Asosiy mavzular
18 september 2023

Chortoqlik IIB xodimi hamshiralarni urib, tug‘uruqxona devorini teshdi

Eltuzga Namangan viloyati Chortoq tuman ichki ishlar bo‘limi matbuot kotibi Hasanboy Axmedovning 21 avgust kuni tunda shifokorlarni urib do‘pposlagani, shuningdek tug‘ruqxona devori, eshik, derazalarini sindirgani, biroq bu ish bir oydan buyon ko‘rib chiqilmagani haqida ma'lumot kelib tushdi.

Matbuot kotibi Hasanboy Ahmedovning o‘zi bu iddaolarni inkor qilmoqda. Ayni paytda u Chortoq tumanidagi Laskidon MFY yoshlar yetakchisi hamdir.

Hususan voqea shu kuni tez yordam xodimlari burni qonagan tug‘ruqxona hamshirasiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun borgan paytda sodir bo‘lgan.

“21 avgust kuni tunda kasalxonamizning Tug‘ruqxona bo‘limidan 103 (qo‘ng‘iroq) bo‘ldi. Doktorlar bordik. To‘g‘risi, biz borganimizda bo‘lim xodimasining burnidan qon ketayotgan va bir necha hamshiralar yordam qilishayotgan ekan. Shu vaqtda tashqaridan kirgan Xasanboy ismli shaxs paydo bo‘ldida, biz doktorlarni ura ketdi. Tug‘ruqxonaning devorlari, eshikni, derazalarini go‘yoki, «Bemor onamga qaramading senlar» degan vaj bilan sindirib tashladi. IIB xodimlari chaqirildi, ular ajratib qaytib ketishdi» deya bildirishdi Eltuzga Chortoq tuman kasalxonasi shifokorlari.

Ularning tag‘in Eltuzga bildirishicha, voqea joyiga yetib kelgan IIB xodimlari shu kuni shifokorlar yozgan arizani olishmagan ham va avgust oyida yuz bergan hodisa yuzasidan bir oydan buyon hech qanday chora ko‘rilmagan.

«Agar shu ishni oddiy bir fuqaro qilganida, oyog‘ini yerga tekkizmay oborib tiqib qo‘yishardi. Namanganda qonunlar faqat oddiy fuqarolar uchunmi» deya shikoyat qilishdi Eltuzga bir guruh namanganlik shifokorlar.

Eltuz voqea qahramoni, IIB mulozimi Hasanboy Ahmedov fikrini ham o‘rgandi. Unga ko‘ra voqealar mutlaqo boshqacha bo‘lgan. Ya'ni u emas, aksincha shifokorlar unga qo‘pollik qilib devorlarni sindirib, ur kaltak qilishgan. Tug‘ruqxonaning eshik, oyna, devorlari esa hamshiralarning tepkisi ostida qolgan Hasanboyning, ya'ni Chortoq tuman Ichki ishlar bo‘limi matbuot kotibining, yoshlar yetakchisining qo‘li yoki oyog‘i tegib ketib sindirilgan. Har holda voqeani Hasanboy Ahmedov shu tarzda tasvirlaydi.  

«U yerda ona va singlim navbatchilikda edi. Haligi vrach, qo‘lini cho‘ntagiga tiqib, «Manga baqirma!» deb singlimni so‘kib ketdi. Keyin men «Qarang!» deb yelkasidan nuqigandim. Menga musht otdi. «Menga nimaga unaqa muomila qilayapsan?» dedim. Keyin qochaman deb, oynakka borib tegdim, shunda oynak sindi.

Keyin oyoq bilan tepaman degandi, chekanagim gipsokartonga borib tegib teshilib qoldi. Keyin o‘shaydagi xotinlar, «Bemorga qaragani kelganmisiz, yoki urushganimi» deyishdi» deya hikoya qiladi Hasanboy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor onasi unga voqeadan so‘ng singan narsalarni to‘g‘irlab qo‘y degan.

«Xo‘p deb bir soatda keltirilgan zarar qoplandi. Muammom yo‘q. Tibbiyotning boshlig‘iga ham aytdim, muammo yo‘q ukam, ayb mening bollarimda ekan dedi» deya davom ettiradi o‘z qilmishi haqidagi hikoyasini mushtumzo‘r IIB mulozimi.

+++

Hasanboyning so‘zlaridan anglashiladiki, u darg‘azab hamshiralardan qochaman deb mushti bilan devorni teshgan. Shu tarzda hamshiralar tepkisiga chap berib, qochayotgan paytda bexosdan oyog‘i tegib ketib shifoxona oynasi ham singan.

Buning ustiga shifoxona binosiga yetkazilgan zararni uddaburron IIB xodimi bir soat ichida to‘g‘irlab qo‘ygan, demak muammo yo‘q. Demak, yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qoladi.

Biroq, u holda nimaga shifoxonaning darz ketgan devori va singan oynasi haqqini jabrdiyda IIB xodimi to‘ladi degan savolga Namangan viloyati Chortoq tumani ichki ishlar matbuot xizmati javob bermadi.

Shuningdek, nima uchun IIB matbuot kotibiga ko‘ra tug‘ruqxona hamshirasining burnidan oqqan qon 2 3 soat davomida to‘xtamagani haqidagi iddao yuzasidan esa na Namangan viloyati Chortoq tumani kasalxonasi vrachlari na Chortoq tumani matbuot xizmati lom mim demadi. Darvoqe, yuqorida aytganimiz hikoya qahramoni Hasanboy Ahmedov ayni Ichki ishlab bo‘limi matbuot hizmati kotibining aynan o‘zidir.

Suratda ko‘rayotganingiz tug‘ruqxonaning singan eshigi, oynasi va devori…  

Eltuz voqealar tafsilotini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, layk bosishni, izohlar yozishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
28 march 2019
1797 yili AQShda dunëdagi ilk kir yuvadigan mashinaga patent olindi. Shu tariqa bundan 219 yil avval insoniyat, xususan, aëllarning ...
3 january 2023
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 20-qismida jurnalistning «Adabiyot nima?» degan savoliga javob beradi.
18 september 2019
“Bizdan jiz-z!”ning bugungi sonida Shvetsiyada yashovchi o‘zbek faoli Do‘stnazar Xudoynazarov «Eltuz» muxlislari uchun butun qo‘y go‘shti boldiridan dimlama qanday ...
6 january 2020
AOKA bloger va jurnalistlarni sotib olishi emas, huquqiy qo‘llab-quvvatlashi zarur. Uning bayonotlari juda kulgili. Vakolatlari bizni himoya qilishga yetmas ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...