Asosiy mavzular
6 april 2022

Shvetsiya uchta rus diplomatini mamlakatdan haydadi

Stokgolmdagi Rossiya elchixonasi oldidagi avtobus bekatida Ukrainada urush boshlangan kundan buyon rus (va ingliz) tilida yozilgan quyidagi e'lon baneri osig‘liq turibdi. Shvetsiyadagi rus elchixonasi xodimlari va elchixonaga ishi tushgan ruslar poytaxtning ovloq chekkasidagi o‘rmonda joylashgan bu idoraga borish uchun shu avtobus bekatida to‘xtashadi. Ishdan qaytishda yana avtobus kutib, o‘zlari uchun sharmandali e'lonni o‘qishadi. Unda shu so‘zlar yozilgan.

”Janobi chekistlar

…va Rossiya elchixonasining boshqa xodimlari, ishga borib kelish Siz uchun og‘ir kechmayaptimi? Kun oxirida uyatdan qiynalmaysizmi?

Yaqinda qochishga umuman kech bo‘ladi.

Siyosiy boshpana olish yuzasidan maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning,

Qahva bilan mehmon qilamiz!

ASYlBYRÅN”

Shvetsiyadagi qochqinlar bilan ishlash idorasining maxsus kuar-kodi ilova qilingan ushbu e'loni Avtobus bekatining mahsus yoritiladigan reklama oynasiga joylangan. Ko‘pchilik rus diplomatlari shvetsiyadagi rus qochqinlari bilan bir stolga o‘tirishdan or qilishadi, endi esa qochqinlar rus diplomatlari uchun noyob imkoniyat – qochish uchun belgilangan muddatning ham tugaganiga ishora qilishmoqda. Chunki 5 aprel kuni rasmiy Stokgolm uchta Rossiya diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Anna Linda bildirdi. @eltuz Haydalish kuyini chalingiz…

Qudrat Bobojon

Shvetsiya

Tag‘in o‘qing
27 april 2022
Xorazm viloyatining Xiva shahrida 25 aprel kuni Lazgi xalqaro raqs festivali boshlandi. Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlaridan kelayotgan mehmonlar ...
10 april 2021
Faloniy o‘ylar: nechun Tomni bosdi tog‘dek qor. Bir nayrang yetgan ko‘kka, Amerika aybdor. Sigir qochmas buqadan, Bolalar ayronga zor. ...
30 september 2015
Bugun, 30 oktyabr kuni, kamida 4 nafar bo‘lgan bir guruh odamlar ikkita mashinada Angrendan to Toshkentgacha huquq himoyachisi Dmitriy ...
2 february 2021
«Eltuz» shoir va muxolifatchi Muhammad Solihning yangi badiiy asari, falsafiy esse formatida yozilgan – «Imperativ» kitobining audioversiyasini taqdim qiladi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...