Asosiy mavzular
5 september 2023

15 nafar yosh bolalarni zo‘rlagan o‘zbek pedofili Rossiyada qo‘lga tushdi

O‘zbekistondagi mehribonlik uylarini «reforma qilish» tashabbuskori bo‘lgan Tohir Mirjaparov 15 nafardan ziëd voyaga yetmaganlarni ichirib, hushidan ketkazib, muntazam zo‘rlab kelgan.

U o‘z shahvoniy harakatlarini videoga ham olgan.

Ësh o‘g‘il bolalarni zo‘rlash haqida pornografik filmlar suratga olib, pornotijoratchilarga sotgan. U zo‘rlaganlardan biri 14 ëshda bo‘lgan. Rossiya pedofillari orasida «Dyadya Taxir» nomi bilan tanilgan O‘zbekiston vatandoshi Tohir Mirjaparov Rossiya jazo qonunining olti moddasi bilan ayblanmoqda. Prokuror unga umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi.

Tohir Mirjaparov Rossiyada mehribonlik uylaridagi yetimlarni zo‘rlash va ular ishtirokida pornofilmlar olish maqsadida «Chuvashmultfilm» firmasiga korruptsion yo‘llar bilan rahbar bo‘lib joylashgan.

«Chuvashmultfilm» bazasida pedofil pornoroliklar ishlashni yo‘lga qo‘ygan. Rossiya porno industriyasidagi «o‘zbek porno» sektsiyasini porno kontentlar bilan ta'minlagan. Qo‘lga olingan paytda politsiyachiga 100 ming rubl pora berib qutulib ketmoqchi ham bo‘lgan.

Guvohlarga ko‘ra, Tohir Mirjaparov O‘zbekistondagi mehribonlik uylarida yetimlarni muntazam zo‘rlagan va pora evaziga hammasini bosti-bosti qilib kelgan. O‘zbekistonda yiqqan terganlari asosida Rossiyaga borib «pedofil biznesi»ni rivojlantirgan. O‘zbekistondagi yetimxonalarda zo‘rlangan yetimlarga «Agar chaqsang kozyol, terpila bo‘lasan» deb «ponyatka» joriy qilgan.

«Ponyatkaga rioya qilmagan» «kozellar» kaltaklangan. AQShda yashovchi siësatshunos Rafael Sattorovning ëzishicha, aynan Tohir Mirjaparov bundan atigi 3 yil oldin O‘zbekistondagi mehribonlik uylarini rivojlantirish tashabbuskori bo‘lgan. Mirjaparov yetimlarni zo‘rlash, ular ishtirokida fohishaxona ochib, boy klientlarga bakorat sotish va pedofil video roliklar ishlash hamda yetimlar nomiga olingan kvartiralarni o‘zlashtirib sotvorish bilan shug‘ullangan.

Bir so‘z bilan aytganda Mirjaparov yetim biznes bilan shug‘ullangan.

Masjidlarda ësh balog‘atga yetmagan qizlarga uylanish oshkora targ‘ib qilinadigan qonunchilikda “pedofil” degan modda bo‘lmagan va «noloyiq hatti harakat» degan fortochka asosida falon soat ko‘cha supurish «jazosi» belgilangan O‘zbekiston pedofillar uchun jannat bo‘lib qolmoqda.

Tag‘in o‘qing
31 august 2017
Qudrat Bobojon 1965 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bi-Bi-Si, Ozodlik radiolarining mintnaqaviy muxbiri bo‘lgan. «Urush va ...
28 january 2016
Oddiy baliqchi arman qanday qilib IShIDchiga aylangani haqidagi uydirma sud majlisi saëz ëzilgan stsenariyni eslatadi. Rassom Elsevar Eltuz.com
17 march 2020
2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekistonga 1983 yildan 1988 yilgacha rahbar bo‘lgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 87 yoshida vafot etdi. ...
17 january 2017
O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni bayrami xalq orasida tantana qilinmagan bo‘lsa-da, rasmiy doiralar tomonidan ancha dabdabali kutib olindi. Mamlakat nashrlarda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...