Asosiy mavzular
14 january 2025

Toshkent prokurori: Giyohvandlik va jinsiy tajovuz ko‘paygan

Toshkent shahar prokurori Erkin Yo‘ldoshev axoliga murojaat qilib, 2024 yil mobaynida poytaxtda sodir etilgan ayrim jinoyatlar va qonunbuzarliklar haqida hisobot berdi.

Shahar prokurori so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda sodir etilgan 14 ming 632 jinoyatchilik bo‘yicha aksariyat jinoyatchilar ushlangan va ularni javobgarlikka tortish choralari ko‘rilgan. Qotillik, bosqinchilik, tolonchilik, o‘g‘irlik, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlar shular jumlasidandir.

Yo‘ldoshev jumladan aholi orasida giyohvandlik holati avj olgani yuzasidan to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilning 20 sentyabridan 20 oktyabriga qadar poytaxtda giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi o‘tkazilib, qisqa vaqt ichida 350 dan ortiq giyohvandlik jinoyati bilan bog‘liq xolatlar aniqlangan.

2024 yil davomida Tashkent shahrida qayd qilingan giyohvandlik vositalari va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning soni 3417 tani tashkil etgan, ularning har uchinchisi, ya'ni 1328 tasi yoshlar tomonidan sodir qilingan. 26 holatda bunday qilmishni 18 yoshga ham to‘lmagan voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan, ularning 16 nafari maktab o‘quvchilaridir.

Shaharda yoshlarni Internetdagi narkobiznesga aloqador ijtimoiy tarmoqlar orqali narkotik moddalar iste'moli va vositachilikka jalb qilish holatlari kuchaygan.

Jumladan Oliy ta'lim maskanlarida ta'lim olayotgan talabalarning 49 nafari Internet tarmog‘i orqali olgan topshiriqlariga ko‘ra vositachilik, zakladchiklik qilayotgan paytida jinoyat ustida qo‘lga olingan. Ulardan minglab savdoga tayyorlab qo‘yilgan, narkotik va kuchli ta'sir etadigan psixotrop moddalar olib qo‘yilgan.

Erkin Yo‘ldoshev Toshkentda sodir bo‘lgan yana bir fojea haqida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan 2003 yilda tug‘ilgan Istam ismli Toshkent Davlat Universiteti talabasi Mexidron giyohvand moddasini me'yoridan ortiq iste'mol qilishi natijasida vafot etgan.

Shahar bo‘yicha yil yakuniga ko‘ra, qariyb 240 kilogrammga yaqin giyohvandlik va psixotrop moddalari savdosining oldi olingan.

O‘tgan davrda shaharda 33 holatda o‘g‘irlik, tolonchilik, bosqinchilik, nomusga tegish, portlashlar va qotillik kabi og‘ir va o‘ta og‘ir jino]tlar giyohvand modda ta'sirida sodir etilgan.

2015 yilga nisbatan kibermakonda sodir etilgan jinoyatlar soni 44 barobar oshgan. O‘tgan yili 17 ming nafar O‘zbekiston vatandoshlariga nisbatan mana shunday jinoiy tajovuzlar qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqda aldanib, mulkini oldirib qo‘ygan jabrlanuvchilarning 80 foizdan ortig‘i shaxsiga va elektron qurilmalariga oid ma'lumotlarni ehtiyotsizlik qilib, o‘z og‘zi bilan oshkor qilganliklari natijasida jinoyat qurboniga aylanishgan.

Tag‘in o‘qing
20 august 2024
Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta hatni o‘qish bilan davom ettiramiz. Murojaatlar O‘zbekistonning Toshkent Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan.  Dastlabki maktub Toshkent shahrining ...
30 december 2025
Sovet ¸maktabida o‘qiganimda tarix darslarida ruslarning Usmonli imperiyasi bilan urushlarini o‘qitgan muallimlarimiz  bizga «turklar dushman ruslar esa bizning o‘zimiz»  ...
6 april 2017
Turkiya nashrlari o‘tgan hafta reyd paytida qo‘lga olingan o‘zbek fohishalari haqida bir nechta habar chop qildi. Bu habarlarning birida ...
7 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 25-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...