Asosiy mavzular
3 august 2021

G‘o‘s qishlog‘ida nomus masalasi g‘alayonga sabab bo‘ldi

Camarqandning Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘ida 21 iyul kuni boshlangan norozilik g‘alayoni 4 kun davom etdi, avtomatlar bilan qurollangan kuchishlatar tizim xodimlari tomonidan bostirildi. Voqeada jarohatlanganlar, hibsga olinganlar borligi aytilmoqda. «Eltuz» G‘o‘s qishlog‘ining ayni voqealarni kuzatgan turg‘uni bilan suhbatlashdi.

«Eltuz» suhbatdoshiga ko‘ra, noroziliklarning jiddiy tus olishiga fuqarolarning ichki ishlar idoralariga qilgan murojaati inobatga olinmagani sabab bo‘lgan. Xalq ko‘tarilishidan oldin G‘o‘s qishlog‘ining o‘ndan ortiq fuqarosi IIB uchastka nozirlari Sh.Abdurahmonov va Farruh Mamaashurovga yozma va og‘zaki murojaat qilishgan, lekin IIBning bu ikki xodimi ularning arzini tinglamay, odamlarni po‘pisa qilib xaydashgan.

Voqea guvohiga ko‘ra, o‘zaro janjal avvaliga telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zbek erkaklarining or-nomusi masalasidagi dahanaki va haqoratli chiqishlardan boshlangan. Go‘yoki bu qishloqda faqat har kim bilan yotishga tayyor beva ayollar qolgan, erkaklar esa Rossiyada mardikorlikda yuribdi, degan gaplar tarqalgan.

IIB 23 iyul kuni tarqatgan bayonotga ko‘ra, g‘o‘sliklarni haqorat qilgan shaxs hibsga olingan. Uning kechirim so‘ragan videosi tarmoqlarga joylashtirilgan.

Biroq «Eltuz» suhbatdoshiga ko‘ra, shundan so‘ng ham xalq to‘planishda davom etgan, ularga qarshi himoya vositalari va avtomatlar bilan qurollangan harbiylar tashlangan. Ogohlantirish uchun o‘q otilgan.

«Eltuz» suhbatdoshi IIB vakillari voqeaning yuzdan ortiq guvohidan qo‘l telefonlarini tortib olgani va hozirgacha qaytarib bermayotganini iddao qildi.

G‘o‘slik suhbatdosh vaziyatning taranglashuviga hokimiyat ichidagi kuchlarning atay prezident Mirziyoevni yomonotliq qilish uchun harakati asosiy sabab bo‘layotganini ta'kidladi.

Samarqand viloyati IIB bu holatga qonuniy baho berilishini bildirgan. “Shu o‘rinda o‘zboshimchalik bilan, qonunda belgilanmagan tartibda boshqa bir fuqaroni “samosud” qilish yoki shu kabi harakatlarga urinish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishini” eslatib o‘tgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 september 2019
Samarqandda 27 avgust kuni o‘tgan “Sharq taronalari” festivali arafasida daydi itlar va mushuklarning ommaviy o‘ldirilishi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi.  ...
24 november 2020
Videoda Andijon shahri bozori maydoni, Qosimov ko‘chasidagi ahvol aks etgan. Siz video tomosha qilayotgan paytda, 24 noyabr kuni toza ...
3 october 2017
3 oktyabr kuni, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan sobiq inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan ozod etildi. ...
30 june 2016
Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davrida tahlillar, qarashlar borasida sukut saqlab, go‘ng bo‘lib o‘tirgan O‘zbekiston matbuoti nihoyat turli arboblaru sharhlovchilarning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...