Asosiy mavzular
12 december 2023

Uch o‘spirin o‘zbek Cankt Peterburgdagi “mangu olov”ni o‘chirishdi

Cankt Peterburgning «Krasnoe Selo» tumanida uch nafar O‘zbekistonlik bola Lenin ko‘chasidagi «Mangu olov»ni o‘chirib qo‘yishdi, deya yozmoqda Rossiya nashrlari.

Kameraga tushgan tasvirlarda yigitlarning olovga qor to‘plarini uloqtirayotgani aks etgan. Voqea 10 dekabr kuni sodir bo‘lgan.

Mahalliy aholi vakillaridan biri bu haqda navbatchilik punktiga qo‘ng‘iroq qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari, Lenin shohko‘chasidagi 112-uyga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga tushgan videotasvirlar orqali «o‘t o‘chiruvchilar»ni aniqlagan.

Videoda bolalarning o‘lgan o‘ris askarlari sharafiga yoqib qo‘yilgan «Mangu olov»ga qor irg‘itib uni o‘chirishgani aks etgan edi.

«Mangu olov» o‘chirilganidan bir necha soat o‘tib politsiya xodimlari bolalar yashaydigan uyni qidirib topib bosishgan. Ikki aka-uka so‘roqqa olib ketilgan. Uchinchi yigit haqida esa hozircha hech narsa ma'lum emas, deya xabar bermoqda  rus matbuoti.

Ayni paytda voqea tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda. Sankt-Peterburgning «Krasnoe selo» tumani prokuraturasi tergov olib bormoqda.

Eltuz voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
1 november 2017
31 oktyabr kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Saipov sodir etgan terror aktida 8 kishi o‘ldi, 11 kishi ...
20 march 2023
16 martga belgilangan Rauf Parfi haykali taqdimoti 27 martga ko‘chirildi. Taqdimot shoirning 80 ëshga to‘lishi arafasida bo‘ladi.
28 november 2018
2009 yilning avgustida dizayner, shoira, qo‘shiqchi, diplomat va “O‘zbekiston malikasi” sifatida dovrug‘ qozongan Gulnora Karimova dunyoga mashhur rossiyalik kutyurelardan ...
12 january 2016
Biz sobiq bankir Rustam Usmonovning 1995 yil yozgan“To‘xtatilgan parvoz” kitobidan parchalar e'lon qilishni davom ettiramiz. Obro‘li va badavlat biznesmen ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...