Asosiy mavzular
12 january 2026

O‘zbekistonni boshqargan siësatchi o‘ldi

O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markazqo‘mining sobiq birinchi kotibi, SSSR Oliy Coveti Millatlar kengashi sobiq raisi taniqli o‘zbek-sovet siësiy arbobi, diplomat, 1989 yilgacha O‘zbekistoni boshqargan Rafiq Nishonov 2023 yilning 12 yanvarida 96 ëshida o‘ldi.

Yaxshi odam edi. Rassom Tuz bilan salom aligi bor edi.  Rassom Tuz rahmatli bilan Shveytsariyada ko‘rishgan va Nishonovning “Daraxtlar bo‘rongacha ko‘karadi” deb nomlangan kitobini muhokama qilgan edi.

O‘zbekistonni Nishonov boshqargan davrda odamlar qo‘rqmasdan mitingga chiqqan va hukumat raxbarlarini tanqid qilganlar qamoqqa tashlanmagan edi. Shu bilan Nishonov o‘z izdoshi Karimovdan farq qilardi.  

Nishonov kim edi? Bu savolga u ëzgan 360 sahifali kitobdan javob topamiz. Kitobda sobiq Sovet davri Rafiq Nishonov taqdirida qanday aks etganidan hikoya qilinadi.  

Nishonov O‘zbekistonning olis tog‘li qishlog‘ida, qashshoq batrak oilasida tug‘ilib, to SSSR Millatlar kengashi raisi bo‘lgunigacha bo‘lgan haët xotiralari bu kitobdan o‘rin olgan edi.  

Nishonov o‘z kitobida  O‘zbekiston ëzuvchilar uyushmasidagi majlislarda mamlakat ziëlilarining mustaqillik orzusidagi otashin chiqishlarini mamnuniyat bilan eslaydi.  

«Mustaqillik uchun kurash vaqtlarida  shu ëzuvchilar bilan yelkama yelka  bo‘ldim. 80-yillarning oxirida 90-yillarning boshida Markaz qanchalik respublikalarga qattiq bosim qilgani va qattiqo‘llik bilan ish olib borsa ham sharafli o‘zbek ëzuvchilarining erk va mustaqillik orzusini qo‘lladim», deya ëzgan edi o‘z kitobida marxum.  

Kolxozchi, firqa faoli, askar, shahar hokimi, elchi, davlat rahbari.
Bu Rafik Nishanov egallagan kasb va lavozimlarning qisqa baëni.

1926 yili Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida tug‘ilgan Rafiq Nishonov kunduzi kolxozda ishlab, kechqurun Toshkent davlat pedagogika institutida taxsil oldi.
1945 yildan 1950 yilgacha Sovet armiyasida xizmat qildi.
1951 yildan boshlab O‘zkomfirqa saflarida faoliyat boshladi. Qisqa muddatda oddiy instruktordan tuman partiya qo‘mitasi kotibigacha yuksaldi.
1959 yilda Toshkent shahar kengashiga rais qilib tayinlandi.
1963 yilda O‘zbekiston Kompariyasiga kotib bo‘ldi.
1970 yilda Sovet Ittifoqining Shri-Lankadagi elchisi lavozimiga tasdiqlandi.
Rafiq Nishonov 1978 yilda SSSRning favqulloda va muxtor elchisi sifatida Iordaniyada ishladi.
1988 yildan 1989 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi sifatida respublikani boshqardi.
1981 yildan 1991 yilgacha SSSR Millatlar kengashi raisi lavozimida ishladi.
Rafiq Nishonov 1991 yildan boshlab O‘zbekistonda istalmagan shaxslardan biriga aylandi.

Nishonovning nomini 1989 yil mintaqadagi mesxet turklari qirg‘in qilingan  Farg‘ona fojealari bilan bog‘liq xolda eslanadi.

Nima bluvdi o‘shanda. 1989 yilning 16 may kuni Kuvasayda o‘zbek va mesheti turklari o‘rtasida janjal chiqdi. Janjal gruppoviy kaltaklash bilan tugadi.  
23 may kuni Quvasoydagi o‘zbeklar turk mesxetilar yashaydigan mahallalarga borib ularning uylariga o‘t qo‘yib pogrom qilishdi.60ga yaqin odam yaralandi bir kishi o‘ldi.  


3 iyun kuni Toshloqdagi o‘zbek aholi  qo‘zg‘alib mesheti turklari yashaydigan mahallalarga o‘t qo‘yib pogrom qilishdi. 4 iyun kuni Marg‘ilob aholisi turk mesxatilarga qarshi pogromga qo‘shildi.  
O‘zbeklar uchun yuzi qoralik bo‘lgan bu fojea vaqtida mamlakatni Karimov boshqaraëtgan, Nishonov esa Moskvada edi. O‘sha voqealar guvohi Muhammad Solih mana bunday ëzadi:

«Farg‘ona  voqeasi  Rafiq  Nishonovning  rahbarlikdan  ketishi bilan bitdi. Xalq orasida tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Farg‘ona voqealari  Nishonovning  Moskvaga  olinishiga  asosiy  sabab  edi.
Menimcha,  asosiy  sabab  boshqa  edi.  Sakson  to‘qqizning  bahoriga kelib,  Gorbachev  atrofida muxoliflarning  sassiz  chambari  ancha torayib  qolgandi.  U  o‘ziga  chetdan  salaflar  axtara boshlagandi. Nishonov  o‘sha  salaf  sifatida  SSSR  Oliy  Soveti  Raisi o‘rinbosarligiga olingandi.  Bu  vazifada  u  Gorbachevga  sadoqat bilan xizmat qildi».

O‘limiga qadar Rafiq Nishonov Moskvadagi Yaqin Sharq va Shimoliy Amerika bilan hamkorlik regional fondiga rahbarlik qilib keldi. Mirziëev iqtidorga kelgan 2016 yilda Rafiq Nishonov qisqa muddatli safar bilan Toshkentga kelib ketgan edi.

 
Rafiq Nishonovning ortida  uch farzandi, to‘rt nevarasi va besh evarasi va uni qadrlagan minnatdor millatdoshlari qoldi. O‘zbek xalqi yetishtirgan diplomat, siësiy arbobning o‘limi yuzasidan Eltuz jamoasi marxum yaqinlariga ta'ziya bildiradi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
30 january 2024
Ko‘plab mutaxassislar, biznesmenlar va ekspertlar fikrini o‘rganib chiqqan Xalqaro Transperensi Interneshnl tashkiloti 30 yanvar kuni dunyoning 180 mamlakatini qamragan ...
4 february 2022
Rassom Kirpi
29 december 2025
Muqaddam butun ittifoq kinochilari uchun institut bo‘lgan, hozirda Rossiya san'atini namoyon qilishi ko‘zda tutilgan oliygoh mutlaqo yot g‘oyalrni targ‘ib ...
27 september 2017
Aytaveradigan ham, qaytaveradigan ham xalqmiz. Hukumatimiz ham o‘zimizga mos. Do‘ppi tor kelsa yoki «vijdon»imiz uyg‘onib qolsa, darrov oqim bo‘ylab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...