Asosiy mavzular
21 may 2024

Bishkekda tag‘in etnofashistlar ko‘tarildi

Qirg‘iz etnofashistlaridan iborat olomon Bishkekda chet elliklarga hujum qildi – o‘nlab odam yaralandi.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 18 mayga o‘tar kechasi xorijlik talabalar va muhojirlarga qarshi zo‘ravonliklar ortidan 28 kishi, jumladan to‘rt chet el vatandoshi qamoqqa olindi.

Hodisaga Pokiston va Hindiston keskin munosabat bildirib, Bishkekdagi talabalaridan vaqtinchalik ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi.

Bishkekda tahsil olayotgan pokistonlik tibbiyot oliygohi talabasi Muhammad Ihtisham Latif vaziyatni shunday izohlaydi:

«Bu yerda vaziyat yomon. Hammasi misrlik talabalar mahalliy aholi bilan mushtlashganidan keyin boshlandi. G‘azablangan aholi yotoqxonalarga bostirib kirib, hind va pokistonlik talabalarni kaltaklamoqda. Men kechadan beri boshqa talabalar qatorida universitetda qolishga majbur bo‘lyapman”.

Yana bir tibbiyot talabasi Sayid Shohrux Xonning aytishicha, o‘tgan tun ular uchun «dahshatli» bo‘lgan.

“Bizning yotoqxonamiz va boshqa ko‘plab yotoqxonalarga hujum qilishdi. Mahalliy aholi erkakmi, qizmi, kim bo‘lsa, urib, yerga sudradi. Hatto universitet tashqarisida ham pokistonlik va hindistonlik talabalarning ortidan borib, ularni kaltaklashdi”.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Qirg‘izistondagi pokistonlik talabalarning ahvolidan «chuqur xavotir» bildirib, Pokiston elchisiga talabalarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga topshiriq berganini aytdi.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar ham vaziyatga munosabat bildirib, Qirg‘izistonda talabalarga qilingan zo‘ravonlik haqidagi xabarlar o‘ta tashvishli ekanini aytdi.

Qirg‘iz etnofashistlari kamida har o‘n yilda bir qutiradi. 1990 yili va 2010 yilda qirg‘iz etnofashistlari o‘zbeklarga xujum qilib ësh bolalarni o‘ldirib xotin qizlarni zo‘rlagan edi.

Qizig‘i shundaki Bi-bi-si va Ozodlik kabi xalqaro nashrlarning qirg‘iz xizmatida ishlatdigan jurnalistlarning ham «ultchi» ya'ni ashaddiy etnofashist ekani o‘rtaga chiqqan edi.

Bu sharmandalar qilgan jinoyatni men unutganim yo‘q.

Tag‘in o‘qing
5 may 2016
Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi uchoq ichida janjal chiqargani sababli kema sardori tarafidan samoletdan tushirilgan Ma'mura M, ismli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan aël ...
14 july 2025
Rassom og‘a doim bolasini o‘ris bog‘cha va maktabga berganlarni qoralaydi. Bu fikrga to‘liq qo‘shilaman. Doim bolalarimni faqat o‘zbek bog‘cha-maktabga ...
2 may 2015
AQSh Davlat departamenti matbut vakili Jeff Ratke 1 may kuni Vashingtonda o‘tgan matbuot brifingida O‘zbekiston hukumatini uzoq yildan beri ...
10 november 2024
Biz o‘zimizga meros deb bilganimiz Temur saltanati bugungi O‘zbekiston teritoriyasidan anchayin katta.  Yarim dunëning yarmisi qadar katta.  «Bobur Xindistonni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...