Asosiy mavzular
29 july 2025

ChIMBOYDAGI BOG‘ChADA MAXSULOTLAR YaShIRILGANI FOSh ETILDI

2025 yil 23 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining 22-sonli bolalar bog‘chasidagi audit tekshiruvi paytida oziq-ovqat mahsulotlari podvalda yashirincha saqlanayotgani aniqlandi. Yashirib qo‘yilgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi auditori yerto‘ladan topgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 avgustga qadar Chimboy tumanida audit ishlarini olib borayotgan mulozim 22-sonli bog‘cha podvalida mol go‘shti, tovuq go‘shti, tvorog, kefir, kartoshka va piyoz kabi mahsulotlar noqonuniy ravishda saqlanayotganini aniqlagan. 

Ayni vaqtda ushbu mahsulotlar bog‘cha mudirasi Qaipova Baxitgүl tomonidan har kuni uyiga tashilishi va bog‘cha bolalariga berilmasligini bog‘cha xodimi Eltuzga so‘zlab berdi.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga oid me'yorlarga zid hisoblanadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan rasmiy choralar ko‘rilishi va tegishli huquqiy baho berilishi kutilmoqda.

Tag‘in o‘qing
16 october 2025
Grigoriy Yeryomenko Latviyada 40 yil yashagan, ammo latish tili bo‘yicha boshlang‘ich imtihonni topshira olmagan — natijada u deportatsiya qilindi. ...
3 october 2015
Kecha bozorga borgandim digin, katta rovotni bekitib Istam isvarkachi isvarka qip tashapti, katta binolardi tepasiga «Barcha yantoq terimiga», «Yantoq ...
29 september 2025
Axmad Beyjon Erjilasun Professor Yildirim Dursun do‘sti Axmad Beyjon bilan bilan universitetning boshlang‘ich kurslarida tanishgan edi. 1963 yilning kuz ...
3 december 2018
Mana bu rasmlarda ko‘rib turganingiz Suriyaning Idlib yoxud Halab shaharlaridagi binolarning emas, O‘zbekiston Respublikasi Navoyi viloyati Xatirchi tumani Langar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...