Asosiy mavzular
7 august 2024

Urganchda Kolizey qurgan tadbirkor «semirtirib so‘yilmoqda»

Bugungi hikoyamiz O‘zbekistondagi korruptsiya va reyderlikning navbatdagi qurboni, Urganchdagi «Kolizey Xauz» shirkati egasi Sarvar Amonov faoliyati bilan bog‘liq mojaroga oid. Uning Eltuzga yuborgan videolari, audio va hujjatlaridan ma'lum bo‘lishicha, tadbirkorning Urganch markazida qurgan ko‘p qavatli uyi davlat yo‘l idorasi mulozimi Anvar Ro‘zmetov tomonidan tortib olinmoqda.

Davlat amaldorlarining tadbirkorlar ishiga aralashib “dolya” olishi. Korruptsiya, nepotizm, bo‘la bo‘l kompaniyabozlik, manfaatlar to‘qnashuvi. Bularning bari yaqinda ishdan olingan qurilish vaziri Botir Zokirov davrida ko‘zga tashlangan va hanuz yechimini topmagan muammolar kontsentrati. 2019 yilda Qurilish vaziri bo‘lgan Botir Zokirov 5 yillik faoliyatida sohani o‘zgartira olmadi. Tizimda korruptsion holat yaxshi tomonga o‘zgarmadi. Amaldor va qurilish shirkatlari  o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi ham shundayligicha qoldi. Qonun taqiqlashiga qaramay, mahalliy mulozimlar uy qurish bilan bog‘liq biznesga kirib, tadbirkorlarni qon qaqshatmoqda. 

Buni bugun ko‘p qavatli uy qurib bo‘lgach ertakdagiday teshik tog‘ora oldida qolgan  va mahalliy mulozim ochko‘zligi bois zarar ko‘rgan urganchlik quruvchi Sarvarbek Amonov dardi hasratidan bilib olamiz.

Ëzning so‘ngi oyida Urganch markaziga yig‘ilgan bir guruh odamlar o‘z noroziligini bildirmoqda. Shu kunlarda dod voy bilan odamni hayratga solish qiyin. Barchaning dardi o‘ziga yetadi. Ammo bu odamlarnimng dardi xasrati sizni hushër torttiradi. Bular uyga pul to‘lab mulkini ololmaganlardir. Uy o‘ta qimmat narsa. Odamning bir umr topgan tutkani uyga harj bo‘ladi. Pulini to‘lab uyini ololmaslik esa katta muammo.

Mana ko‘rib turganingizday uy bitgan. Unda qanday muammo bor? Gap shundaki hukumat dasturiga kirgan deya bo‘la-bo‘l qilib tadbirkorni uy qurishga undashgan. Tadbirkor, bor budini sotib, qolganiga kredit olib mulkini garovga qo‘yib, bu uyni bitkazgan. Shundan keyin “yo‘l idorada ishlaydigan” mulozim o‘rtadan chiqib tadbirkorning qo‘lidagi mulkni olib qo‘ymoqchi bo‘lyapti. Gap Urganch shahar yo‘l qurilish idorasi rahbari Anvar Ro‘zmetov haqida. Quruvchi tadbirkorning mulkini olib qo‘ymoqchi bo‘lgan tolonchi davlat mulozimi bo‘lib ishlaydi. 

Qassoblar tilida buni semirtirib so‘yish deyiladi. Tadbirkor Sarvar Amonov butun sarvatini sarflab qurgan uyini korruptsioner amaldorga shunchaki berib qo‘ymoqchi emas.

Qodiriyning Mehrobdan chaën romanida Anvar degan obraz bor. Haq adolat uchun kurashishga jonini tikkan, xon saroyida mulozim bo‘lsa ham fuqaroning bir tiyiniga qaramagan pokdomon ijobiy obraz.  Yangi O‘zbekistondagi mulozim anvarlar esa tadbirkorni qaqshatishni o‘ylaydi xolos. Qonun bo‘yicha mulozim tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Lekin amalda, ayniqsa qurilish soxasida buning teskarisini ko‘ramiz. Qonun izn bermasa ham tadbirkorlik bilan xar xil sxemalar asosida shug‘ullanaëtgan mulozimning oti Anvar Ro‘zmetov.  Urganch shahri va atrofidagi yo‘llarning o‘ydim chuqurini tuzatish vazifasi bo‘lgan bu ëshulli davlat ishini bir chetta surib quruvchi qurgan uyni tortib olish bilan band. 

Rasm o‘qituvchim qora rang ichida yana ham qoraroq ton bo‘ladi deb o‘rgatgan edi.  Yangi O‘zbekistonning qurilish soxasi qop qora rangli kvadrat. Lekin bu soxaning eng qora nuqtasi Xorazm viloyatida. Urganchning Ashxobod ko‘chasidaga qo‘zg‘olon ham uy joy muammosidan chiqqandi. 

Shu kunlarda  Urganchda Kolizey_House bilan bog‘liq muammolar uchquni chiqdi.  Uchqundan alanga chiqishini maktabda fizika o‘qimay cho‘pchak eshitib ulg‘aygan ëshullilar biladimi?  

So‘z navbati O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga. Abdulla Nig‘matovich uy joy bilan bog‘liq mojarolar butun O‘zbekiston bo‘ylab rak kasal o‘simtasi kabi tomir ëygan. Lekin uy joy bilan bog‘liq muammo Urganchda qanday oqibatlarga olib kelishini siz yaqin tarixdan yaxshi bilasiz. Urganchning Ashxobod ko‘chasidagi uy joy bilan bog‘liq g‘alaënlarni eslang. Bu jiddiy signal. Marhamat qilib korruptsioner mulozimlaringizning ishtaxasini tiyib qo‘ying. O‘zbekiston prezidentining  joriy yil 31 yanvar kungi  uy-joy, qurilish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytilgan so‘zlar u qulog‘ingizdan kirib bu qulog‘ingizdan chiqib ketkan bo‘lsa yana eslatib qo‘ya olamiz. 

Biz bu lavha qaxramoni quruvchi tadbirkor  Sarvar Amonovni yagona mazlum bechora deyishdan yiroqmiz. Qonunlarni aylanib o‘tib «rashalo mulozimlar» tirgagida muammo yechishga moyillik bu tadbirkorga ham ët emas. Eltuz muammo to‘rtburchagidagi boshqa personajlarga ham minbar berishga tayër.

Xozircha xayr. Kanalga obuna bo‘ling, koment qoldiring, boshqalarga ham ulashing. Super raxmat tugmachasini bosib kanalni qo‘llab quvvatlang. Eltuz uydagi gapni ko‘chaga chiqaradi. Zero davogar sust bo‘lsa qozi muttaxam bo‘ladi. 

Tag‘in o‘qing
31 october 2015
O‘tgan yili shu paytlarda ukrainalik qochqinlar ko‘p edi. Hujjat ishlarim sabab tegishli tashkilotlarga borib turaman. Ko‘p yillardan buyon qatnayvergach ...
18 october 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 36-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) L.A.N Meni yengolmadi ...
2 january 2017
Ijtimoiy tarmoqda qorqiz kiyimini kiygan erkakni haqoratlab so‘kib, kaltaklangani aks etgan video paydo bo‘ldi. Shu bugun feysbukga qo‘yilgan, qo‘l ...
12 may 2021
“Abdulla G‘arib Prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining beshinchi qismini taqdim etadi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...