Asosiy mavzular
17 july 2024

Amerikada yana bir o‘zbek xotinini o‘ldirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Illinois shtati, Neypervil shahrida yashovchi asli o‘zbekistonlik 55 yoshli Zohir Qudratov o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i Rahimaxon Qudratovani yurak qismiga 30 martadan oshiq pichoq urib o‘ldirganlikda ayblanmokda.

Shanba tongi, 6 Iyul kuni Neypervil politsiyasiga juftlikning o‘smir qizidan yordam so‘rab qo‘ng‘iroq kelib tushgan.

Yetib kelgan politsiya va tez yordam urinishlariga qaramay Rahimaxon Qudratova kasalxonada uch soat o‘tib vafot etgan.

Zohir Qudratov Rahima Qudratovaga pichoq bilan zarba yetkazayotgan payti sobiq juftlikning o‘smir kizi otasidan pichoqni kuch bilan tortib olishga urinadi, politsiya bergan ma'lumotga ko‘ra, shu damda ham Qudratov sobiq xotiniga yana 2 marta pichoq sanchishga ulguradi.

Qo‘lidan pichoqni olib qo‘ygan qiziga yuzlanib «Kechir qizim» deb yerda jon talvasasida yotgan sobiq turmush o‘rtog‘ining yuziga yana ikki marta kuch bilan tepadi.

Politsiyaga bergan ko‘rsatmasida Qudratovlarning qizi, ota-onasi 10 yil oldin ajrashgani, lekin shunga qaramay, ikki qavatli uyning ikki qavatida alohida hayot kechirganini aytgan.

Odatda Rahimaxon Qudratova istiqomat qilgan ikkinchi qavat eshigi kod bilan qulflangan bo‘lgan, ammo aynan o‘sha kuni Zohir Qudratov sobiq turmush o‘rtog‘ining orqasidan uyning unga tegishli bo‘lgan qismiga bostirib kirgan.

Qudratovlarning qizi otasining badfe'l va zo‘ravon bo‘lgani, onasini muntazam do‘pposlab kelgani va 2023 yilning oktyabr oyida Rahimaxon Qudratovaga O‘zbekistondaligi paytida pichoq bilan hujum qilib, unga 3 marta zarba yetkazgani, buning natijasida Rahimaxon Qudratova O‘zbekiston kasalxonasining jonlantirish bo‘limida davolanib chiqqanini aytib bergan.

Jinoyatning shafqatsizlik bilan sodir etilgani Zohir Qudratovning zo‘ravon o‘tmishi  hamda O‘zbekistonga qochib ketishga urinishi xavfi borligini inobatga olib, Vill Okrug sudining jinoiy ishlari buyicha sudyasi Qudratovning tergov oldi garovi bilan ozodlikka chiqish iltimosini rad etdi.

Xotin go‘rda. Er qamag‘da.

Neypervil AQShning Illinois shtatidagi eng go‘zal va tinch shahar hisoblanadi.

Illinois Shtatning eng yuqori reytingli maktablariga ega bu shahar o‘zbek muhojirlari orasida juda mashhur.

Qudratovlar ham shu shahardagi hashamatli, 1 million dollardan baland baholangan, ikki kavatli – 5 xona va 6 hojatxonadan iborat uyda istiqomat qilishgan. Eltuz horijda yashayotgan o‘zbeklar jinoyatiga oid xabarlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. Agar ayrim yopiq videolarni ko‘rishni yoki shunchaki kanalimizni qo‘llab quvvatlashni istasangiz, super rahmat knopkasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
19 november 2025
O‘zbekiston Respublikasi “Buyuk ipak yo‘li”ning chorraxasida va O‘rta Osiyoning markazida joylashganligi hamda “Xalqaro ahamyatdagi” 3800 km avtomobil va 6100 ...
30 august 2016
Kecha, 29 avgust kuni, qator internet nashrlari, O‘zbekiston prezidentining o‘limi haqidagi xabarni chop qildi, jumladan biz ham. Hozirga qadar ...
30 december 2019
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoev ...
3 february 2024
Paxta sanoatida tizimli isloxot qilinmasa mamlakat yana paxtaga majburlash tizimi degan botqoqqa cho‘kadi. Bu messedjni 2024 yil 1 fevral ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...