Asosiy mavzular
22 february 2019

Jizzax hokimi nega huquq faolining uyi devorini buzmoqchi?

Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardaev «Eltuz»ga bergan intervyusida shahar hokimligi unga qarshi da'vo arizasi bilan fuqarolik sudiga murojaat qilgani haqida 2018 yilning dekabrida o‘zi kutmagan holda bilganini aytdi.

Jizzax shahri hokimi Akbar Shukurov imzolagan da'vo arizasida Pardaev o‘z uyi atrofiga devor qurib, 25 kv. metr davlat yerini o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olgani iddao etiladi. Hokim suddan devorni buzish haqida qaror chiqarishni so‘ragan.

«Men mana shu uchastkada besh yildan buyon oilam bilan yashayman. Uyimni o‘zimdagi davlat tomonidan tasdiqlangan kadastr hujjatlari asosida qurganman. Hozirgi kunda hokimlik da'vo bilan chiqib sudga bergan mening ustimdan», deydi Pardaev.

Jizzax fuqarolik sudi sudyasi Oybek Shomurodov 2018 yilning 17 dekabrida O‘ktamning ishtirokisiz shahar hokimligi da'vosini qondirdi va devorni buzish haqida qaror chiqardi. Sud, shuningdek, O‘ktamga 100 dollar atrofida sud xarajatlarini ham to‘lash majburiyatini yukladi.

Sud majlisiga O‘ktamni 17 dekabr kuni chaqirishganida u Toshkentda XMT Bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuvda bo‘lgan.
O‘ktamning tasdig‘icha, shahar hokimligining da'vosi asossiz va yer o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirilgani yo‘q. Uning gapini advokati tomonidan olingan davlat kadastri xulosasi tasdiqlaydi, rasmiy xulosada qo‘zg‘almas mulk ob'ektlari ayni kadastr hujjatlari asosida qurilgani ta'kidlangan.

O‘ktamni sudga chaqirish uchun 14 dekabr kuni uyiga borishganida u Toshkentda XMT Bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuvda bo‘lgan.

«Bu yerga 11 fevral kuni sud tomonidan tayinlangan komissiya va sud vakillari kelishdi, yer maydonini o‘lchab ko‘rishdi va hammasi kadastr hujjatlari asosida qurilganiga guvoh bo‘lishdi», deya bildiradi u.

O‘zining haqligiga ishongan O‘ktam sud qarorini bekor qilish haqida kassatsiya shikoyati yozdi.

19 fevral kuni o‘tgan ikkinchi sud majlisida O‘ktamning advokati shahar hokimligi da'vosini rad etuvchi hujjatlarni taqdim etdi. Biroq «barcha keltirilgan hujjatlar da'voning asossiz ekanini tasdiqlasa-da, sud hech bir qaror qabul qilmadi va majlisni 26 fevralga qoldirdi», dedi O‘ktam «Eltuz» nashriga bergan intervyusida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 march 2020
Yig‘ilishda Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning o‘z qo‘l ostidagilarni va yig‘ilish ishtirokchilarini uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani va ...
25 august 2016
O‘zbekistondagi barcha nashrlarda sportchilarimizning Riodagi Olimpiadadan Vatanga qaytib kelishiga bag‘ishlangan maqolalar e'lon qilindi. Albatta, O‘zbekiston sportchilarining Olimpiadadagi g‘alabalari xalqimizni ...
3 december 2021
Uylarim isirmikin o‘tin yorib, Go‘ng-tezak yoqsammi yo tappi qorib. Arzi-hol aytsam dedi hokim borib, Bor, o‘chog‘ing yoq, mani va'dam ...
7 april 2023
Qodiriy ta'biri bilan aytsak, mamlakatning yuz yil oldingi «kirli» tarixida ham¸ Sovet davrida ham mulozimlar, qudrat va sarvat egalari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...