Catira
21 may 2016

O‘zbekistonda nima uchun ona tiliga e'tibor yo‘q?

O‘zbek rasmiylari milliy til rivoji va rag‘batini hukumat farmonlari, qarorlari bilan ochilgan universitet va uning tarkibida ochilgan o‘zbek tili fakultetlar bilan izohlashadi.

Biroq real hayotda, odamlar zehniyatida tilni o‘zlashtirishda sustlik mavjud, odamlarda o‘zbek tilida o‘qish, yozish, gapirish ehtiyoji rag‘batlantirilayotgani sezilmaydi.

Yoki ayni hukumat qarorlari, rasmiylarning harakatlari ona tili va davlat tili hisoblangan o‘zbek tili inqiroziga xizmat qilayotganday tuyuladi.

O‘zbek imlosi bilan kelib chiqqan muammolar

1993 yili o‘zbek tili lotin imlosiga o‘tdi. Hukumatning bu qarori, shu davrgacha mavjud kutubxonalardagi milliy adabiyotni, ya'ni minglab kitoblarni lotin imlosida qayta nashr etishni taqozo qilgan edi.

Biroq bunday bo‘lmadi. Bu qaror tom ma'noda o‘sha yili maktabga borgan, bugun esa voyaga yetib jamiyatning turli jabhalarda ishlayotgan yoshlarni mumtoz adabiyotni o‘z tilida o‘qishdan mahrum qildi.

Uzoq va yaqin o‘zbek millati tarixida imlo almashuvi ilk hodisa emas. Qadimiy runiy imlodan arab tiliga o‘tgan turkiy imlo 1926 yili Bokuda o‘tgan turkshunoslar qurultoyida lotin alifbosiga o‘tdi.

Lekin turkiy umumiy imlo g‘oyasi SSSRda uzoqqa bormadi. 1940 yilning 8 mayida Oliy Kengashning III sessiyasi qarori bilan o‘zbek tilini rus grafikasidagi imloga o‘tish haqida qonun qabul qilindi.

«Eski tos, eski hammom»

1991 yilning noyabriga kelib, SSSR qulaganidan keyin, tag‘in sho‘rolar tarkibida bo‘lgan turkiy xalqlar lotin imlosiga o‘tish g‘oyasi bilan chiqa boshlashdi.

1993 yilning 2 sentyabrida O‘zbekiston hukumati «O‘zbek tilini lotin imlosiga asoslangan alifboga o‘tkazish haqida» qaror qabul qildi.

Biroq umum o‘zbek zehniyatida bu o‘zgarishlar salbiy qarshi olindi.

Amalda eski mafkura bilan qolgan o‘zbek rasmiylari ish yuritishni rus tili ustivorligida olib borishdan va o‘zbek kitoblarini qayta chop etmaslikdan manfaatdordek ko‘rinishmoqda.

Shuningdek, Internetda ham sifatli o‘zbek resurslari, media kontentlari yaratilayotgani ko‘zga tashlanmayapti. Buning oqibati bo‘laroq, ayniqsa o‘zbekistonlik bolalar va o‘smirlarning tili na adabiy til, na so‘zlashuv tili normalaridan mutlaqo yiroq tarzda rivojlanmoqda.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 january 2026
11 yanvar kuni Tailandning Andaman dengizida, aniqrog‘i Pxi-Pxi orollari yaqinida turistlarni olib ketayotgan Rossiya kemasi halokatga uchradi. Sayyohlik kemasi ...
28 may 2018
Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida shu kunlarda jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilayotgan uch foizlik kreditning manbai korruptsionerlardan musodara qilinayotgan ...
21 august 2019
“Bu maktubni sizga ëzaëtgan paytimda xorazmlik adabiët ixlosmandlari viloyat IIB binosi oldida norozilik piketi o‘tkazib turibdi. Ularning talabi o‘ta ...
17 december 2021
Kun chiqdi. Kun botdi. Oldingi spichdan keyin roppa-rosa 6 marta tong otdi. Eng uzun yaldo tuni ham ortda qoldi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...