Asosiy mavzular
14 august 2025

TIBBIYoT TALABALARI ROSSIYa-UKRAINA URUSh FRONTIDA

«Eski ToshMI» Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida talabalarni majburiy ravishda Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga – harbiy holat e'lon qilingan hududga o‘qishga yuborishayapti. Bu haqida Eltuzga universitet talabalari murojaat yo‘lladi.

Aynan Nijniy Novgorodda kuni kecha BPLA hujumidan keyin bir kishi halok bo‘lgani, ikki kishi yaralangani bildirildi.

Talabalarning ta'kidlashicha, avvalgi rektor o‘qishni Qozog‘istonga ko‘chirishni va'da qilgan edi, ammo yangi rektor Baymuradov bu qarorni amalga oshirishdan bosh tormoqda.

«Talabalar oldiga shart qo‘yildi: yoki Rossiyaga ketasiz, yoki o‘qishingiz bekor qilinadi. Bu haqda faqat yaqinda ma'lum qilindi — chunki xususiy tibbiyot universitetlari ko‘chirma talabalarni qabul qilishni to‘xtatgani sababli, talabalar alternativasiz qolishdi» – deyiladi murojaatda.

O‘zbekiston vatandoshlari bo‘lgan bu talabalarni urush bo‘layotgan hududga yuborish kimdan chiqqan innovativ g‘oya? Eltuz Universitet rahbariyatidan bu xususda izoh kutadi. Kanalga obuna bo‘ling. Layk qoldiring. Video yuzasidan izoh yozing.

Tag‘in o‘qing
11 july 2017
3 iyul kuni Beshariq markaziy shifoxonasiga keltirilgan 25 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Eltuz nashriga murojat etgan ayolning ...
26 december 2019
«Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih “Begona” filmining 10-qismida 1991 yilning avgustida sodir bo‘lgan voqealar, GKChP va uning Karimov ...
7 january 2016
Boz ustiga elektr toki va gaz ta'minotidagi uzilishlar bois shifoxonalardagi ahvol og‘irlashib borayotgani tilga olinmoqda. Rassom Elsevar o‘zbek kasalxonalaridagi ...
8 march 2018
1910 yili nemis kommunisti Klara Tsetkina 8 martni ayollar kuni sifatida nishonlashni taklif qildi. Ya'ni bu kun ayollar va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...