Asosiy mavzular
15 february 2021

Farhod va Shirin fojeasi (+18)

Voqea bizning kunlarda bo‘lib o‘tadi. Farhod 18 ëshda. U sevgiga mushtoq. Ma'naviyatsiz sinfdoshlari telefonda hard porno ko‘rib o‘tirishganida Farhod sinfning bir chekkasida bitta o‘zi Mahamad Yusupdi shig‘irlarini o‘qib yig‘lab o‘tirar edi.

Odnoda uyatsiz qizlar yashaydi, deb feysbukka kirardi nuqul. Bir kuni u feysbukda Shirin degan qiz bilan tanishdi.

“Siz o‘shami”, dedi entikib Farhod.

“Men o‘shaman”, dedi Shirin.

Farhod bu qizni g‘oyibona sevib qoldi-yu, ammo qalbidagi qaynoq tuyg‘ularni izhor aylashga iymanib, nuqul Mahamad Yusupdi shig‘irlarni anu qizni feysiga tashiyvurdi-tashiyvurdi. Qiz dadilroq chiqdi:

“Uchrashaylik”.

Mana, 18 yashar Farhod ketyaptilar hay-hay kiyimlardi kiyvolib Chilonzor torgoviy tsentr tarafga. Uchrashuv Gagarin haykali tagiga belgilangan. “Qanday ramziy timsol, bu sevgim fazo kabi yuksak”, deb o‘ylardi Farhod.

“Qo‘lini ushlasammikan. Yo‘q, bundaqangi ishlar sha'riy nikohdan keyin bo‘ladi. Yaxshisi, ko‘zlariga qarayman”.

Ana uchrashishdi ulug‘ fazogir haykali poyida. Sevgiga ta'zim qil, Gagarin!!!

“Biz baxtli bo‘lamiz

Xudo xohlasa,

Xudo xohlamasa

Uchrasharmidik…”, degan shig‘ir satrlari Farhodning miyasidan kechdi.

Shirin tilga kirdi:

“300 berasiz. Ikki reysga. Ikki soat uchun. Xata mendan”.

Farhod tushunmay, g‘amli ko‘zlari bilan Shiringa tikildi. Shirin davom etdi:

“Maylin, 280 bering. Ammo orqamga qildirmayman. Og‘zimga bermoqchi bo‘lsangiz yana 50 qo‘shasiz”.

Farhodning ichki ma'naviy dunësi ostin-ustun bo‘ldi.

Xuddi Pompeyda vuqon otilgandek, Chernobilda AES portlagandek, «Titanik» kemasi cho‘kkandek, Sardoba to‘g‘oni ërilib, butun O‘zbekiston suv ostida qolganday bo‘ldi. Farhod tildan qoldi. Boshi egildi. Qo‘lidagi qaymoqgullar dastasi yerga tushdi.

“Har holda orqasiga qildirmas ekan. Ma'naviyati hali oxirigacha buzilmagan”, degan fikr Farhodning singan ko‘ngliga tasalli berar edi.

Rayhon hidlaringni

Yo‘llarimga sep,

Kut meni, har oqshom,

Ko‘kka oy chiqqan.

Faqat, yig‘lamagin,

Gunohim ne deb,

Aybing — onang seni

Chiroyli tuqqan!…

Muhabbatsiz haët – bu vayfaysiz kafe kabi ma'nosiz. Sevishganlar kuni bilan hammani tabriklaymiz.

«Yengilmas manaviyat  prodakshn» va «Eltuz» mahsuloti

Tag‘in o‘qing
2 february 2021
“Eltuz” qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi film yozuvchi Rahimjon Rahmat matni asosida tayyorlandi. Muallif Qo‘qonning Kapponbozorida ...
26 may 2020
Sazoyi Tong otdi. Tiniqib uxlagan Absattor qo‘lini cho‘zib, ënini paypaslab Madinani qidirdi. Madina oshxonada pishir-kuydir qilib yurardi. Asakalik tog‘a ...
5 july 2017
Istanbulning Pendik tumanida o‘zbek fohishalari va politsiya o‘rtasida yuz bergan qochdi-quvdida ikki aël yaralandi. Hurriyat gazetasi muhbiri Muslim Sariërning ...
16 september 2025
Mamlakat poytaxti bo‘lgan Toshkent havosining buzilishi nafaqat ekologlar, balki barcha toshkentliklar uchun dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Tez rivojlanayotgan shahar, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...