Peshanasi oqarmaydigan el – RTdan va'z
Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayëom. Yuz minglab odamlar bilan suhbat mazasi astronomik o‘lchamda go‘zal.
MS: Yuz ming amas, 678 mingnan oshdiq og‘a. Nichiksizla jollimisizla kozel, chug‘ul, yilpishlo. Xo‘jik birri, mo‘chchi oybika, ëshi kichchi, ëshiullilo…
RT:
Qalbimda goh g‘urur, gohida farah,
Shu uchqur dunyoni turfa ko‘ribman.
Yurtma-yurt, elma-el, farsax-bafarsax
Umrim dovonlarin o‘lchab yuribman.
Umr-ku o‘tadi gulduros solib,
Uning o‘tganini kim ham ko‘ribdi?
Vo ajab, qay bir zot, o‘z umri qolib,
Mening qadamimni o‘lchab yuribdi…(Oripov )
MS: Rashid Qodirov dayan genprokuror bor adi. Sizni odimingizni o‘lchab yurar adi. Oxirindo poro olib qomolib, qomoqda ishton tikdi. Atkan topavaradi.
RT Matchon suqilish xaptani temalarini ëdingga solsam:
Botirning raqqosa onasini eri kim bo‘lgan degan savolga javob topkan mardum Itbozor degan do‘konning bitbozorga aylanganini muhokama qildi. Keyin afg‘oniston shariatini O‘zbekistonda o‘rnatamiz deb qasam ichgan rijollar to‘dasi taqir yerdan chang chiqarib, eshshak go‘shti mavzusini o‘rtaga tashadi.
MS: Bir ënda ina Munisa bo‘g‘oz. Shuni omosog‘, ëxti dunëg‘o chiqorsoq go‘zzimiz oydin bo‘lor adi…
Shumxabarlar
«Oldin stul bilan boshiga urib yerga yiqitdi. Keyin o‘tmas pichoq bilan asbobini kesishga urindi. Keyin temir kesadigan arra bilan asbobini kesib itga yedirdi…»
MS: Ibiy qorovosti kishini. Chukki kasilgan dirimi oxir?
RT: Asbobi kesilgan erkak azoblanib o‘ldi. Bu ujas kinodan parcha emas Toshkentning Mirzo Ulug‘bek sudida ko‘rilgan jinoyat xronikasi.
Jamiyatda shafqatsizlik va ekstrim jaxolat ëyg‘in.
Qasddan qotillik yuzasidan sud ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar G.O. va N.B. JKning 97-moddasi 2-qismi «v», «j», «p», bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan marhum qilish jazosi tayinlandi.
MS Qorsildop uchip gursildap sinsin.
Toshkentda protsentga pul bergani ortidan burchakka qadab odamlarni uy joyini ovoladigan banditlar ushaldi.
MS: Qon toshog‘onlo, xolqni o‘ylomidi pl kavoplo…
Itbozorning odam urgich qorovullari. Biri yetti, biri besh kun qamag‘da o‘tiradi. Ajdarxoning asosiy kallasi bo‘lgan Omadtila kurortda yuribdi. Aeroportda qo‘liga kishan solinishi adolat talabi.
MS: In bozordi ini bizildi.
RT: Omadtilloni omad tark etdi. Chempiondan tortib populist Rasulgacha undan yuz o‘girdi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovga ko‘ra, bu xudo urib ketgan savdo markazi rahbari Omadtillo Xolmatovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Aslida odam urishni qahramonlik mafkurasi deya parvarishlagan hukumat siësati mevasi bu gansterizm.
Kobaltning dushmani kobalt boladi… Toshkentda ikki kobalt bir biriga kelib urildi. Sho‘pr mayib bo‘ldi lekin o‘lmadi.
MS: Go‘zzinga qoro, go‘zzinga! Moshn mindim dap asrip getmangla!
RT: Istanbul masjidida pulini o‘g‘irlatgan qamashilik o‘zbekni konsulxona Toshkentga qaytardi.
MS: Xovordon bo‘lish garak. Mo‘llodan uzoq yurish garak. Novvi davadi Navoiy otes…
RT: Yakkabog‘ sudi xotini ustiga benzin quyib ëqib tashagan 58 yashar erni 10 yilga qamadi. 38 foiz tanasi kuysa ham tirik qolgan xotin sudda eridan shikoyati yo‘qligi va besh bola tug‘dirgan erini sevishini aytdi.
Haët qanday beshafqat
MS: Og‘o shu bizani haëtimiz ujas kino. Tiëtro borishni garaki yo‘q¸ Ikki qo‘ngshi urishsa ina siza tiëtr…
1971 yili Xamza nomidagi akademik teatrda bundan 2500 yil oldin buyuk dramaturg Sofokl ëzgan «Shox Edip» spektakli o‘ynaldi.
Otasini o‘ldirib, onasini xotin qilganning ortidan eliga baloyu kulfat ëg‘ilgan baxti qaro yurtboshi qismati aks etgan bu tragedeyada.
1971 yilgi o‘zbek tomoshabini bu asarni qoniqish va minnatdorlik bilan qabul qildi.
Xo‘sh bugun «superqaynona» kabi taviya asarlar bilan to‘yingan tomoshabin va tamal bilimdan mosuvo rahbarlar bu asarni qabul qila oladimi?
«Albatta» chunki xalqning yettidan yetmishigacha «onangni sikay» deb yettiga yigirma to‘rt rejimda tinimsiz so‘kinadigan el uchun saxnada onasi bilan seks qilgan yurtboshi obrazi o‘ta normal hisoblansa kerak.
Mayli Sofoklni unutdik. Syujeti Shox Edipga o‘xshash asar ëzdim. Masalanda endi.
Parda ochiladi
Deylik S viloyati hokimi (J viloyati ham bo‘lishi mumkin. Bu bir misol) xotini bo‘g‘oz bo‘lib qoldi. Uzi qilib ko‘rsa o‘g‘il. Hokimlar va ularning qarindoshlari irimchi bo‘ladi. Folbinga borishadi. Aytaylik jizzaxlik o‘rta statistik folbin. Bu folbin qo‘y qumalog‘iga qarab turib «bu bolani yo‘qoting. Bola katta bo‘lsa otasini o‘ldiradi» deydi.
Hokimning xotini bola tushiradigan dori ichadi ammo kor qilmaydi.
Bola tug‘iladi. To‘rt kilo ikki yuz. Qornida xoli bor tugamachadek.
Bolani «bo‘g‘ib o‘ldirib, ko‘mib tasha» deb hovlini qarab yuradigan bog‘bon qo‘liga berishadi.
Bog‘bon bolani o‘ldirishga ko‘zi qiymaydi. Ëlg‘ondan o‘ldirdim, deb aytadi va bolani tog‘da hokimning qo‘ylari boqiladigan yaylovga o‘zi bilan olib ketadi.
Parda ëpiladi va ochiladi
Yaylov qo‘shni respublikaga chegara edi.
O‘sha kuni yaylovda bog‘bonning o‘toviga suv so‘rab bir erkak bilan xotin kiradi.
Ular qimmat Xammer moshnda tog‘da sayr qilib adashib qolishgandi.
Bu er xotin boy bo‘lsa ham bolasi yo‘q edi. Ësh go‘dakni ko‘rib xotinning mehri iyib emchagiga sut keladi.
Er bo‘lsa bog‘bonga bir pachka kal aka rasmi tushirilgan puldi berib bolani sotib olib o‘zi bilan olib ketadi.
Parda ëpiladi.
Oradan yillar o‘tdi. Joriy yurtboshi ichburg‘idan o‘lib, o‘rniga anavi hokim yurtboshi bo‘ldi.
Xammerda sayr qilib bola sotib olgan erkak esa qo‘shni davlat yurtboshisi bo‘ldi tasodiflar zanjiri bilan.
Olib saqlangan bola esa yaxshi yeb, yaxshi ichib kuchli xarizmatik lider, o‘qi nishonga bexato tegadigan general bo‘lib yetishdi.
Katta armiyaga bosh bo‘lib qo‘shni davlatga bostirib kirdi va yurtboshini avtomat kalash bilan tarillatib otib tashadi.
O‘zi o‘ldirgan yurtboshining tul qolgan xotininini esa ashi joydagi Alijon akaga nikoh o‘qittirib o‘ziga sha'riy xotin qilib odi.
Parda ëpiladi
Parda ochilganda daraxtlari kesib tashlangan, anomal sovuqdan azob chekib ingraëtgan bir o‘lka manzarasi ko‘rinadi.
Ko‘chadagi tabloda mamlakatning tashqi qarzi milliardlardan oshib ketaëtgani onlayn ko‘rinib turibdi.
Razolat, safolat, kasofat va katastrofa kontsentrati bo‘lgan taviya bir o‘lka. Qushlar sayramaydi, tovuqlar yumurtolamaydi, qurtlar ipak to‘qimaydi. Har uch kishining ikkisi aprs. Biri polis. Odamlar ikki erkakni bir biri bilan urishtirib tomosha qilib o‘tiradigan ma'naviyatsiz bir mamlakat.
Nega bu o‘lka boshiga bu qadar ko‘p balo ëg‘ildi?
Odamlar bu savol javobini topish uchun folbinga borishadi. Folbin yana qo‘y qumalog‘iga qarab prognoz beradi.
Prognoz daxshat edi.
Mamlakatni o‘z otasini o‘ldirib, onasiga er bo‘lgan baxtiqaro boshqarmoqda.
Parda ëpiladi. Parda ochilganda yurtboshi saroyidagi katta sxo‘dka va razbor avjida edi.
Bir vaqtlar xokim uyida bog‘bon bo‘lib ishlagan boboyni sudrab kelishadi. Avvaliga u aytmaydi. Tok urdirib qiynashganida haqiqatni aytadi.
Parda ëpiladi. Parda ochilganida Oydin Norboevaga o‘xshash chiroyli qiz sahnaga chiqib yurtboshi rezidentsiyasida ko‘rganni his hayajon bilan mo‘no‘lo‘g qilib aytib beradi.
«Oldin o‘g‘liga xotin bo‘lgan ona o‘zini o‘ldirdi. Keyin esa otasini o‘ldirib onasini xotin qilgan yurtboshi oltin to‘g‘nog‘ich bilan o‘z ko‘zlarini o‘yib o‘yib tashladi»
Parda ëpiladi. Saxna chetidan ko‘zlari o‘yilib ko‘r bo‘lgan yurtboshi boshini egganicha a nuqtadan b nuqtaga qarab harakatlanadi.
Qissadan hissa, Taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Baxti qaro yurtboshi xuddi tog‘ tepasidagi buloqda o‘lib ëtgan it jasadi kabi butun suvni bulg‘aydi. Bu suvni ichgan barcha zaharlangani kabi ëmon raxbarning kasopati el yurtga uradi.
Tamom.
Bu asarni Ozodbekka oborib «mashini tiëtir qilib o‘ynaylik» desam, yo‘q deydi.
«Mentalitetga to‘g‘ri kelmaydi» deydi eng kamida.
«Nega» deb so‘rasam «Ashnaqa» deydi.
Siz nima deb o‘ylaysiz? Sofokl asari o‘zbek mentalitetiga zidmi?
RT: Og‘o siz so‘romong bu xoroplodon. Chakida xolto bilan ursongom mongloyi oqormiydi bloni. Uring potiyani.
Assalam O‘zbekiston, Juma Muborak!
