Asosiy mavzular
22 january 2023

Sportni «sog‘in sigir» qilgan vazirlik mulozimlariga qarshi jinoyat ishi ochildi

Joriy yil boshida sobiq jismoniy tarbiya va sport vazirligining  bir nechta yuqori mulozimi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining  167-moddasi 3-qismi, «a» bandi ( juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan ayblandi. Prokuratura ularga qarshi jinoyat ishi ochdi. 

Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, sport sohasini «byudjet mablag‘ini o‘marish» sxemasiga aylantirgan amaldorlar mamlakat jazo qonunining va boshqa moddalari bilan ham ayblanishmoqda.
Antikorruptsiya agentligi sobiq Jismoniy tarbiya va sport vaziri, hozir Qarshi Davlat universiteti rektori vazifasida ishlaëtgan Dilmurod Nabievning ham  «katta miqdordagi korruptsion sxemaga» aloqadorligiga ishora qilib, aynan shu mulozim rahbarlik qilgan vaqtda faoliyat yuritgan mansabdorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini rasman ma'lum qildi. 
«Sportga sarfladik» deya byudjetdan o‘g‘irlagan o‘ta katta summadagi  talon-toroj  aynan Dilmurod Nabiev vazir bo‘lgan 2018-2021 yilni qamrab olgan.

O‘zbekistondagi Rost24.uz sayti Dilmurod Nabievga murojaat qilib,  aynan uning korruptsion sxema boshida turtganligi yuzasidan izoh so‘ragan. Ammo Nabiev va Qarshi Davlat universiteti matbuot xizmati hech bir shaklda izoh bermagan – rad ham qilmagan, tasdiqlamagan ham. 
Eltuzning o‘rganishicha, 22 yanvar holatida sobiq vazir Dilmurod Nabiev ochilgan jinoyat ishlarida figurant emas. Uning bu jinoiy ishlarda guvoh sifatida ham ishtirok qilmaëtgani haqida Eltuz suhbatlashgan mulozim ma'lum qildi. Mulozim o‘z xizmat doirasida matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois ismi sir qolishini so‘radi.

O‘g‘irlik ko‘lami haqida rasman ochiqlangan raqamlar

Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan quyidagi korruptsion holatlar aniqlanganini ma'lum qilgan edi. 

  1. 2019 yilda Italiyaning Pediluko shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan turnir hamda o‘quv yig‘ini mashg‘uloti uchun sarflandi deya  davlat byudjetidan 334,0 mln so‘m, 20.680 Yevro va 1500 AQSh dollari olingan. Ammo bu mablag‘  mulozimlar cho‘ntagida qolgan.
  2. 2020 yilda byudjet mablag‘lari hisobidan sport jihozlari sotib olish uchun “Mashxim” MChJ, “Arabboy sport” XK va “Sport jihoz lyuks” XKlari bilan 45 ta holatda 15 mlrd. so‘mlik shartnomalar tuzilgan. Agentlik tekshiruviga ko‘ra,  6 ta shartnoma bo‘yicha davlatdan yechilgan  2,9 mlrd so‘mni mulozimlar o‘zlashtirgan. 
  3. Bosh prokuratura tomonidan Dilmurod Nabiev voleybol federatsiyasiga raislik qilgan 2019 yilda keng ko‘lamli talon- toroj yuz bergani o‘rganilib xabar chiqarilgan edi. 

Prokuratura xabarida aynan  sobiq Jismoniy tarbiya va sport vaziri Nabiev buyrug‘iga asosan, Federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun byudjetdan ajratilgan 445 mln. so‘mning 231 mln. so‘mlik qismi amaldorlar tarafodan o‘marilgani va terma jamoa safiga kirmagan «o‘lik jonlar» ya'ni  29  «sportchi»  turli sport yig‘inlariga «yuborilib», 75 mln «uxlatilgani» aytiladi. 

Sportdagi korruptsiya. O Sport» O Kriminal! O Korruptsiya!!!

O‘zbekiston sporti pul yuvish va davlat mablag‘larini o‘zlashtirishning samarali mexanizmiga aylangan 2021 yil dekabr oyida BMT sport sohasidagi korruptsiyaga qarshi katta hisobot chiqargan edi. Ikki yuzdan ziëd ekspert jalb qilingan bu hisobotda oshkoralik¸ davlat nazorati va shaffoflik mavjud bo‘lmagan davlatlarda sport korruptsiyasi avj olgani tanqid qilingan edi.

«Katta sportga ajratilaëtgan ulkan pul oqimi ortidan sport musobaqalari jinoiy tarmoq va korruptsion sxemalar bilan tig‘iz aloqa kasb qildi»
BMT hisobotiga ko‘ra, katta sportda aylanaëtgan noqonuniy pul hajmi ikki trillion dollarga yaqin (1,7 trln AQSh dollaridan ko‘proq) 
BMTga ko‘ra, bu pullar uchinchi dunëning asosiy muammosi bo‘lgan qashshoqlikni bartaraf qilish uchun sarflanishi mumkin edi.
O‘zbekiston katta sportidagi korruptsiyaning real ko‘lamini hanuz bilmaymiz. Eltuz o‘rgangan raqamlar katta muz tog‘ining bir bo‘lagi xolos. 
Aniq bo‘lgani shuki, sport mulozimlari o‘margan pul qashshoqlik va energiya infra tuzilmalarining vayronaligi ortidan qishda azob chekaëtgan aholi extiëjlari uchun zarur summa edi. 

O‘ylab ko‘raylik. Bizga farovon haët kerakmi, ëki ëlg‘on va korruptsiya ustiga qurilib mulozimlar uchun sog‘in sigirga aylangan katta sport?

(Eltuz hozirda Qarshi davlat universiteti rektori vazifasida ishlaëtgan  sobiq jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullaevich Nabievga sport sohasidagi korruptsiya yuzasidan izoh bildirish uchun minbar berishga tayër. Nabievning [email protected] elektron manzili va Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uydagi pochta adresiga bu taklif maktub tarzida yuborildi).

@eltuz

Tag‘in o‘qing
19 january 2021
O‘zbekiston rasmiylarining bildirishicha, 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda chaqaloqlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq 185 ta holat ...
2 may 2023
1893 yil may oyida Turkiston oydinlariga yo‘l ko‘rsatgan “Tarjimon” gazetasi tashkilotchisi Ismoilbek Gaspirali (Ismoil Gasprinskiy) Buxoro amiri taklifiga ko‘ra ...
22 february 2018
Dunyoda eng uzoq muddat qamoqda bo‘lgan jurnalist, 64 yoshli Muhammad Bekjon 22 fevral kuni o‘zining feysbuk sahifasida shunday yozuv ...
10 october 2023
Salom qadrli muhlislar, eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz. Ular Buxoro, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...