Asosiy mavzular
8 february 2021

Corruption: Gulnora o‘margan 131$ million Toshkentga qaytmoqda

O‘zbekiston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani “O‘zbek malikasi” deb atashardi.

U estrada xonandasi, moda va zargarlik buyumlari bo‘yicha dizayner, diplomat va hokazolar edi.

Albatta, u o‘zining imtiyozli mavqeidan muvaffaqiyatli foydalanib, bir nechta yirik xorijiy telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora talab qildi. Buning evaziga esa ular O‘zbekiston bozorida ishlash uchun litsenziyani qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekistonda internet tariflari dunyodagi eng yuqori narxdagilardan biri hisoblanadi.

Gulnora Karimova “ishlab topgan” pullarini O‘zbekistonda saqlamadi. Ular Frantsiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Malta, Lyuksemburg, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va AQShdagi banklarga hamda ko‘chmas mulklarga joylashtirildi.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, gap 1 milliard AQSh dollari haqida ketmoqda. 2014 yilda “O‘zbek malikasi” boshiga og‘ir kunlar tushdi va u tovlamachilik hamda mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirishda ayblanib sudlandi.

Endi o‘g‘irlangan pullarni O‘zbekiston fuqarolariga qaytarish vaqti keldi.

Frantsiya Karimovaning 10 million dollarini allaqachon O‘zbekistonga qaytarib bergan. Biroq qaytarib berish tartibida ushbu mablag‘larning qaerda, qanday va kim tomonidan taqsimlanishini nazorat qilish mexanizmini yaratish ko‘zda tutilmagan edi.

Shveytsariya esa Karimovaning 131 million dollar mablag‘ini qaytarishga rozi bo‘ldi va ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuvda quyidagilar ta'minlanishi majbur etib belgilandi:

– pulni qaytarish jarayonida oshkoralik va hisobdorlik;

– qaytarilgan pullar O‘zbekiston xalqi manfaatlari uchun ishlatilishi;

– eng muhimi, mustaqil fuqarolik jamiyati va matbuot kelishuvning bajarilishini nazorat qilishi.

Lekin katta muammo bor. Gap shundaki, O‘zbekiston dunyodagi eng korruptsiyalashgan davlatlardan biri. Hokimiyat tomonidan ochiqlik choralari ko‘rilganiga qaramay, mamlakatda mustaqil nodavlat tashkilotlar yo‘q, jurnalistlar va blogerlar esa nazorat ostida ishlaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 february 2021
Ehtimol boshqa oilada dunyoga kelganida u mashhur turk rassomi sifatida ulug‘langan va san'at tarixi zarvaraqlarida muhrlangan bo‘lar edi. Biroq ...
25 january 2021
AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimidan ketishidan avval O‘zbekistondagi Qarshi shahri yaqinida joylashgan Xonobod harbiy bazasida xizmat qilgan harbiylarga to‘liq ...
17 july 2025
Dunyoda, Markaziy Osiyoda va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealar talqinini sizga yetkazishda davom etamiz. Voqealar eta har qachongidan qaynoq. Quyoshli ...
12 january 2021
Andijon shahridagi avtobus bekatlaridan birida to‘shakka o‘ranib, ustidan tsellofan yopib o‘tirgan bir kishiga duch keldim. O‘sha kuni havo odatdagidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...