Asosiy mavzular
29 march 2019

RTdan va'z: Bizni yemirguvchi illatlar haqida

Bizni yemirguvchi illatlar haqida gapirsam. Bu kalimani yuz yil oldin Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan edi. Mavzuga kirishdan oldin avvalgi safar eshitgan plastinkani yana tinglasak…

Maxtumquli g‘azalini Komiljon Otaniëzov qo‘shiq qilib aytyapti. Bu qo‘shiqni eshitgan Hindiston bosh vaziri Komiljon Otaniëzovga fil sovg‘a qilgan. Moskva zooparkidagi fil aslida Komiljon akaga hadya qilingan fil avlodi.

Qo‘shiqda va'daga vafo haqida gapiriladi. Buning teskarisi esa xiënat va aldov…

Manmanlik

Bizni kemirguvchi illatlardan biri – manmanlik. Agar kimdir bozorga pattachi bo‘lsa, burnidan qurt ëg‘iladi. Zolimga aylanadi. Umuman, zehniyatda ko‘rilgan narsa shuki, kimki boshliq bo‘lsa, qamchisidan qon tomadi. Qo‘l ostidagilar esa laganbardorga aylanadi. Nega shunday? Buni bilmayman.

Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd

Rasmdagi aël Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd. U Myunxendagi konferentsiyada odamlar orasida o‘tirganida tanishmadiyam. U majlis zalidagi el qatori oddiy o‘rindiqda o‘tirardi.

Munozaralar paytida qo‘l ko‘tarib savol bermoqchi bo‘ldi. Majlis moderatori unga qarab, o‘zingizni tanishtiring, dedi. Bu zarifa aël o‘rnidan turib, «Men Estoniya prezidentiman», dedi. Zalni yengil tabassum qopladi. Bo‘lar ekan-ku devday tansoqchilaru shotirlarsiz yursa ham.

Bir paytlar O‘zbekiston ham Estoniya ham bitta davlat a'zosi edik. SSSRdagi 15 respublikadan biri edik. Bugun Estoniya Yevropa Ittifoqi a'zosi va shengen tarkibida. Lekin estonlar sovet davrida mustaqillik uchun faol kurashgan edi. Balki niyati yo‘ldosh bo‘lib shu kunlarga yetdimikin. Mayli, men uchun bu aël eng go‘zal siësatchi va nafosatu zakovat tajassumi. Qo‘shiqda aytilgani kabi – «odobini, ibosini ko‘ring…».

Mayda o‘g‘irlik

Bizni kemirguvchi illatlardan yana biri – mayda o‘g‘irlik. Kinolarda bonkani o‘margan o‘g‘rini ko‘rsam, ruhan bonka egasi emas, balki o‘g‘ri tarafida bo‘laman. Ammo o‘zi kabi qashshoqning og‘zidagi bir burda nonini tortib olgan kalamushdan nafrat etaman.

Bu voqea o‘tgan yil 20 dekabrda bo‘lgan ekan, bugun aytib berishdi. Rossiyaning Chelyabinsk degan olis joyida ishlaydigan vatandoshimiz yangi yilni bola-chaqam bilan kutay deb Namanganga kelaëtgan edi. Toshkent aeroportidagi ber-berlardan omon o‘tgan bu yigit sovg‘a-salom to‘la chamadoni bilan taksi kira qiladi.

Taksichi unga «Ikkita odamning pulini bersangiz, yakka o‘zingizni olib ketaman», deydi.

Namanganga yaqinlashgan paytda mashina to‘xtaydi. «Mashina buzildi. Orqaga o‘tib itarvoring», deydi sho‘pir mijozga.

Ko‘ngli toza hamyurtimiz shartta tushib, mashinaning ortidan itaradi. Shu payt bagajnigida yigitning chamadoni, salonda paltosi turgan mashina gaz berib mingga qo‘yib qochib ketadi.

Ikki kundan keyin o‘g‘ri qo‘lga olindi. Ammo Rossiyadan O‘zbekistonga mehmonga kelgan hamyurtimizning tirriq bo‘lgan ta'bi yaxshilanmadi. O‘g‘ri qamaldi. Shartli jazo olib, yana taksi minib yuribdi. Amnistiya bo‘ldi, avf qo‘llandi, deymiz.

Chiqib kelaëtganlar farishtaday ko‘rinadi bizga. Aslida o‘g‘ri, kazzob, firibgar ko‘pi. Chiqa solib yana birovni qaqshatadi. Odatda statistika hujjatlaridagi o‘mardi, o‘g‘irladi, degan so‘zlar uncha ta'sir qilmaydi. Ammo birov ko‘z ësh bilan sizga hikoya qilsa, odamning ko‘ngli cho‘kar ekan. Shu bechora mardikor o‘zbekni qaqshatib chamadonini olgan ham o‘zbek. Shu vodiyning bolasi. Koshki shu chamadonni o‘margani bilan boyib bitib ketsa ekan.

Yana bu o‘g‘ri qo‘lga olinganida qarindoshlari kelib arizani qaytib ol¸ payg‘ambar ham kechirgan, deb dag‘dag‘a qilgani ortiqcha bo‘lgan.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 january 2018
Yaqinda viloyatga borib, bir tanishimnikiga kirdim. Darvozaxonasida bir qop to‘la o‘rik daraxti o‘tini turgan ekan. O‘tin biror kasallikka chalinmagan, ...
28 october 2019
O‘zbekiston harbiylari ilk bor bor havo hujumidan mudofaaga mo‘ljallangan FD-2000 raketalarining amaliy sinovlarini o‘tkazmoqda.  Mazkur sinovlar Qashqadaryo viloyatida joylashgan ...
15 january 2026
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida mehnat qilayotgan oddiy ishchi-xodimlar O‘zbekiston neft-gaz sohasi rahbariyatiga murojaat bilan chiqdi. Ularning ta'kidlashicha, zavodda ...
25 september 2020
Mana, azizlarim, hafta aylanib diydor ko‘rishdik. Hafta ichida internetning o‘zbek segmenti nafrat bilan to‘la bo‘ldi.  Avvaliga koreyalik erjonlarga posilka ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...