Asosiy mavzular
30 september 2021

Rahbar ko‘ngilxushligi uchun o‘tkazilaëtgan kinofestival

Toshkentda ish boshlagan xalqaro kinofestivalning bosh qahramoni rus pop ashulachisi Kirkorov bo‘ldi. Tashkilotchilar esa festivalga 37 davlatdan 400ga yaqin kinochi tashrif buyurganini aytmoqda.

Sanab ko‘rmadik, ammo festivalning bosh mehmoni AQShda jinoiy javobgarlikdan qochib Rossiya vatandoshligini olgan aktyor Stiven Sigal ekani aën.

O‘zbek kinofestivaliga taklif qilingan mehmonlar uning tadbirlari aksariyat rus tilida o‘tkazilayotganidan taajjublarini izhor qilishdi.

«Ikki kundan buyon nufuzli aktyorlar bilan uchrashuvlar bo‘lyapti. Isroilliklar bilan inglizcha, turklar bilan ham, inglizlar bilan ham, hatto vatandoshimiz (AQShda istiqomat qiluvchi) taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev bilan ham muloqotlar ruscha bo‘ldi.

Mayli, biz rus tilini ham yaxshi bilamiz. Tushunamiz. Ammo qachongacha tushunamiz?! Eng qizig‘i, qardosh xalq turk aktyorlariga Rashid Malikov boshlovchilik (moderatorlik) qildi. U ruscha so‘zladi, turklar turkcha gapirdi… Zo‘r-a?!» deya kinoya qildi bu holatni jurnalist Dilobar Asliddin qizi.

Anjuman tashkilotchilaridan biri Firdavs Abduxoliqov. Foto: Podrobno.uz

Anjuman rasman sovet davrida O‘zbekiston SSRda o‘tkazilgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi kinofestivalining davomi sifatida taqdim qilinmoqda. 1950-1988 yillarda o‘tkazilgan bu kinofestivalning qayta tiklangani kommunistik zehniyatdagi rahbarlarning naftalinli nostalgik orzusining ijobi o‘laroq ko‘rinadi.

«Eltuz» muassislaridan biri rassom Tuzning fikricha, saylov arafasida bunday tadbirga millionlar sarflanishi o‘rinsiz:

“Men bu festivalning keragi yo‘q deb aytaman. Nega? Chunki bu Toshkent festivali deb atalsa ham SSSR tadbiri va sovuq urush mahsuloti edi. 1946 yili SSSR va G‘arb bloklari vujudga keldi. Iqtisodiy va mafkuriy qarama-qarshilik boshlandi.

Bu 1980 yilgacha davom etdi. Dunë ikki lagerga bo‘lindi. G‘arb va sotsialistik lager. Ammo shu ikki lager o‘rtasida arosatda qolgan davlatlar bor edi. Qoloq, och, yupun va diktatorchalar boshqargan bu davlatlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari deyilardi.

Ular olgan kinolar standarti A rusumdagi G‘arb festivallari darajasiga tortmasdi. Ikkinchidan, Kuba va Vetnamdagi kommunistcha tashviqot usulidagi kinoni kino deb ham bo‘lmasdi. Xullas, dunëning oltidan birini egallagan SSSR katta og‘a bo‘lib, bu mikrodavlatlar uchun kinofestival qilib berdi. SSSR tugadi va bu festival ham tugadi. SSSR bilan kindigi bir edi uning.

Endi hatto dengiz chegarasi bo‘lmagan, Rossiyaga qaram va qarz davlat O‘zbekiston «katta akalik» qila olmaydi. O‘ziga en bo‘lmagan birovga yeng bo‘ladimi? Bu xuddi Varshava shartnomasini tiklash kabi xom xaël. Mening jahlim chiqqani shuki, davlat rahbarida jiddiylik yo‘q.

Nima, qachon, qaerda, nima uchun, degan narsadan bexabar. Hatto Gulnora buni tushunib, yangi formatdagi “Oltin gepard” kinofestivali qilishga urinib ko‘rdi, ammo o‘xshamadi. O‘xshashi uchun kinoakademiya bo‘lishi kerak. Madaniyat va iqtisodiy qudrat kerak. Aholi zombilashib, mulozimlar kinolardagi o‘pish sahnasini qaychilaydigan urod rejimga festival issiqlik qiladi.

Bir paytlar Eronning zombi aholisi kinoteatrga o‘t qo‘ygandi. Hozir «xazon.o‘z»lar xazon qilgan zombiland aholisi ham kinoteatrlarga o‘t qo‘yishga gugurt izlamoqda. Xuddi yangi yil archalarni ëqib yuborgan kabi”.

"Hatto turk aktyorlari ishtirokidagi anjumanlar ham rus tilida olib borildi"

Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomovning ta'kidicha, Toshkent festivali o‘z boshqaruvini yaltiroq qilib ko‘rsatish ilinjida bo‘lgan rahbariyatning ruhiy besaranjomligi, xolos:

«Sovet O‘zbekistoni davridagi kinofestival bilan taqqoslash hozirgi zamon foydasiga emas. O‘tgan festivallarda forum tashkilotchilarining mafkuraviy quyushqoni bois, asosiy e'tibor uchinchi dunyo progressiv kinosi filmlari dasturiga qaratildi.

Toshkentga har ikki qit'adan ham ko‘plab yaxshi filmlar olib kelingan. Hozirgi festival esa bir-biriga mos kelmaydigan ikkita tomonning birlashmasidan iborat bo‘tqa va bachkanalik apofeoziga aylandi. Mazmun jihatidan «alya-sovet nostaljik» va shakl va uslub nuqtai nazaridan Kann (Frantsiya) festivalining tashqi bashanglik tomoniga taqlid. Eng kulgilisi esa film festivali doirasida Toshketda Hollivud shon-sharaf xiyobonidan nusxa ko‘chirilgani bo‘ldi.

Shu bilan birga, kinoga umuman aloqasi bo‘lmagan kino aktyori, stsenariy muallifi yoki rejissyor emas, pop qo‘g‘irchoq Filipp Kirkorov matbuot va jamoatchilik diqqat markaziga aylandi. Uning rangli ko‘rinishi va ayni paytda «sevuvchi o‘zbek kinosi» tufayli tanib olish oson (axir, Toshkent – non shahri).

Ko‘rinib turibdiki, kinofestivalning ko‘rinishiga o‘zbek kinosi boshlig‘i va mediamagnat Abduxoliqov, yaqinda boshqa “aslzoda bashanglar” guruhi a'zosi Gulnora (hozir qamoqda jazo o‘taëtgan Gulnora Karimova) ta'sir ko‘rsatdi.

Shunday qilib, bu festival uzluksiz piar spektaklga aylandi, unda filmlar dasturi, ular olib borayotgan g‘oyalar o‘ninchi planga suriladi. Bularning barchasi, albatta, kulgili ko‘rinadi”.

Osië, Afrika va Lotin Amerikasi kinochilari ishtirokidagi Toshkent xalqaro kinofestivali 1968 yildan boshlab 1988 yilgacha o‘tkazib kelingan. “Tinchlik, ijtimoiy taraqqiët va xalqlar ozodligi uchun” degan shior ostida o‘tgan kinofestival 100 ga yaqin mamlakatdan kelgan kinochilar anjumani sifatida shuhrat qozongan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 september 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.MS. Tuz og‘a, sizam shu tarmoqda dim ko‘p ...
28 october 2015
Sutkalab svet yonmaydigan, gaz o‘tkazilgan holatda, gazni trubasidan havo ham kemaydigan qishloqda, dvijok yoqib o‘tirganizda, xayolingizni bo‘lib, televizordan yonayotgan ...
31 january 2018
Stokgolm markazida terror hujumi uyushtirganlikda ayblanayotgan 39 yoshli Rahmat Oqilovga shved prokurori umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi. Eltuz.com
7 april 2020
Koronavirus sharoitida ko‘rpaning qatidagi pullar asta xarj bo‘lyapti. Kambag‘al uch-to‘rt so‘m pulini taxmonga yig‘ilgan yangi ko‘rpaning qatida yoki uyi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...