Asosiy mavzular
6 september 2021

Yogurtga aylangan qatiq bayrami

Ko‘raëtganingiz bu shodon odamlar qatiq bayramini qutlamoqda. Qatiq sharafiga alërlar aytishmoqda. O‘zbekiston «Yashasin mustaqillik», deya shivirlayotgan paytda Turkiyaning Silivri shahri turg‘unlari «Yashasin qatiq», deya hayqirmoqda. Silivri 29-30 avgust kunlari qatiq, ya'ni yogurt festivalini to‘yladi.

Aslida yogurt atamasini dunu lug‘atiga kiritgan shahar ham ayni Silivri hisoblanadi. Bu shaharda har yili o‘tkaziladigan 59-festivaldir.

«Eltuz» jamoasi Turkiyada safar qilar ekan, yuzlab turklar o‘z ota-bobolarining hozirgi Turkmaniston va Xorazm viloyati hududidan ko‘chib kelganini aytishdi. Ularning ota-bobolari o‘g‘uz turkchasini Vizantiyada davlat tiliga aylantirishdi. Xo‘sh, bir vaqtlar grek va serblar yashagan Vizantiyaga hozirgi Markaziy Osië  hududlaridan borgan askarlar yana  nima keltirishdi? Bu savolga Silivri shahrida yashovchi rassom Umar Foruq yogurt, ya'ni qatiq keltirishdi, deb javob berdi. Suhbatdoshga ko‘ra, 1453 yili Istanbul fath qilinganidan beri Silivri shahri butun dunëga qatiq yetkazib berish markaziga aylangan va bu shaharda har yili bir marta qatiq festivali o‘tkaziladi.

“Qadim zamonlarda O‘rta Osiëdan hozirgi Turkiyaga kelgan askarlar sutni ot, tuya ëki eshakka yuklangan meshlarda tashib kelgan. Mahsulotga havodan va jundan bakteriyalar kirgani natijasida fermentatsiya issiqda sodir bo‘ldi va doimiy chayqalish ishni yakunlab, sutni uzoq vaqt buzilmaydigan va bir vaqtning o‘zida barcha foydali moddalarni saqlab qolgan qalin nordon ichimlikka aylantirdi. O‘rta Osiëdagi ota yurt vatandoshlari qatiq deb aytadigan bu ichimlik Turkiyada yogurt deya nomlanib mashhur bo‘ldi”, deydi Umar Foruq.

Biz turkistonliklar qatiq deya ichadigan taom Turkiyaga  kelib sifat o‘zgarishiga duch kelganini o‘zimiz ko‘rdik. Kamida 50 xil yogurt borligidan habar topdik. «Eltuz» jamoasi shu yogurtlardan besh xilini tatib ham ko‘rdi.

Aziz Nesin qahramonlaridan biri maktabda vatan haqida aytishi kerak bo‘lgan she'rni unutib, uning o‘rniga qatiq haqida g‘azal aytadi:

Och qorinni to‘q tutgan, ey g‘aribning yemishi, arzon qatiq.

Och yurakka seni yeyman¸ kabob yesam, cho‘ntagim larzon qatiq.

Qatiq bayrami doirasida o‘z asarlarini namoyish qilgan musavvir ayol iddaosiga ko‘ra, Istanbulning Silivri shahrida hozirlangan qatiqni Frantsuz qiroli Lyudovik 11 Yevropada targ‘ib qilgan:

“Yevropada qatiq qirol Lyudovik 11ning  oshqozon kasalligi tuzqalgani  tufayli ma'lum shuhrat qozondi. Ichburuqqa chalingan qirol hech sog‘ayib keta olmadi va unga Istanbuldan kelgan bir shifokor yordam berdi. U bir ko‘za Silvirli  yogurtini olib keldi. Buni ichgan qirol tezda tuzaldi. Frantsuz qiroli minnatdorlik bildirgan holda o‘zining hayotini saqlab qolgan taom haqida xabar tarqatdi. Shu tariqa sizlar qatiq, biz esa yogurt deydiganimiz ichimlik dunë taomnomasidan o‘rin oldi”.

Biz so‘zlashgan mahalliy shoir yogurtga atab she'rlar ëzganini aytsa, Silivri markazida luqum sotadigan sohibjamol qiz yogurtni yuziga niqob o‘laroq surtishini aytadi. Unga ko‘ra, qatiq surilgan yuz sutday tiniq bo‘lar ekan.

Hali O‘zbekistonga soch shampuni kirib kelmagan paytda odamlar sochini qatiqqa yuvgan. Shu bois, sochlar mustahkam bo‘lgan. Qatiq shampun o‘rnida ishlatiladigan Silivrida kal odamlar ozligini ko‘rdik.

O‘zbekistondagi do‘konlarda yogurt va qatiq ikki ayri mahsulot sifatida sotiladi. Aslida ular bitta mahsulot. 

Yogurt eski turkchada qatiq ma'nosini beradi

Yogurt – tarkibida quruq modda yuqori bo‘lgan achitilgan sut mahsuloti, uning tarkibi termofil streptokokk sof unsurli protosimbiyotik aralashmasi bilan fermentatsiyalanadi. 

Qatiq tarkibida A, D1, D2, U2, V2, S kabi 12 dan ortiq vitaminva karotin yetarli miqdorda saqlanadi. Tarkibida oqsil, mineral tuz va bir qancha vitaminlar mavjud bu sut mahsuloti profilaktik davolanish jarayonida organizmda oson hazm bo‘ladi.

Yosh bolalarda ko‘p uchraydigan disbakterioz va diareyani davolashda ham qatiqdan foydalanish mumkin. Shuningdek, u tanamizni bir qancha kasalliklardan himoyalaydi. Antibiotik bilan davolanish jarayonida qatiq ichish ichak mikroflorasini yaxshilab, organizmning immun tizimini mustahkamlaydi. Ichaklardagi foydali bakteriyalarni tiklashda yordam beradi. Shuningdek, organizmning zararli mikrob va bakteriyalarga qarshi kuchini oshiradi.

Shu bois, Silivri shahri mansublari yilda bir marta qatiq sharafiga mushaklar otib bayram qilishadi.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 june 2021
Tojikiston tomoni “Tolibon” ta'qibidan qochayotgan afg‘on harbiylariga boshpana taklif etmoqda, ammo O‘zbekiston rasmiylari bu borada qattiqroq pozitsiyada turibdi.  Ikki ...
13 may 2016
Maxallaning sirini yuqoriga sim qoqib turadigan kampirlarga mahallalarning diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ato qilindi. ...
23 november 2023
Joriy yilning 25 oktyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi, 42 yashar MBni internetda “diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, ...
26 january 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda qiymati 12 million dollar bo‘lgan turar joy inshooti qurdirgani haqidagi ma'lumotni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...