Asosiy mavzular
20 september 2023

Rasman Qorabog‘ Ozarbayjon nazoratiga o‘tdi

Ozarbayjon Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishni tasdiqladi. Armanilarning Tog‘li Qorabog‘dagi armiyasi taslim bo‘ldi.

Bir kun ichida tan olinmagan «Artsax» armiyasi janglarda qurolli kuchlarining deyarli yarmini yo‘qotdi. Bundan tashqari, separatchi armani qo‘shinlarining o‘q-dorilari tugab qolgan. Taslim bo‘lish shartlariga ko‘ra, Ozarbayjon aholini evakuatsiya qilish uchun yo‘lak ajratishi kerak bo‘ladi. Ertaga Yevlaxda Ozarbayjon vakillarining Qorabog‘ning arman aholisi vakillari bilan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, unda reintegratsiya masalalari muhokama qilinadi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on BMT Bosh assambleyasida, rasmiy Anqara Bokuning Qorabog‘dagi amaliyotlarini qo‘llab quvvatlashi haqida bayonot berdi.

Ko‘p yillik urush tugadi. Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
25 september 2015
– Dunyoda ikki yuzdan oshiq davlat bor, deyarli barchasida tinchlik, sanoqli davlatlardagina ma'lum sabablarga ko‘ra notinchlik xolos. Yurtimiz yuz ...
24 november 2025
37 yil oldin — 1988 yil 20 noyabrda —SSSR  Markaziy televideniesining birinchi programmasida Mixail Afanasevich Bulgakovning shu nomdagi povesti ...
18 september 2018
O‘zbek interneti qahramoni, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi va Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jaev rus ayoliga qo‘pollik qilib, undan ...
22 december 2016
Rasman tasdiqlanmagan ma'lumotga ko‘ra, 2005 yilda Andijon qirg‘inini uyushtirgan Zokir Almatov prezident maslahatchisi sifatida ishga qaytarilgan. Ba'zi manbadarda 67-yoshli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...