Asosiy mavzular
13 june 2019

Andijon tug‘ruqxonasi farroshi IIB xodimlari uni urishganini aytmoqda

Andijon shahri 2-tug‘ruqxonasi farroshi 33 yashar Odinaxon Ergasheva 9 iyun kuni ichki ishlar xodimlari uni telefon o‘g‘irlaganlikda gumon qilib, Andijon shahri 4-IIBga olib borib kaltaklashgani, majburlab aroq ichirishganini iddao qildi.

«Bitta kasalning telefoni yo‘qolib qoldi. Mening smenamda yo‘qolgan. O‘sha kuni topilibdi ham. Meni urib, qiynashganidan keyin…».

Ergasheva o‘z intervyusida 6 iyun kuni uni Andijon shahri 4-IIB qidiruv bo‘limi xonasiga olib kirishib, qidiruv bo‘limi boshliqlari nazorati ostida kaltaklashganini bildiradi.

«Ko‘kartirmaydigan qilib ur. Ko‘kartirma buni. Ichini to‘k», deb rosa o‘rgatib turdi ikkitasi. Qolgan uch kishi esa meni urdi», dedi u.

Ergasheva, shuningdek, IIB xodimlari uning og‘ziga majburlab aroq quyishganini aytadi:

«Bo‘ynimni bunday qilishib, achchiq narsa quyishdi. «Nima bu?» dedim, «aroq» deyishdi, burnimni bekitib turib, ichasan, deyishdi».

Andijon viloyati IIB 9 iyun kuni voqea yuzasidan tarqatgan xabarida chindan ham yo‘qolgan telefonning bemor yotgan xonadan topilganini e'tirof etdi.

Biroq IIB Odina Ergashevani ichki ishlar xodimlariga tashlanib, bezorilik qilganlikda ayblamoqda.

Odina Ergasheva kaltaklardan keyin tez-tez hushidan ketayotganini, shifoxonadagi hamkasblari esa uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga ham rozi bo‘lishmayotganidan shikoyat qilmoqda.

«Eltuz» 12 iyun kuni kun davomida Ergasheva bilan bog‘lanishga urindi, biroq uning telefoni aloqadan uzilganicha qoldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 december 2015
Amnesti tadbirlari doirasida Shvetsiya maktablarida Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan installyatsiyalar o‘rnatildi. “Gimnaziyamizning qorong‘u bir burchagida panjaralar o‘rnatdik, panjara ortiga ...
28 january 2026
Muhammad Solih Karimovning Alparslon Turkash Beyga javob xati (kitobning davomi) Bu voqeadan to‘rt oy o‘tgandan so‘ngra Milliyatchi Harakat Partiyasi ...
13 december 2016
2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti A'zam Farmonov 27 yoshda edi, bugun u 38 yoshga to‘ldi. Yangi prezidentning ...
2 may 2015
Ammo sal farq bor. MTS ëpilib ochilishi¸ GK ning ota mexridan mosuvo qilinishi¸ Rossiyaning Qrimni annektsiya qilishi bilan bog‘liq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...