Asosiy mavzular
10 june 2024

Ukrainada asirga tushgan o‘zbek yordam so‘ramoqda

Ukrainadagi urushda asir olingan qirg‘izistonlik o‘zbek Alisher Tursunovning yaqinlari uni vataniga qaytarishda Qirg‘iziston hukumatidan yordam so‘ramoqda. Rossiyada bedarak yo‘qolgan Tursunovning asirdaligi haqida yutubdagi video orqali ma'lum bo‘lgan. Videoda uni ukrain harbiylari so‘roq qilayotgani aks etgan.

Bundan avval Eltuz o‘tgan yilning sentyabr oyida Rossiya bosqinchilari tarafida turib Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan ikki nafar o‘zbekning ukrain harbiylari tomonidan asirga olingani, ularning tiz cho‘kib yig‘layotgani aks etgan videoni taqdim etgan edi. 

Videodagi rus armiyasiga yollangan o‘zbeklardan biri pasportini olib qo‘yishgani, majburlab urushga jo‘natishganini aytadi. Ikkinchisi esa esa Rossiyada student bo‘lgani, urushda esa minometchi bo‘lib qatnashayotganini bildirgan. Rasmda asir olingan 22 yashar Axmedov Muxriddin Soli o‘g‘li Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Moskvada o‘qigan. Ukraina Rossiya urushida qatnashib xozirda ukraina asirlikda qolayotgan o‘zbeklarning keyingi taqdiri noma'lum.

Ayni paytda Moskva viloyatida Ukrainada o‘ldirilgan vagnerchilar go‘ristoni paydo bo‘ldi. Go‘rga kirgan bosqinchilar ro‘yxatida beshta o‘zbek ham bor. Ulardan biri Yusupov Shuhrat Odiljonovich, Sirdaryo viloyati, Guliston shahridan ekani Eltuzga ma'lum. Bosqinchilar safida zambarak go‘shti bo‘lgan o‘zbeklar go‘rda.  Eltuz Rossiyaning bosqinchilik urushi ishtirokchisiga  aylangan o‘zbeklarning keyingi taqdirini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Vyaideolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
12 march 2024
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani   9-maktab yonidagi binoda 12 mart kuni soat ertalabki o‘nga yaqin yong‘in xodisasi sodir bo‘ldi. Rasmiy ...
21 february 2018
Moliyaviy piramida yaratgan chinozlik tadbirkor, 40 yoshli Ahmad Tursunboev 13 yilga hukm etildi. Amnistiya qo‘llanib, jazo to‘rtdan birga qisqartirildi. ...
30 november 2025
Yangiariq tumani hokimligi matbuot xizmati navbatdagi “fuqarolar qabuli”ni katta tadbir sifatida targ‘ib qildi. Xabarga ko‘ra, hokim Z. Matnazarov, prokuror ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...