Asosiy mavzular
20 august 2023

Zo’rTV jurnalistlarini urgan zo‘rovon kim?

Calom qadrli muxlislar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Eltuz ilgari xabar berganidek, 15 avgust kuni Zo‘r TV jurnalisti va operatorini kaltaklagan «Ko‘prikqurilish» tresti unitar korxonasi 67-ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi Nodir Eshniyazovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Nodir Eshniyazov JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyatni qasddan sodir qilganlikda ayblanmoqda. Bu yuzadan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu materiallar e'lon qilingani ortidan Nodir Eshniyozovni yaqindan biladigan shaxs Eltuzga aloqaga chiqdi. Uning bildirishicha, Nodir Eshniyozov Sergelida «uchar» laqabi bilan tanilgan tadbirkor Sherali Eshniyozovning jiyanidir.

«Uni yaxshi taniyman, dadasi olamdan o‘tgan. Dadasining ukasi Sherali Nodirni qo‘llab keladi. Sheralining laqabi «uchar».  Toshkentda yetarlicha biznesi bor. Yana kazo-kazolar bilan kuda anda. Uning yana bitta o‘g‘li IIV da katta lavozimda ishlaydi».

Uning bildirishicha, Nodir Eshniyozov o‘zining ishlarini Ichki ishlar vazirligidagi amakisi orqali bosti-bosti qilib keladi. O‘zi Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi B. Ochildiev nomidagi jamoa xo‘jaligida yashagan va o‘sha yerdagi maktabni tugatgan. 

Sergelidagi Sputnik 16 mavzeyida  joylashgan «Sumbula» restorani ham Eshniyozovlarga tegishli.

Eltuz manbasi 67-ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi Nodir Eshniyozovning Yakkasaroy tumanidagi ko‘prikning beshta to‘sini qulashiga olib kelgan yirik o‘g‘irliklarga ham aloqasi borligini ham iddao qiladi.

Eltuz esa zo‘r tv jurnalistlarini kaltaklagan zo‘rovon va yakkasaroyda balkalari qulagan ko‘prik qurilishi atrofida kechayotgan voqealarni yoritishda davom etadi. Videolarimizga layk bosing, obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
24 october 2015
N. Imomov Eltuz.com … Musoqul chol har kungidek qirda qishloqni tomosha qilib o‘tirardi. – Buncha hansiraysan? – Qodirboy mallaning ...
1 august 2018
Inson huquqlari bo‘yicha o‘zbek-german forumi «O‘zbek fermeri uchun ipak bo‘yinturuq» nomli hisobotini e'lon qildi, bunda O‘zbekiston pillachiligida majburiy mehnatdan ...
11 october 2025
O‘zbekistondagi eng og‘riqli masalalardan biri — tashqi migratsiya. Chet elda, ayniqsa Rossiya kabi davlatlarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz turli qiyinchilik, ...
5 may 2016
Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi uchoq ichida janjal chiqargani sababli kema sardori tarafidan samoletdan tushirilgan Ma'mura M, ismli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan aël ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...