Asosiy mavzular
8 december 2020

Nyu-Yorkdan nazar: O‘zbekistonda Konstitutsiya qanday buzilmoqda?

Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov “Eltuz” orqali turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini Konstitutsiya kuniga bag‘ishladi.

“Konstitutsiyani prezident Mirziyoevning o‘zi buzmoqda. Uning vaqtinchalik prezident bo‘lib iqtidorga kelishining o‘zi Konstitutsiyaning buzilishiga misol, – deydi Ismoil Ospanov. – Prezident Karimov o‘lganidan so‘ng O‘zbekiston rahbarligi Konstitutsiyaning 96-moddasiga ko‘ra, senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev zimmasiga o‘tishi kerak edi».

Ospanov o‘z chiqishida prezident yuritayotgan populistik siyosatni tanqid qiladi. Uning fikricha, hokimlarni o‘zining viloyatlardagi vakillari deya e'lon qilib, ularga cheksiz hokimiyat berilishi ham Konstitutsiyaga zid zararli g‘oyadir.

Bundan ilgari “Eltuz” kanalidagi videochiqishlarida sobiq hokim Ismoil Ospanov mamlakatda energetika inqirozi, prezidentning kadrlar siyosati, dehqonlar huquqlarining kamsitilishi, klaster tizimidagi korruptsiya holatlarini tanqid ostiga olgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 september 2017
12 sentyabr kuni tarmoqda Sirdaryoda tuman hokimining maktab direktorlarini urayotgani aks etgan video tarqaldi. Kun.uz nashri tarqatgan videoda Sirdaryo ...
3 december 2025
Rossiya tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukm chiqardi. Samarqandlik yigit 2021 yilda yigit Rossiyaga ishlash ...
17 august 2020
Rossiya va Belarus harbiy jamoalari “ArMI-2020” xalqaro armiya o‘yinlarining “Yo‘l patruli” musobaqalarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. Rossiya Mudofaa ...
3 may 2016
Aprel oyida ham O‘zbekiston telekanallari «oqil va dono yurtboshi rahnamoligida farovon va baxtli hayot kechirayotgan, mislsiz yutuqlarni qo‘lga kiritgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...