G.P.ga turk politsiyasi jinoyat ishi ochgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 june 2016
Turkiya prezidentining so‘zchisi Erdo‘g‘on Ibrohim Qalin vaziyatga oydinlik kiritdi: “Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgan ...
6 january 2020
AOKA bloger va jurnalistlarni sotib olishi emas, huquqiy qo‘llab-quvvatlashi zarur. Uning bayonotlari juda kulgili. Vakolatlari bizni himoya qilishga yetmas ...
11 may 2020
1994 yildan beri surgunda yashaëtgan muxolifat lideri Muhammad Solih 10 may kuni o‘zining feysbuk sahifasida O‘zbekiston prezidenti iste'fosini talab ...
5 october 2017
Prezident Mirziyoev 30 sentyabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqidagi farmonni imzoladi. Farmonda, mamlakat bo‘ylab bog‘chalar sonini ko‘paytirish, maktabgacha ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...