Asosiy mavzular
29 august 2023

Qozog‘istonning rossiyaparast konsuli ishdan chetlatildi

Markaziy osiyo mamlakatlari diplomatlari ba'zan o‘zlarini davlatning o‘zga mamlakatlardagi elchilari ekanini unutib qo‘yishadi. BMT minbarida bo‘lsin, yo boshqa joyda Ukrainaga urush ochib dunyoga sharmanda bo‘lgan bo‘lgan o‘z og‘alari manfaati yo‘lida jonini jabborga berishadi. O‘z tili qolib, rus tilini himoya qilishga tirishishadi. Bu yo‘lda o‘z millatdoshlariga qora chaplashga ham tayyor turishadi. Davlat bunday elchilar kerakmi?

Rossiyaning Qozog‘istondagi konsuli Yevgeniy Bobrov mamlakatda rus tilida so‘zlashuvchilarga nisbatan tazyiqlar bo‘layotgani to‘g‘risidagi ayblovlari uchun o‘z lavozimidan chetlatildi.

Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarov ma'lum qildi.

«Ehtimol, bu odam bizda mavjud bo‘lgan vaziyatdan bexabar. Menda Xalq ta'limi vazirligining qaysi maktablar qaysi tilda o‘qitilayotgani to‘g‘risidagi ma'lumotlari bor. 7711 ta davlat maktabining 3957 tasida faqat qozoq, 1203 tasida rus, 2551 ta maktabda esa qozoq va rus tillarida ta'lim beriladi. Shu bilan birga, mamlakatdagi barcha maktablarda faqat qozoq tilida ta'lim berishga to‘liq o‘tish rejalashtirilmagan. Bugun fuqaro o‘z farzandiga qaysi tilda ta'lim berilishini tanlash huquqiga ega», — deb ta'kidladi Smadiyarov.

Shu bilan birga, Qozog‘iston TIV vakili jurnalistlar tomonidan Rossiya konsuli Yevgeniy Bobrov o‘z xohishi bilan iste'foga chiqdimi yoki boshqarma talabiga ko‘ra faoliyatini yakunladimi, deya berilgan savolga aniqlik kiritmadi.  

23 avgust kuni TAAS agentligiga bergan intervyusida Rossiyadagi qozoq konsuli Bobrov Qozog‘istonda rus tilini o‘rganishga qiziqish pasayganidan nolib, rus tilidagi maktablar 15 foizga qisqarganidan noligan edi. Eltuz Markaziy Osiyoda kechayotgan voqealarni yoritishda davom etadi kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang

Tag‘in o‘qing
5 march 2019
Shu kunlarda ba'zi bir ishlar bilan band bo‘lganim sababidan kanalga yozishga vaqtim bo‘lmayapti. Ammo Navoiy tili haqidagi postlardan so‘ng ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. Ayni hujjat asosida yarim ...
1 july 2019
O‘zbekistonda hokimiyat organlarining axborot makonini vertikal nazorat qilishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa axborotning yagona markazdan turib boshqarilishini ...
6 april 2020
Rassom Tuz
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...