Asosiy mavzular
27 april 2024

DXX izolyatoridan navoiylik yirik tadbirkor jasadi chiqdi

26 aprel kuni Samarqanddagi DXX tergov izolyatoridan navoiylik ko‘zga ko‘ringan tadbirkor, 56 yashar Azamat Xalikovning jasadi chiqdi.                            

Shu oy o‘rtalarida DXX xodimlari tomonidan hibsga olingan Azamat Xalikov Navoiy viloyatidagi eng yirik qurilish shirkati – «Temur Malik» MChJga rahbarlik qilgan.

Uning nimada gumon qilinib hibsga olingani va tergov tafsilotlari Eltuzga ma'lum emas.                             

Marhumning janozasi bugun, 27 aprel kuni o‘zi istiqomat qilgan Qiziltepa tumani Oqsoch MFY Urganji qishlog‘ida o‘qildi.

Azamat Xoliqov rahbarlik qilgan MChJda 4500 nafar odam ishlagan.                                                     

Azamat Xoliqov – shu kunlarda ham Navoiy viloyatida bo‘lib turgan DXX tezkor guruhi hibsga olgan shaxslardan faqat bittasi ekani iddao qilinmoqda.

Eltuz manbasining aytishicha, tezkor guruhga Xoliqov va boshqa tadbirkorlardan Navoiy viloyati rahbariyati va viloyatdagi yirik korxonalar, xususan Navoiy NGMK rahbariyatiga qarshi ko‘rsatmalar olish topshirig‘i berilgan. 

Eltuz manbasi keltirayotgan ismlar orasida shaxsan NGMK rahbari, O‘zbekiston Qahramoni, senator Quvondiq Sanaqulov ham bor.

Rasmiylar hulosasiga ko‘ra, Xoliqov yurak huruji bois o‘lgani bildirilmoqda. Eltuz Xoliqovning o‘limi hamda DXX tomonidan o‘tkazilayotgan reydlar tafsilotini o‘rganmoqda.

Tahririyat bu borada barcha tomonlar uchun ochiq. 

Tag‘in o‘qing
5 may 2017
Prezident Mirziyoev, 27 aprel kuni, Jizzax viloyatidagi majlisda amaldorlarni kuniga 8 soat o‘rniga, 18 soatdan ishlashi kerakligini tayinladi. «Men ...
13 november 2018
Toshkent propiskasidan mahrum qilingan taniqli huquq faoli va jurnalist Malohat Eshonqulova 10 noyabr kuni Samarqandga propiskaga qo‘yilmadi. Eshonqulovaning «Eltuz» ...
25 january 2026
Eltuzga kelib tushgan tezkor xabarga ko‘ra, avtomashina o‘g‘riligi bilan bog‘liq holat bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ma'lum qilinishicha, Jizzax ...
9 january 2026
Hayot velosiped haydashga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlab qolish uchun siz doimo harakat qilishingiz kerak.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...