Asosiy mavzular
23 november 2024

DXX raisi nega haydaldi?

Eltuzga kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Davlat Xavfsizlik Xizmati raisi Abdusalom Azizov o‘z vazifasidan olib tashlangan.

U O‘zbekistondagi eng qudratli idoraga besh yildan ko‘proq vaqt davomida raxbarlik qildi.

Ungacha Abdusalom Azizov O‘zbekiston Mudofaa vaziri vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Abdusalom Azizov DXXga rais etib saylangach uning o‘rniga general Bahodir Qurbonov Mudofaa vaziri etib tayinlangandi.

Bu gal ham shunday bo‘ldi. Abdusalom Azizov o‘rniga DXX raisi etib Bahodir Qurbonov keldi.

Davlat Xavfsizlik Xizmati yopiq tashkilot va u yerdagi o‘zgarishlar ommaga hadeganda oshkor etilavermaydi.

DXX raisining olib tashlanishiga esa juda jiddiy vajlar va asos bo‘lishi kerak.

Eltuzning bir biridan mustaqil manbalari xabar berishicha, DXX raisining vazifasidan haydalishiga o‘tgan oy Prezident administratsiyasining sobiq mulozimi Komil Allamjonovga qilingan suiqasd urinishi sabab bo‘lgan.

Shu yilning 30 sentyabrida Prezident Administratsiyasidan ketguniga qadar Komil Allamjonov prezidentning to‘ng‘ich qizi va yordamchisi Saida Mirziyoeva siyosiy faoliyatining har bir bosqichida unga hamrohlik qilib keldi. 

Prezident so‘zchisi bo‘lgan, keyinchalik O‘zbekiston axborot siyosati uchun mac'ul shaxsning hayotiga suiqasd, shunchaki oddiy jinoyat emas, balki prezidentga qarshi sabotaj edi.

Ammo bu haqda biron rasmiy idora yoki ommaviy axborot vositasi lom mim  demadi. 

Bosh prokuratura suiqasd bo‘lgani haqida xabar bilan tiyildi xolos. Va yana bu idora asosan jim turinglar, isbotlanmagan xabarlarni bermanglar deyishdan nariga o‘tmadi.  Ogohlantirishga ogohlantirdi, ammo hech qanday dastlabki farazni ilgari surgani yo‘q.

Na Allamjonov rahbarlaridan bo‘lgan prezident administratsiyasi va na mamlakatdagi xavfsizlikka ma'sul qudratli DXX bu borada izoh bermadi.

Shunday ekan DXX raisining ishdan olinishini kutilmagan voqea deb bo‘lmaydi.

Komil Allamjonovga hujumdan salkam bir oy o‘tib Eltuz tahlilchisi Rassom Tuz mamlakatdagi fazo haqida gapirarkan, bir narsalar bo‘ladi deya bashorat qilgandi:

«Bugun Toshkent zohiran tinch. Ammo Toshkent itlari zanjirini uzib osmonga qarab uvillamoqda.Nimadir o‘zgaradi.”

Bu o‘zgarish o‘zini kuttirib qo‘ymadi. Abdusalom Azizovning vazifasidan olib tashlanishi Prezident Shavkat Mirziyoevning DXX faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini ko‘rsatadi.

Eltuzga kelayotgan hozicha tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Azizov bilan qatorda yana ko‘plab yuqori mulozimlar vazifasidan bo‘shatilgan. 

Allamjonovga suiqasdning parlament saylovidan bir kun oldin yuz bergani kuch tizimlari  O‘zbekistonda xavfsizlikni ta'minlay olmayotganiga yaqqol dalildir. 

Bu holat esa mamlakat oliy qo‘mondonini qoniqtirmasligi turgan gap. Eltuz oliy hokimiyat bo‘g‘inlaridagi o‘zgarishlarga doir voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring.

Tag‘in o‘qing
3 september 2016
«Islom Abdug‘anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya ...
30 april 2025
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bundan oldin o‘sha ...
10 january 2022
Qozog‘istonda yuqori martabali xavfsizlik xodimlari birin-ketin o‘lik holda topilmoqda. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigi Azamat Ibraevning jasadi poytaxtdagi o‘z uyi ...
23 september 2019
Adolat izlab Xorazmdan Toshkentga yo‘lga chiqqan “Erk” demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajabning bu aktsiyasi O‘zbekistonda Islom ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...