Asosiy mavzular
13 august 2023

Qovun saylida qovun tushirgan rahbarlar

Xorazm viloyatining Xiva shahrida 12-13 avgust kunlari qovun sayli bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati qovun va tarvuz eksporti bo‘yicha 1-o‘rinda bormoqda. 2021 yilning dastlabki 6 oyi davomida O‘zbekiston qiymati 7,4 mln $ bo‘lgan qariyb 23 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

 Shundan 4,5 ming tonnasi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu respublikada eng yuqori ko‘rsatkich.

Xorazm bozorlariida ayni paytda bir kilogram o‘rtacha qovunning narxi 2000-3000 so‘m o‘rtasida. Biroq qovun sayli kuni ko‘rgazmaga qo‘yilgan qovunlar sotilmagan va narxi belgilanmagan.

«Qovunlar faqat ko‘rgazmaga qo‘yilgan, tadbir o‘tganidan keyin sotilishini aytishdi» dedi qovun sayliga borgan Eltuz mobil muxbiri.

Ayni paytda bu tadbir uchun Xalq ta'limi xodimlari, maktab va bog‘sa direktorlari orqali pul yig‘ilgani yuzasidan Eltuzga shikoyatlar kelmoqda. Xorazm viloyati Hazorasp tumanidan murojaat qilayotgan maktab va bog‘cha rahbarlarining keti uzilmayapti.

Xiva shahrida 12-13 avgust kunlari o‘tkaziladigan an'anaviy “Qovun sayli”ga maktab va bog‘cha direktorlaridan pul yig‘ildi.

Bog‘chalardan 700 ming so‘mdan yig‘ilib, pulni shu tumandagi 1-son MTT direktori Intizor bo‘lim boshlig‘i Sherzod Axmedovga berilgan.

Boshqarma boshlig‘i eng ishongan bo‘lim boshliqlari orqali shunday mablag‘ni to‘plagan.

“Nahotki, viloyat hokimligi tomonidan ushbu tadbir uchun mablag‘ ajratilmagan,  qachongacha maktab va bog‘cha sponsor bo‘laveradi?” deya shikoyat qildi 700 ming so‘m to‘laganlardan biri.

Qovunni hokim yeydi, kaltakni yetim. Xivada ko‘rgazmaga qo‘yilgan qovunlar esa ertasigayoq xomtalash bo‘ldi dedi eltuz mobil muxbiri.

Eltuz O‘zbekistondan bo‘layotgan voqealarni yoritishda davom etadi.

Tag‘in o‘qing
18 march 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Bu xafta ichida butun  taraqqiyparvar dunë Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib ...
7 march 2019
Gulnora Karimovaning umumiy tartibdagi qamoqqa o‘tkazilishi va farzandlarining dunyoga sharmanda bo‘ldingiz deb jar solishi mavsum-mavsum bo‘lib davom etadigan serialni ...
24 may 2023
Kuni kecha Andijonda o‘zlarini «To‘maris izdoshlari» deb atagan guruh parkda o‘z partiyasi uchun imzo yig‘aëtgan Xidirnazar Olloqulovga tashlandi va ...
7 june 2016
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiylari, Ozodlik radiosi tasdig‘iga ko‘ra, bugungi kunda iftor berish bid'at ekanini aytishmoqda. O‘zbekistonda ko‘p yillardan beri ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...