Asosiy mavzular
19 march 2023

19 mart kuni Lenin maydonidagi mitingda o‘zbek tiliga davlat maqomi so‘ralgan edi

1989 yilning 19 martida Toshkent markazidagi Lenin (hozirgi Mustaqillik) maydonida norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi.

Mitingni “Birlik” xalq harakati tashkil qilgan edi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish talabi yig‘ilganlarning asosiy istagi edi.

Mitingda, shuningdek, Bo‘stonliqdagi kimë zavodi qurilishini to‘xtatish va Orol qurishi oqibatlari bilan bog‘liq talablar ham ilgari surilgan.

Eltuz.com tasarrufida mavjud bo‘lgan hujjatlarga ko‘ra, mitingda 80-100 nafar atrofida odam to‘plangan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, mitingchi faollar orasiga kiritilgan KGB agentlari hisobiga tadbir oxiriga borib odamlar gavjumlashgan.

Lenin haykali ostida hukumatdan izn so‘ramasdan 80 kishining yig‘ilgani o‘sha paytda O‘zbekiston rahbari bo‘lgan Rafiq Nishonovni qo‘rqitib yuborgan.

Hukumat mitingchilar ëniga odam yuborib, avvaliga tarqalishni talab qilgan. Bu talab qondirilmaganidan keyin miting tashkilotchisi, matematika fanlari doktori, professor Abdurahim Po‘latov ayni maydonga ëndosh bo‘lgan va xalq orasida “tovuq oëqli uy” deb atalgan 16 qavatli hukumat binosiga taklif qilingan edi.

“Birlik” tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Po‘latovni O‘zbekiston SSR Oliy kengashi raisi Mirzaolim Ibrohimov qabul qilib, unga o‘zbek tilini davlat tili qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayërlanaëtgani haqida bildirgan.

Ayni miting haqida “Ozodlik”ning Toshkentdagi shtatsiz muxbiri Tohir Umarov voqeadan bir necha kun o‘tib Myunxendagi radiostantsiyadan xabar qilgan edi.

Bilishimizcha, ayni miting to‘laligicha KGB tarafidan videotasvirga olingan va bu tasvir shu kunda O‘zbekiston MXX arxivida saqlanmoqda.

Bu miting tasvirlari bizda mavjud emas. Ammo «O‘zbekfilm» kinostudiyasi ishlagan “Tangalik bolalar” kinosida ayni miting bilan bog‘liq hujjatli kadrlar mavjudligi aytiladi.

Turli manbalarga ko‘ra, bundan ilgari ham O‘zbekistonda siyosiy norozilik namoyishlari bo‘lgan.

Masalan, O‘zbekiston tarixidagi ilk miting 1988 yili 20 dekabr kuni Inqilob (hozirgi Amir Temur) xiyobonida Muhammad Solihni «Pravda Vostoka» hujumidan himoya qilish uchun o‘tkazilgandi.

Unda 300 atrofida odam qatnashgani aytiladi.

Bundan tashqari, o‘sha yili fevral oyida O‘zbekiston tarixida «Til bayrami» nomi bilan qolgan, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish so‘ralgan ilk namoyish talabalar shaharchasidagi maydonda o‘tgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 april 2018
So‘nggi vaqtlarda prezidentning viloyatlarga tashriflari davomida uni aldashga urinishlar avjiga chiqmoqda. Internetda kuni-kecha Jizzaxga borgan prezident Shavkat Mirziyoev Zarbdor ...
23 may 2015
O‘zim haqimda ma'lumot Nodemokratik rejim Murojaat huquqi Demokratik tuzum va siyosiy qarashlar Janob Bosh Kotib! Men Formonov Azamjon Turg‘unovich ...
16 january 2022
O‘zbekistondagi har bir mulozimning ichida bitta shoir, har bir shoirning ichida bitta mulozim yashaydi. Bu yaxshimi ëmonmi, bilmayman. Shavkat ...
3 april 2018
O‘zbek jurnalisti va yozuvchisi Hamid Ismoilov davlat uni «demokratik tendentsiyalarga mos kelmaydi» deb topganidan so‘ng 1992 yilda O‘zbekistondan qochishga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...