Asosiy mavzular
16 april 2024

Moskvada mardikorlar, mamlakatda esa yo‘l va suv muammosi

Eltuz portaliga kelgan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Buxoro, Toshkent, Xorazm va Rossiyaning Moskva shahridan kelgan.

Xatlar kelishda etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish va superrahmat tugmachasini bosib kanalni moddiy qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki murojaat Moskvadan. Patent uchun oxiri yo‘q turnaqator navbatda xaftalab turishga majbur mehnat muhojirlari yozmoqda:

  1. “Moskva shahridan murojaat qilyapmiz. Mehnat muhojirlari patentga hujjat topshirish uchun oxiri yo‘q navbatlarda turibmiz. Ba'zilar tunni shu yerda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelyapti. Ba'zilar haftalab navbat kutib vaqt yo‘qotmoqda. Migratsiya idorasi patent borasida mehnat muhojirlariga yordam bersa juda yaxshi bo‘lar edi”.

Biz albatta o‘zbek migrantlariga qullar galasi kabi muomala ko‘rsatayotgan rasmiy Kremlga eng so‘nggi xitoycha ogohlantirishni jo‘natishimiz mumkin. Biroq bu bilan navbatda turganlar safi ozayishiga ko‘zim yetmaydi. G‘afur G‘ulom aytganidek, besh million, o‘n million, qirq million nafar, qullar va tullar. Muammoga eng avvalo okkupant Rus hukumati atrofida yelpatak bo‘layotgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi e'tibor qaratishi lozim.

Keyingi maktub Buxoroning Shofirkon tumanidan. Ko‘rishkent mahallasi tuproq uyumlari va qamishzorlar orasida qolmoqda.

«Hurmatli Eltuz og‘a xalq uchun haq yo‘lida kurashayotganingizga ko‘p yillardan beri guvoh bo‘lib kelmoqdamiz.

Sizga Buxoro viloyati Shofirkon tumani Ko‘rishkent MFY dan yozmoqdamiz. Bizning mahallamizda ham Prezident topshiriqlari bajarilib, uzoq yillardan buyon to‘planib kelayotgan achinarli ahvoldagi tuproq uyimlari olinib mahallamiz obod bo‘lsa, uyum uyum tuproqlar o‘rniga Yurtboshimizni yashil makon dasturi bo‘yicha manzarali va mevali nihollar o‘tkazilsa. 

Suv tejamkorligi bo‘yicha umuman talabga javob bermaydigan qamishlar o‘sib ayanchli ahvoldagi arig‘imiz betonlashtirilsa sug‘orish samaradorligi oshardi, qolaversa ko‘chamiz anchagina obod bo‘lardi.

Biz ham Mustaqil O‘zbekistonimizda Prezident topshiriqlari bajariladigan obod mahallada yashashga haqqimiz bormi?

Bu kabi obodonlashtirish, betonlashtirish oddiy xalqning mehnati, kuchi bilan bo‘lmaydi chunki yuzlab kamaz qum uyumlarini olish, uzoqqa cho‘zilgan ariqni betonlashtirish necha yuz tonnalab sement va mablag‘ talab qiladi.

Buning uchun yanvar oyidan buyon mahalladan yordam so‘radik, hokimiyatdan yordam so‘radik qolaversa prezidentdan ishonch telefoni orqali  yordam so‘radik. Ijobiy mazmundagi xatlar olamiz biroq hanuzgacha ijobiy yechim yo‘q» deya yozadi shofirkonlik Eltuz obunachisi.

Keyingi shikoyat ham Buxorodan. Buxorodagi texnikum oshxonasi gigienik talablarga javob bermaydi.

Shikoyat egasi ilova qilgan videoda Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Tibbiyot texnikumi hududida joylashgan talabalar uchun tadbirkor tomondan tashkil etilgan oshxona ahvoli aks etgan.

Navbatdagi videomurojaat Toshkent shahrining Uchtepa tumanidan. Tag‘in poytaxtning o‘ydim chuqur, ayanchli yo‘llari. Yaqinda aspal yotqizilganiga qaramay, u yerda ulkan yoriqlar paydo bo‘lgan.

Va nihoyat so‘nggi shikoyat Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidan. Tag‘in ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda

«Hazorasp tumani qoq markazi – Gayazov ko‘chasidagi do‘kon yon tarafida, hamda «Istiqlol» o‘yingohi oldida ichimlik suvi quvuri yorilib 7 kundan beri toza ichimlik suvi isrof bo‘lib uvol bo‘lmoqda. Axir toza suv bu-xayot manbai-ku!? Mas'ullar qaerga qaramoqda, yoxud Hazorasp bedarvozami!?….» deya yozmoqda Xazorap turg‘uni.

Va bu hozirgacha cizga yetkazgan hozirgacha so‘nggi maktub edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
28 october 2020
Rassom Tuz
3 march 2020
Yig‘ilishda Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning o‘z qo‘l ostidagilarni va yig‘ilish ishtirokchilarini uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani va ...
21 february 2021
Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Do‘smat qishlog‘ida yashovchi Ulug‘bek Murodov Senat raisasi Tanzila Norboeva bergan va'dasini bajarmagani xususida ijtimoiy tarmoqda ...
29 september 2022
Asrlardan beri surxonliklar o‘z dardu muammolarini qo‘shiqqa solib aytishadi. Yer¸ suv talashi va beklar zulmi baxshilarning yuz yillik repertuaridagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...