Asosiy mavzular
30 september 2019

«Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa…»

Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji kajavali bittagina velosipeddan iborat edi.

To‘yda kelin-kuëv bilan qo‘shib hisoblaganda bor-yo‘g‘i 8 kishi qatnashdi. To‘ydagi yegulik-ichgulik velosiped kajavasiga jo bo‘ldi.

Kelin-kuëvlar “Eltuz” nashri uchun o‘z sevgi hikoyasini lutfan aytib berishdi.

Kuëv 26 ëshda. Uning ismi Volf, o‘zbekchasiga Bo‘rivoy bo‘ladi. Germaniya o‘ntaligiga kiradigan IT shirkatda ishlaydi. Oyiga 10 ming yevrodan ko‘proq oylik oladi.

Kelinning ismi Linda. 23 ëshda. PR shirkatda dizayner. Oyiga o‘rtacha 3 ming yevro oladi.

Ular ikki yil mobaynida sevishib, bir-birini yaxshi tanigach, to‘y qilib umr rishtalarini bog‘lashga qaror qilishdi.

To‘y tantanasi Berlindagi burgeramtda nikohdan o‘tish rasmiyatchiligi bilan boshlandi. Ya'ni ular zagsdan o‘tishdi. Nikohdan o‘tish sharafiga sakkiz kishi bir shisha shampan sharobi ichishdi.

Keyin oldiga ëg‘ochdan bo‘lgan quti tirkalgan birgina velosipeddan iborat to‘y korteji bir paytlar Germaniyani ikkiga ajratgan devor bo‘ylab uzangan Shlizishes ko‘chasi bo‘ylab yurdi.

Orqada kelin-kuëvning kumush sochlari quëshda yaltirab ko‘ringan ota-onalari mamnun qadam tashlaydi. Ularni suratga olaëtgan turistlarga qarab jilmayib, poz berishadi.

Kelin-kuëvlar Treptov parkiga yaqin joydagi turklar bit bozori deb aytadigan eski-tuski bozoriga borishdi. Toshkentdagi Tezekov bozoriga o‘xshash bu bozorda har xil ashqol-dashqollar sotiladi.

Shu bozordan kuëvbola o‘z turmush o‘rtog‘i Lindaga sovg‘a olib berdi. Piva qopqog‘ini ochadigan bronzadan bo‘lgan ochqich. Keyin ular ko‘chaga chiqib, bozorga ëndosh joydagi parkda “to‘y” qilishdi.

Endi to‘yni tasvirlasam. O‘rtada kajavali velosiped turibdi. Ichida meva sharbati, piva va makkajo‘xori qalamchalari deya bilganimiz chips solingan yaltiroq xaltachalar.

To‘y xarajatlari. Velosiped kuëvbolaning o‘ziniki. Demak tekin. Quti ichidagi yegulik va ichimliklar narxi 40 yevro atrofida. Mehmonlar o‘zlari bilan sharoblar olib kelishgan.

Kuëvbolaning kelinga sovg‘asi qiymati 2 yevro. Lindaning oldiga borib, «Eltuz» nashri o‘quvchilariga biror narsa ayt, deb iltimos qildim.

Lindaning aytgan gapi aynan mana bunday bo‘ldi: Wir werden glücklich sein, wenn Gott will. Buni tarjima qilgach, o‘zim hayron qoldim – “Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa”.

Muhammad Yusufning shunaqa she'ri bor edi. Darvoqe, shu kunlarda bu she'rning xonanda Aziz Nasafiy tarafidan qo‘shiq qilingani tarmoqda bahs bo‘lmoqda.

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo‘shilib
Yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik…

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 january 2017
O‘zbekistonda «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi ortidan senator va deputatlarning bu hujjatga oid balandparvoz chiqishlari paydo bo‘la ...
8 december 2016
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova O‘zbekiston konstitutsiyasi bayramida «hamroz» qo‘shig‘ini ijro qildi. Keyingi 9 yil davomida Usmonova katta sahnadan ...
14 march 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi. Joriy yil yanvarida prezident Shavkat Mirziyoev ...
1 february 2018
Toshkentda 14 fevraldan sovuq suv uchun tariflar oshishi bildirildi. «Suvsoz» idorasi xabariga ko‘ra, yangi narxlar poytaxt hokimligi tomonidan 29 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...