Asosiy mavzular
25 september 2019

Urganch sudyasi Mahmud Rajab aybiga iqror bo‘lganini iddao qildi

Xorazm viloyati televideniesi 25 sentyabr kuni Urganch shahri ma'muriy sudi raisi Dilmurod Ochilovdan iqtibos keltirib, shoir Mahmud Rajabning aybiga iqror bo‘lganini iddao qildi.

«O‘tkazilgan sud majlisida fuqaro Rajabov Mahmud va uning yaqin qarindoshlari o‘zlarining sodir qilgan huquqbuzarligini tushunib yetgan holda, aybiga iqrorlik bildirib, suddan kechirim so‘rab, yengillik qilishni so‘rashdi. Sud ishni ko‘rib chiqib, bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topib, Rajabov Mahmud va Olloshukurova Nafosatlarga nisbatan qonun sanktsiyasida nazarda tutilgan 10 sutka qamoq jazosini tayinladi. Qolgan 15 nafar shaxsga nisbatan jarima jazolari tayinlandi», deydi sudya Dilmurod Ochilov o‘z intervyusida.

Biroq Xorazm viloyati televideniesi ko‘rsatuvida na suddan biror lavha va na 10 sutkaga qamalgan shoir Mahmud Rajabning, na voqealarni yoritgan bloger Nafosat Olloshukurovaning izohini bermagan.

Shoir Mahmud Rajab 21 sentyabr kuni 6 oydan buyon o‘ziga bo‘layotgan bosimlarga norozilik bildirib, o‘zining mutlaqo aybi yo‘qligini ma'lum qilgan edi:

“Mening xalq oldida ham, vijdonim oldida ham, hukumat oldida ham, qonun oldida ham hech qanday aybim yo‘q. Yo‘qligini isbotlashga tirishdim, lekin foydasi bo‘lmadi. Prezidentga uch marta murojaat yozdim. Respublika bosh prokuroriga, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga qayta-qayta murojaatlar yozdim, lekin foydasi bo‘lmadi. Bugun men o‘z insoniy huquqlarimdan foydalanib o‘zimni o‘zim himoya qilishga majburman», degan edi himoyasiga chiqqan qo‘shnilari oldida shoir Mahmud Rajab.

Bundan tashqari, bloger Nafosat Olloshukurovaning suddagi advokati Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29- moddasiga ko‘ra, yolg‘iz ona bo‘lgani uchun Olloshukurovaga nisbatan ma'muriy jazo qo‘llanishi mumkin emasligini «Eltuz»ga bildirdi.

Nafosat Olloshukurova 24 sentyabr kuni tunda uni urishgani, ahvoli og‘ir ekani to‘g‘risida qamoqdan bir SMS chiqarishga ham ulgurgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Rajab shoir Muhammad Solih asarlarini O‘zbekistonga olib kirganlikda asossiz ayblanib tergovga tortilgan. “Eltuz” nashri shoir Mahmud Rajab taqdiri bilan bog‘liq voqealarni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 july 2018
Sovet hukumati sinfiylik jamiyatini yo‘qotish, hammaning tengligi yo‘lida 70 yil siyosat yuritdi. Islom Karimov esa “Bizda o‘ta boylar ham, ...
8 august 2016
Rassom Kirpi har yili bo‘ladigan ayni holat, abituriaentlarning bunker, paravoz va shpargalka kabi vositalaridan foydalaninishini hajv qiladi. Bu yil ...
20 january 2016
Peterburgda istiqomat qiladigan o‘zbek muhojiriga ko‘ra, bu ikki fohishaxonada asosan o‘zbek qizlari ishlagan. Agar Piterdagi o‘zbeklardan Prosveщeniya ko‘chasi 33 ...
26 june 2025
Ma'lum bo‘lishicha, hodisa 20 iyun kuni, Ushoqtepa mahallasidagi Lola Haqnazarovaga tegishli xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. 2,5 yoshli Zarina Izzatillaevani ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...