Asosiy mavzular
24 june 2021

Avtobus-11. Takasoqol

Avtobusni traktor shatakka olgan holda ketyapti… Hammani qiziqtirgan tashvishli muammo soqol muammosi bo‘lyapti. “Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 11-qismini taqdim etadi.

Chiptachi: Hurmatli yo‘lovchilar, keyingi bekat Takasoqol qishlog‘i. Soqoli borlar shu bekatda tushib qolishi mumkin. 

Chol: Mo‘ylovi borlarni ham tushurib yuborsak bo‘lmaydimi?

Sho‘pir: Mo‘ylovi borlar tushib qolsa, bu avtobusni kim haydaydi? Shu mo‘ylovim tufayli avtobusni menga ishonib topshirishgan. 

Xidirnazar: Mana, men haydayman deyapman anchadan beri, lekin mo‘yloving yo‘q, rossiyskiy pravang ham yo‘q, deb rulga yaqinlatmaysanlar! Zolimlar! 

Mulla: Mazlum bo‘l, illo zolim bo‘magin, degan. Chunki hisob-kitob o‘ta og‘ir deydilar. Mayli, bizlarning ustimizdan kulsin, mayli, masxara qilsin… Alloh ustimizdan kulmasin. Qolgani ustimizdan siyib yubormaydimi. 

2-mulla: (original ovoz) Kundalarga boshimizni qo‘yganimizni hamma yaxshi biladi. Bu millat sabr bilan, matonat bilan bu kunlarga yetib keldi. Bu kunlar muborak bo‘lsin hammamizga. 

Yodgor Sadievga o‘xshagan biri: (original ovoz). Yoshlarimizning ko‘pi soqol qo‘ygan. Haliyam bir yigitdan so‘radim, yoshing nechida desam, 18 da deydi. Munday soqol qo‘yibdi. Shayton soqol deydi. Shaytonga o‘xshaydi. Allohimni (ko‘ksiga urib) mana bu yer bilan his qilish kerak, mana bu yer ishlash kerak, (soqolga ishora qilib), bu emas. 

Hofiz: Bitta soqol bularga bahona. Bitta soqolni deb sahnagayam qo‘ymaydi, kontsert berganiyam qo‘ymaydi. Yuribsizlar sabr qilib. Nimaga sabr qilasizlar? Nimaga chidaysizlar?

 Chol: Ey yashang, shovvoz! Sizning ehtirosli gapingizni eshitib jilab jibardim (soxta yig‘laydi). 

 Qora ko‘zoynakli yigit: Avtobusning tekis yurishi uchun nim qilish kerak, hopiz aka?

Hofiz: Bir bo‘lish kerak. Bir yoqadan bosh chiqarish kerak shu vatan uchun. Bo‘ldi-da, qachongacha yuramiz o‘sha onasini sikay o‘risning ko‘chalarini supurib? O‘zbek xalqi, bir bo‘linglar, iltimos sizlardan. 

Sho‘pir: He malades, san avtobusda tozalik boshlig‘isan bugundan e'tiboran. 

Xonim sotuvchisi: Menam sho‘pirimizga atab bir she'r bitgandim. O‘qib bersam, Xonim sotuvchilar uyushmasiga boshliq qilib qo‘yasizmi?

Sho‘pir: Avval eshitaylik she'ringni.

Xonim sotuvchi:

Hoy-hoy otamiz,

Toshni kesar boltamiz,

Xalqning dushmanlarini

Bitta-bitta otamiz!

Qo‘llarda qurol bilan,

Yuzlarcha troll bilan.

Jangga otlandik bizlar,

Xonimchi yigit-qizlar.

Avtobusni sudraydi,

Shatakka olgan traktor,

Bizga faqat mo‘ylovdor

Shunday sho‘pir kerakdir.

Sho‘pir: Oynonay. Sen bugundan boshlab Xonim sotuvchilar uyushmasining boshlig‘isan.

Avtobus tugmasini bosadi. Qo‘shiq yangraydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 february 2019
Tillar o‘rtasidagi chegaralar aniq emas. Qo‘yingki, hatto “til” tushunchasi o‘ta bahsli. Kim tilga aniq ta'rif bera oladi? Uning aniq ...
23 august 2025
Transport vaziri Ilhom Mahkamov ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Ozarbayjon va Turkmanistondan parom sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu davlatlarda kemacozlik ...
23 november 2021
Koson tumani hokimligi rasmiy veb saytiga ko‘ra, “so‘nggi 2 yil ichida Koson tumani markazi tanib bo‘lmas darajada chiroy ochgan”. ...
25 january 2026
Eltuzga kelib tushgan tezkor xabarga ko‘ra, avtomashina o‘g‘riligi bilan bog‘liq holat bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ma'lum qilinishicha, Jizzax ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...