Asosiy mavzular
19 july 2025

BOTIR ZOHIDOVGA KAMBAG‘ALLAR HISOBIDAN SAYoHAT QILISh MYeROSMI?

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi delegatsiyasining Jenevaga safari uchun davlat byudjeti hisobidan taxminan 250–300 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Bu haqda Eltuzga ta'qiblardan qo‘rqib ismi oshkor bo‘lishini istamagan vazirlik mulozimi ma'lum qildi.

Joriy yilning 2–10 iyun kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Mehnat Tashkilotining 114-sessiyasida mazkur vazirlikdan 5 nafar xodim qatnashgan. Ular orasida vazir Botir Zohidov, o‘zini Davlat mehnat inspektsiyasi boshlig‘i deb tanishtirgan, aslida o‘rinbosar hisoblangan Nilufar Amanniyazova va xalqaro bo‘lim xodimlari ham bo‘lgan.

Har bir delegatsiya a'zosi uchun kuniga 3 million so‘m mehmonxona, 1,2 million so‘m ovqatlanish va taxminan 10 million so‘mlik borish-qaytish aviabilet xarajatlari hisoblangan. 

Ammo ushbu safarning natijasi kutilganidek bo‘lmadi — Xalqaro Mehnat Tashkiloti O‘zbekistonning mehnat inspektsiyasi samarasiz ish olib borayotganini ta'kidlab, mamlakatni qora ro‘yxatga kiritdi.

Jamoatchilikda esa shunday savol paydo bo‘ladi: bu miqdordagi mablag‘lar qanaqa natija uchun sarflandi va agar natija bo‘lmasa, davlat puli kim tomonidan va qanday qilib qaytariladi?

Bu ham yetmagandek, vazirlik tanqidiy xulosalardan hech qanday xulosa chiqarmasdan 2025 yil iyul oyi oxirida Janubiy Koreyaga va avgust oxirida Italiyaning Turin shahriga yangi delegatsiya jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ishonchli ma'lumotlar mavjud. Har ikkala safarga ham N.Amanniyazova boshchilik qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, XMT bilan aloqalarni «mustahkamlash» bahonasida vazirlik xodimlari har oy Jenevaga kamida ikki marta borib kelayotgani ma'lum qilingan. Ammo bu safarlardan qanday foyda bor, qanday ish amalga oshirilmoqda — xalqqa hisobot berilmayapti.

Ishchi muhitda esa guruhbozlik, shaxsiy aloqalar ustuvor. Oddiy xodimlar chetda qolib, vazirga yaqin shaxslar safarlarga yuborilayotgani aytilmoqda.

Bir oila 1,2 million so‘m bilan butun oyni o‘tkazayotgan sharoitda, bir amaldor bu mablag‘ni bir kunda sarflayapti. Davlat puli — bu xalqning puli. Agar bu kabi holatlarga barham berilmasa, vazirlik xalq ishonchi va sabrini boy berishi ehtimoldan xoli emas.

Izoh o‘zingizdan.

Tag‘in o‘qing
21 september 2023
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani IIB xodimlari mahalliy aholi orasida “Boqqi Tarzan” laqabi bilan tanilgan lotereyachi-strimer Baxtiyorni 19 sentyabr kuni ...
2 june 2022
Rassom Tuzdan yangi karikatura eltuz.com
17 february 2020
Joriy yilning 7 fevralida “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisligiga Orif Bo‘taev tayinlandi. Undan oldingi rahbar Murodilla Eshmatov joriy yilning 17 yanvarida ...
31 march 2021
Shu o‘rinda Qo‘ylining gapini bo‘lib qisqacha ma'lumot bersam. Qo‘yli asir olinib Bozorak qishlog‘iga olib kelinadi. Oldiniga 10 kun kartserda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...