Asosiy mavzular
27 june 2019

Yulduz Usmonova Gulnora Karimova qaytishiga qarshi chiqdi

Yulduz Usmonova 27 iyun kuni yutub kanaliga qo‘ygan yangi videomurojaatida «Gulnora Karimovani sog‘indik» deya ijtimoiy tarmoqda aktsiya boshlagan san'atkorlarni qoraladi.

«Qattiq sog‘inib, yuraklari ezilib ketibdi Gulnorani sog‘inishib, «Biz sog‘indik, qachon chiqasiz?» deb. Chiqadi boshinglarga balo bo‘lib…», deya kinoya qiladi o‘z hamkasblarini Yulduz Usmonova videomurojaatida.

Yulduz Usmonova bu safargi chiqishida 2016 yili o‘lgan prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizini o‘g‘ri deb atadi va u o‘zbek xalqidan o‘g‘irlangan bir milliard dollarni tashqariga olib chiqib ketganini pisanda qildi.

«Nima uchun bu pulni so‘ramasligimiz kerak? So‘raymiz! Bu pul xalqniki, sizning yoki mening shaxsiy pulimiz emas bu pul. Men xalqning puli xalqqa qaytishi tarafdoriman. Men qaysi o‘g‘rini sog‘inishim kerak? U o‘g‘ri-yu», dedi qo‘shiqchi Gulnora Karimova haqida.

Shuningdek, Yulduz Usmonova uni boshqa artistlardan ko‘proq bilishini iddao qilib, prezidentning qizi tadbirlarida majbur va tekin ishlab bergani haqida gapirdi.

«Soat ikkidayam, uchdayam turg‘azib qo‘yib, «nochnushka»da ketib, ashula aytmagansizlar-u. Men aytganman, bilaman. Bormasang – zapret, boshingga bir kuvolda tushadi. Bormasang kaltak yeysan, borsang pulingni olmay qaytasan. Hozir pul ishlayapmiz-ku, o‘rtoqlar», dedi Usmonova.

Yosh san'atkorlarning bunday chiqishi ularning obro‘sini to‘kishini bildirarkan, Usmonova: «Agar nomlaringni bitta-bitta aytsam, xalq bitta-bitta tupursa, la'natning ichida qolib ketasizlar!» dedi.

Bundan avvalgi, 2016 yilning sentyabridagi videomurojaatida Yulduz Usmonova «Islom Karimovning janozasiga dunyo havas qilgani», “Yurtboshi o‘lgani bilan qurilgan tizim o‘lgani yo‘q!” degan gaplarni aytib, o‘zi malomatga qolgan edi.

Video: https://youtu.be/IwoTN_IgJRY

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 april 2018
Islom Karimov davrining o‘ziga xos ramzlaridan biriga aylangan so‘kong‘ich va urong‘ich hokimlar bugun ham bu maqomini boy bergisi kelmayotganga ...
15 september 2021
2020 yil oxiriga kelib O‘zbekistonning «Orient Group» kompaniyasi 700 million AQSh dollaridan ortiq investitsiya yig‘ib, mamlakatdagi eng badavlat konglomeratlardan biriga aylandi.  Shotlandiyaning sakkizta noma'lum mas'uliyati cheklangan sherikligi bu ...
24 may 2018
Bu yil maktablarda o‘quvchilar «So‘nggi qo‘ng‘iroq» o‘rniga prezident Shavkat Mirziyoevning bilim olishga oid gaplari shior qilingan tadbirga saflanisharkan. Bu ...
15 november 2015
Bu yil paxta tera olmadim, deb «xafa bo‘lib» yurgandim. Lekin kecha sinfdoshim Qadamboyning g‘o‘zapoyasini (poqolini) terishgani ko‘makka (yordamga) borganimda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...