Asosiy mavzular
8 june 2024

Bloger Murod Maxsudov nega qamaldi?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  Yashnobod tumani sudi hukmi bilan bloger va «Ezgulik» inson huquqlarini himoya qilish jamiyatining faoli Murod Maxsudov tovlamachilik, tuhmat va haqorat qilishda ayblanib,  7,5 yilga qamaldi.

Yopiq sud majlislarida Murod o‘zining haqligini isbotlashga ko‘p uringan,  ammo 7,5 raqami blogerlarning taqdiriga bitilgan xos raqamga o‘xshaydi, deb yozdi «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov.

Shu yerda Murod Maxsudovni rejimning navbatdagi qurboni deb, qamalgan blogerlar ro‘yxatiga kiritib qo‘ysak bo‘lardi. Ammo, tarmoqda tarqalgan audio bizni bu ishdan qaytardi.

Bloger Murod Maxsudov tanqidiy postini o‘chirish evaziga 10.000$ talab qilgan

Ma'lum qilinishicha: Feysbukdagi “Bloger Uz” sahifasi muallifi bloger Murod Maxsudov, fuqaro Abdullaev Abdurahmon Abduxalilovichga qo‘ng‘iroq qilib, uning jinoyatchi ekanligi, akasi bilan birga go‘yoki bangixona tashkil qilganligi, Yashnobod tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i ularni mazkur jinoyatlarini yashirib kelayotganligi xaqida ma'lumotlar mavjud bo‘lgan videorolikni “Facebook”dagi “Bloger Uz” sahifasiga joylashtirganligini aytadi.

Bloger Murod Maxsudov agar u talab qilgan 10.000$ ni Abdurahmon Abdullaev olib kelib bermasa, sodir qilib kelayotgan jinoyatlari haqidagi videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishni to‘xtatmasligini aytib tahdid qiladi.

Shu tariqa Murod Maxsudov Abdurahmon Abdullaevni o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqni berishga majbur qilgan.

Sol biqiniga….

Avval ham ëzganimdek, ma'rifatli ërug‘ dunëda jurnalist o‘z ishi uchun redaktsiyadan oylik ëki gonorar oladi. Bloger esa ë hobbi o‘laroq tekin ishlaydi ëki, obunachisi ko‘p bo‘lsa, tarmoqdan pul oladi.

OAV reklama bo‘limi esa reklama sotib, redaktsiya va  jurnalistlarni  ta'minlaydi. Aytganimdek, bu tamaddun bor bo‘lgan ërug‘ dunëdagi tutum. Bizning qop-qorong‘u istonimizda esa tep-teskarisi. Voqeani ëritish pullik xizmatga aylantirilgan.

Ayniqsa, bloger degani – ëmonam ochko‘z yaratiq.

Oldindan katta pul olishadi, muammongizni hal qiberaman, deb. Avomam buni xizmat turi deb bilib, enasining pensasiga, bovosining o‘limligini qo‘shib obkeb blogerning qo‘liga tutqazadi.

Bloger degan aprs, «ishdi bajarmasa» nimao‘ladi? Ko‘pi «xudog‘a soldim, teshib chig‘sin» deb ketadi. Jahldori bo‘lsa, bloger degan aprsni tagiga bosib uradi. Dogovor yest dogovor. Nega bajara olmaydigan ishdi bo‘ynig‘a oldi. «Sol biqiniga» deydi.

Keyin bu aprs bloger, «men tonqid qig‘anim uchun zo‘rlandim, nomusimni poymol qilishdi» deb, «pryamoy» qiladi. Hamma ichi uvishib, yerlarga tumalab jilagan. Oh-voh, nemis porno filmidan ham dahshatli eshitiladi. Xullas, ag‘ini bilasiz.

Shu qorong‘u dunëda billa yashayappiz. Ko‘rib turipsiz hammasni. Lekin oldinroq bu aprslar haqida binnasa ëzuvdim, bugun shuni yana o‘qisak, balkim oql kirar bizning qovoq kallamizga…

O‘qiganlar darmonda, o‘qimaganlar armonda. Aytmoqchi Rassom Tuz otpuskada, lekin uning videolari ham huddi bugungiday jaranglaydi.

Tag‘in o‘qing
9 april 2024
Xatlar kelishda etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish va superrahmat tugmachasini bosib kanalni moddiy ...
29 september 2020
Prezident Shavkat Mirziyoevning eng ishongan davlat amaldorlari MXX (hozirgi DXX)ning sobiq raisi Rustam Inoyatovning josuslaridir. Bunday aql bovar qilmas ...
2 june 2022
Rossiya istilochilari tomonidan Samarqand bosib olingach, 1868 yilgi eng qonli janglar Zirabuloq tepaligini saqlab qolish uchun bo‘ldi. Biroq Rossiyaning zamonaviy ...
11 february 2021
Qur'oni karimda 25 payg‘ambarning ismi zikr etiladi. Hadislarda esa yer yuziga jami 124 ming payg‘ambar yuborilgani haqda bildiriladi. Ulardan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...